Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2019/2020, 22-tur
| 1 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Xavyer Estrada Fernandes (Lerida) | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (56)
|
1 : 0 |
ATLETIKO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 02.Daniel Karvaxal 23.Ferlan Mendi 04.Serxio Ramos 05.Rafayel Varan 15.Federiko Valverde 10.Luka Modrich 14.Kazemiro 22.Isko 08.Toni Kroos 09.Karim Benzema |
13.Yan Oblak (D) 15.Stefan Savich 24.Shime Vrsalko 18.Felipe 12.Renan Lodi 05.Tomas Partey 14.Markos Lyorente 08.Saul 20.Vitolo 10.Anxel Korrea 09.Alvaro Morata |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Alfons Areola (D) 25.Vinisius Junior 12.Marselo 03.Eder Militao 16.Xames Rodriges 17.Lukas Vaskes 18.Luka Yovich |
01.Adan (D) 22.Mario Ermoso 11.Toma Lemar 38.Antonio Moya 21.Yannik Karrasko 34.Serxio Kamelyo 17.Ivan Shaponich |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ferlan Mendi (84)
|
Felipe (66)
Vrsalko (80) |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. Madrid derbisida "Real" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va jamoa peshqadamlikni o‘zida saqlab qoladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Kazemiroga sariq kartochka ko‘rsatildi, hakam bilan tortishgani uchun. Hakam maydon markazida qo‘pollikni ko‘rmasdan, "Atletiko" foydasiga aut belgilagan edi |
| 84' | ![]() |
Ferlan Mendi ogohlantirildi |
| 83' | ![]() |
"Atletiko" burchak zarbasini tepdi. Samarasiz |
| 81' | ![]() |
Xavfli zarba. Vinisius chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirdi, to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘riladi va zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 80' | ![]() |
Shime Vrsalko sariq kartochka oldi |
| 78' | ![]() |
"Atletiko" burchak zarbasini amalga oshirdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 76' | ![]() |
Modrich 20 metrdan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Tomas Parti o‘rniga Serxio Kamelyo tushirildi |
| 74' | ![]() |
Mendi zarbavor vaziyatga chiqdi. Ammo uning zarbasidan keyin to‘p osmonu falakka yo‘l oldi |
| 71' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Vitolo o‘rniga Yannik Karrasko tushirildi. |
| 70' | ![]() |
Tomas Parti olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 68' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Benzema bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 68' | ![]() |
Karvaxal burchak zarbasi ishladi |
| 66' | ![]() |
Felipe ogohlantirildi |
| 64' | ![]() |
Vinisius jarima maydoni burchagidan aniq zarba berdi. Oblak osonlik bilan to‘pni egalladi |
| 63' | ![]() |
Modriya burchak zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar qaytarishdi |
| 61' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligicha mezbonlar tomonida |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Vinisius chap qanotdan aniq uzatma bilan Mendini oldinga chorladi. Himoyachining chiroyli uzatmasini Benzema darvozaga joylab qo‘ydi |
| 53' | ![]() |
Mezbonlar qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib kelishdi, ammo himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 50' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Morata o‘rniga Toma Lemar tushirildi |
| 47' | ![]() |
Valverde! 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Oblak qiyinchilik bilan bartaraf etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Zidan ikkita o‘zgarishga qo‘l urdi. Kroos o‘rniga Vinisius Junior, Isko o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi. To‘pni o‘yinga "Real" kiritib berdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha - 0:0 |
| 45+1' | ![]() |
Modrich 30-40 metr masofani yugurib o‘tdi va 18 metrlardan aniq zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 42' | ![]() |
VUUUUUUH! Korrea darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 40' | ![]() |
"Atletiko" murabbiyi Diyego Simeonega sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 38' | ![]() |
Zidan jamoasi uzoq vaqt to‘pni nazorat qilib, burchak zarbasi ishladi |
| 36' | ![]() |
Anxel Korrea tomonidan burchakdan yetkazilgan uzatmani Kurtua egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar bugun ko‘p fol ishlatishmoqda. Qoidabuzarliklar bo‘yicha statistika — 6:2 |
| 32' | ![]() |
"Atletiko" yaxshi hujum tashkil qildi. Kazemiro o‘z jarima maydoni ichida Moratani yiqitdi, ammo penalti yo‘q |
| 30' | ![]() |
"Atletiko" futbolchilari tomonidan qo‘llanilayotgan pressing mezbonlar ancha qiynab qo‘ymoqda |
| 28' | ![]() |
Karvaxal jarohat oldi, unga tibbiy krdam ko‘rsatilmoqda |
| 24' | ![]() |
VUUUUUH! "Atletiko" o‘ta xavfli hujum tashkil qildi. Korrea yakkama-yakka vaziyatda darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi. |
| 20' | ![]() |
Chap qanotdan "Real" jarima maydoniga yetkazilgan uzatmani Ramos qaytarib qoldi, aks holda "matraschilar" hujumchisi yakkama-yakka vaziyatda qolardi |
| 19' | ![]() |
"Atletiko" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini tepdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi, ammo mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Saul 16 metrlardan yo‘llagan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 18' | ![]() |
VUUUUUH! Xavfli zarba! Vitolo "Real" jarima maydoni ichida xotirjamlik bilan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua qutqardi |
| 16' | ![]() |
Kroos 25 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 13' | ![]() |
Himoyachilarga yordamga yetib kelgan Benzema o‘z jarima maydoni ichida to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi. Natijada "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Karvaxal xavfni bartaraf etdi |
| 11' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real" burchak zarbasini kombinasiya shaklida o‘yinga kiritdi. Modrich qanotdan yerlatib jarima maydoniga uzatma berdi. Ramos 12 metrdan muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. Vaholanki, unga hech kim xalal bermayotgan edi |
| 10' | ![]() |
Mendi chap qanotdan havolatib uzatma berdi. To‘p Benzemagacha yetib bormadi |
| 7' | ![]() |
Ramosdan xavfli zarba. Avvalgi burchak zarbasi paytida "Atletiko" jarima maydoniga kelgan Ramos qanotdan yetkazilgan uzatmani oyog‘i bilan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni Modrich 25 metrlardan darvoza tomon tepdi. BU safar ham to‘p himoyachilardan qaytdi |
| 6' | ![]() |
"Atletiko"ning samarasiz hujumi |
| 4' | ![]() |
Valverde o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 3' | ![]() |
To‘p maydon markazida, hozircha hujum ko‘rmadik |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi |
| ' | O‘yin oldidanbir daqiqalik sukut... Kobi Brayant xotirasiga bo‘lsa kerak | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Real" oq, "Atletiko" esa oq-qizil yo‘l-yo‘l futbolka va ko‘k shortikda harakat qiladi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, Ispaniya chempionatining 22-turi doirasidagi Madrid derbisiga xush kelibsiz. «Real» o‘z uyida «Atletiko»ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|