Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 23-tur

9 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Xil Mansano (Don-Benito)

OSASUNA

Unai Garsiya (14)

1 : 4

REAL MADRID

Isko (33)
Serxio Ramos (38)
Lukas Vaskes (84)
Luka Yovich (90+2)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Errera (D)
02.Nacho Vidal
04.Unai Garsiya
05.David Garsiya
30.Pervis Estupinan
21.Inigo Peres
20.Darko Brashanas
14.Ruben Garsiya
10.Roberto Torres
27.Xon Monkayola
16.Xose Arnais
  13.Tibo Kurtua (D)
04.Serxio Ramos
05.Rafayel Varan
23.Ferlan Mendi
02.Daniel Karvaxal
14.Kazemiro
22.Isko
15.Federiko Valverde
10.Luka Modrich
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
ZAHIRA
13.Ruben Martines (D)
12.Fakundo Ronkalya
08.Fran Merida
17.Robert Ibanyes
07.Mark Kardona
11.Enrik Galledo
22.Adrian Lopes
  01.Alfons Areola (D)
03.Eder Militao
12.Marselo
25.Vinisius Junior
08.Toni Kroos
17.Lukas Vaskes
18.Luka Yovich

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Real" o‘z hisobiga 3 ochkoni qo‘shib qo‘ydi
90+3'
Vuuuuh! Inigo Peres 18 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegdi
90+2'
GOOOOOOL! Luka Yovich, 1:4! Madridliklar raqibning yana bir xatosidan unumli foydalanishdi. Modrich-Valverde-Yovich kombinasiyasidan keyin Luka 11 metrdan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
90+1'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish bo‘ldi. Benzema o‘rniga Luka Yovich tushirildi
90'
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Ramos qaytardi
84'
GOOOOOOL! Lukas Vaskes, 1:3! "Osasuna" futbolchilarining xatosidan foydalangan "Real" uchinchi golni urib, amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Benzema raqib jarima maydoni yaqinida to‘pni ushlab turdi va yordamga kelgan Vaskesni to‘p bilan ta’minladi. Beylning o‘rniga tushgan Luskas darvozani ishg‘ol qildi
83'
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Kurtua egallab oldi
82'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Vinisius Junior tushirildi
79'
Serxio Ramos ogohlantirildi
77'
"Osasuna"da o‘zgarish: Roberto torres o‘rniga Mark Kordona tushirildi
75'
Madridliklar qarshi hujumga o‘tishdi. So‘nggi pallada posbon to‘pni egallab oldi
74'
Burchakdan yetkazilgan uzatma xavfli vaziyatni yuzaga keltirmadi
73'
Vuuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Real" himoyachilari qaytarishdi. Ruben Garsiya esa 14 metrdan xavfli zarba berdi. To‘p Varanning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
73'
Dani Karvaxal sariq kartochka oldi
70'
"Real" xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Modrich jarimadan uzatgan to‘pni himoyachi qaytardi. Qaytgan to‘pni egallagan Isko 25 metrlardan zarba berdi. Errera to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni egallagan Varan ofsaydda qolgan edi
69'
David Garsiya "sariq" oldi
63'
Xavfli vaziyat! Benzema jarima maydoniga kirdi va darvoza oldiga yaqinlashib kelayotgan Beyl tomon chap qanotdan uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
62'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. Mezbonlar vaziyatni o‘nglash uchun oldinga o‘tishga intilishmoqda
57'
Nacho Vidal ogohlantirish oldi
55'
Burchak zarbasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi. Bosh bilan berilgan zarba natijasida to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
54'
VUUUUUH! "Osasuna" hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Mezbonlar Iskodan to‘pni olib qo‘yib, xavfli hujum tashkil etishdi. Hujumchining 10 metrlardan yo‘llagan zarbasi natijasida to‘p Kazemironing oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi.
52'
"Osasuna" o‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini kombinasiya shaklida amalga oshirishdi. Qaytarilgan to‘pni Inigo Peres 22 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
49'
Vuuuh! Modrichning aniq uzatmasidan keyin Benzema jarima maydonchasi ichida 10 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
47'
Modrichning uzatmasidan keyin Benzema bosh bilan zarba berdi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Osasuna" - "Real Madrid" - 1:2. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
"Osasuna" ketma-ket ikkita hujum tashkil qildi. Jarima maydoni tomon yetkazilgan uzatmani Ramos qaytargan bo‘lsa, takroriy uzatmani Kurtua egallab oldi
42'
Karvaxal o‘z qanotida fol ishlatdi. "Osasuna" jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi
38'
GOOOOOOL! Serxio Ramos, 1:2! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kazemiro bosh bilan olis ustun tomon yo‘lladi. Ramos esa 1 metrdan bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi
38'
Madridliklar ketma-ket ikki marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritadigan bo‘lishdi
33'
GOOOOOOL! Isko, 1:1! Mendi tomonidan yetkazilgan to‘pni Beyl jarima maydoni chizig‘i ustida zarba berishga harakat qildi. To‘p himoyachiga tegdi va ochiq turgan Iskoga kelib tushdi. Ispaniyalik futbolchi qulay vaziyatdan darvozani ishg‘ol qildi
32'
Mezbonlar ijrosida qarshi hujum. Madridlik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
30'
Xavfli vaziyat! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda "Osasuna" posboni xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Karvaxal esa o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
28'
Modrich raqib jarima maydoniga yaqinlashib, Beylga uzatma berdi. Garet esa ofsaydda qoldi
26'
To‘p nazorati bo‘yicha ustunlik to‘laligacha madridliklar tomonida. Mezbonlar ishonch bilan himoyalanishmoqda
23'
Beyl tomonidan yetkazilgan uzatmani "Osasuna" posboni osonlik bilan egallab oldi
20'
Maydon egalari qarshi hujum tashkil qilishdi. Hujumchining 16 metrdan yo‘llagan zarbasi yo‘liga Mendi g‘ov bo‘ldi
18'
Karvaxal o‘ng qanotdan darvozaning olis ustuni tomon uzatma berdi. Beyl esa chap oyog‘i bilan darvoza maydonchasining burchagidan zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi
17'
Vuuuuh! Benzema ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Karim jarima maydoniga kirdi va o‘z oldiga yugurib chiqqan darvozabonni yon tomonga aldab o‘tdi. Fransiyalik futbolchi darvoza tomon zarba berdi. So‘nggi chiziqda turgan himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
16'
"Real"chilar burchakdan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Errera to‘pni egallab oldi
14'
GOOOOOOL! Bu safar "Osasuna" imkoniyatdan samarali foydalandi. Unai Garsiya burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
14'
Mezbonlarning hujumlari xavfliroq chiqmoqda. Ular navbatdagi burchak zarbasini ishlashdi
12'
"Osasuna" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mezbonlar "standart"dan foydalana olishmadi
9'
"Osasuna"da majburiy o‘zgarish: Monkayola o‘rniga Fran Merida tushirildi
7'
Modrichning uzatmasidan keyin Beyl darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo so‘nggi pallada himoyachi to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi.
5'
Vuuuuuh! Kurtua "Real"ni qutqarmoqda. Ruben Garsiya jarima maydoniga kirdi, dastlab Ramosni, so‘ngra Kazemironi aldab o‘tib, qulay vaziyatdan zarba berdi. "Madrid" posboni zarbani qaytardi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Ispaniya kubogi bahsida ishtirok etmagan Kurtua, Varan, Mendi, Karvaxal, Kazemiro va Beyl asosiy tarkibga qaytishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislakri! Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida «Osasuna» o‘z maydoni «Real»ni qabul qilmoqda. Uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.