Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2019/2020, 24-tur
| 15 fevral, soat 20:00 | ||
BARSELONAAntuan Grizmann (33)
Serji Roberto (39) |
2 : 1 |
XETAFEAnxel Rodriges (66)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 23.Samuel Umtiti 05.Serxio Buskets 08.Artur 21.Frenki de Yong 20.Serxi Roberto 17.Antuan Grizmann 31.Anssuman Fati 10.Lionel Messi |
13.David Soria (D) 16.Xabyer Etkseyta 02.Dyene Dakonam 15.Mark Kukurella 17.Matias Olivera 12.Allan Nyom 20.Nemanya Maksimovich 18.Mauro Arambarri 05.Ogenekaro Etebo 19.Xorxe Molina 07.Xeyme Mata |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Neto (D) 02.Nelsinyo Semedu 24.Xunior Firpo 33.Ronald Araujo 04.Ivan Rakitich 22.Arturo Vidal 41.Rey Manay |
01.Leandro Chichisola (D) 04.Erik Kabako 25.Kenedi 24.David Timor 09.Anxel 11.Amat Ndiaye 14.Deyverson |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi |
| 93' | ![]() |
Mata ofsaydda qoldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh! Messi jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 89' | ![]() |
Kenedi ogohlantirildi. U Robertoga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 85' | ![]() |
Ansu Fati ogohlantirish oldi. Maydonni sekin tark etib, vaqtni cho‘zgani uchun |
| 84' | ![]() |
"Barselona"da so‘nggi o‘zgarish: Fati o‘rniga Arturo Vidal tushirildi |
| 84' | ![]() |
Messi ofsaydda qoldi |
| 82' | ![]() |
Firpo ogohlantirish oldi. To‘pni ataylab qo‘l bilan o‘ynagani uchun |
| 80' | ![]() |
"Xetafe" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 78' | ![]() |
Hozir Pike jamoasini murakkab vaziyatda qutqardi |
| 77' | ![]() |
Eh, Grizmann! Messining uzatmasidan keyin hujumchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, o‘ng oyoqda noaniq zarba yo‘lladi |
| 75' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Artur o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi |
| 74' | ![]() |
VUUUUH! Grizmann, qanday qilib? Firpo chap qanotdan oldinga o‘tdi, jarima maydoniga kirdi va Antuanga uzatma berdi. Fransiyalik futbolchi 10 metrdan yuqoriga zarba berib yubordi |
| 72' | ![]() |
VUUUUH! "Xetafe" qanotda belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi. Ter Shtegen jamoasini qutqarmoqda! |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Fati jarima maydoni burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 67' | ![]() |
"Xetafe"da o‘zgarish: Etebo o‘rniga Amat Ndiaye tushirildi |
| 66' | ![]() |
GOOOOOOL! Anxel Rodriges, 2:1! Chiroyli gol. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni tushirmasdan hujumchi 14 metrdan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 65' | ![]() |
"Barsa" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Mehmonlar muammoga duch kelishmadi |
| 61' | ![]() |
Anxel ofsaydda qoldi |
| 59' | ![]() |
Kataloniyaliklar xavfli hujum tashkil qilishdi: Grizmanning uzatmasidan keyin jarima maydoni ichida to‘pni ko‘kragi bilan Messiga qoldirdi. Ammo Leo samarali zarba bera olmadi |
| 56' | ![]() |
To‘p asosan maydon markazida |
| 51' | ![]() |
"Xetafe"da ikkita o‘zgarish: Molina o‘rniga Anxel Rodriges, Oliveyra o‘rniga Kenedi tushirildi |
| 50' | ![]() |
Arambarri olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 49' | ![]() |
Umtiti ogohlantirish oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Xetafe" - 2:0. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
"Barselona" ijrosida xavfli hujum! Darvozabon mahorat ko‘rsatdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Messi 35 metrlardan jarima zarbasini tepadiyov. To‘p ustun va to‘sin kesishgan joydan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
GOOOOOOL! Serji Roberto, 2:0! "Barselona" o‘ziga xos qisqa paslar bilan hujum tashkil qildi. Firpo qanotdan yetkazgan uzatmani Roberto darvozaga joylab qo‘ydi |
| 38' | ![]() |
Ansu Fati bir futbolchini aldab raqib jarima maydoniga kirdiyu, ammo ikkinchisi undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 33' | ![]() |
GOOOOOL! Antuan Grizmann, 1:0! Messining ajoyib uzatmasidan keyin fransiyalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi darvozani zabt etdi |
| 30' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Grizmann jarima maydoniga yorib kirdi, darvozabonni aldadi, ammo to‘p yon tomonga ketib qolgani uchun darvoza tomon zarba berish uchun imkon bo‘lmadi |
| 29' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujuga o‘tishdi. Grizmann sheriklarini to‘p bilan ta’minlay olmadi |
| 26' | ![]() |
Vuuuuuuh! Kukurelya "Barsa"ni jazolashi mumkin edi. Uning 15 metrlardan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Ammo VAR vaziyatni ko‘rib chiqdi, hakamning o‘zi videoko‘rik hududiga borib, vaziyatni tomosha qildi. Nyom to‘pga ega chiqishdan oldin o‘zini ta’qib qilayotgan Umtitiga qonunga xilof ravishda yiqitgan ekan |
| 23' | ![]() |
GOOOOL! "Xetafe" hisobni ochmoqda! Burchak zarbasidan keyin Molina bosh bilan zarba berdi, ter Shtegen qaytardi. Qaytgan to‘pni Allan Nyom darvozaga joyladi! |
| 22' | ![]() |
Ehhhhh, Xorxe Malina! "Barselona" futbolchilarining darvozabon tomon bergan uzatmasi natijasida Molina ter Shtegen bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib zarba berdi, ammo to‘p Umtitining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 22' | ![]() |
"Barsa"da majburiy o‘zgarish ro‘y berdi. Xordi Alba o‘rniga Xunior Firpo tushirildi |
| 19' | ![]() |
"Xetafe" bosh murabbiyi Xofe Bordalas ogohlantirish oldi |
| 17' | ![]() |
Alba jarohat oldi va o‘zini almashtirish kerakligini aytdi |
| 14' | ![]() |
Dastlabki xavfli vaziyat! Busketsning maydon markazidan yetkazgan uzatmasi natijasida Messi to‘pni raqib jarima maydoni chizig‘i ustida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va to‘pni darvozabon ustidan oshirishga harakat qildi. Soriya to‘pni egallab oldi |
| 12' | ![]() |
Messi olis masofadan zarba yo‘llashga urindi, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 12' | ![]() |
"Barsa" o‘yinga temp qo‘sha boshladi |
| 10' | ![]() |
To‘p ilk marta mehmonlar posboni David Soriyaga yetib keldi |
| 6' | ![]() |
"Xetafe" kuchli pressing evaziga asosan raqib jarima maydoni atrofida o‘ynamoqda. |
| 2' | ![]() |
Mana roppa-rosa 120 soniya ortda qoldi, ammo "Barselona" hali maydon markazidan raqib tomonga o‘tganicha yo‘q |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Antuan Grizmann kiritib berdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda saf tortishdi. Jamoa sardorlari va hakamlar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 24-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida jadvalda 3-pog‘onani egallab turgan «Xetafe»ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|