Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

ECHL - 2019-20 / NIMCHORAK FINAL / 19.02.2020 01:00

ECHL - 2019-20 / NIMCHORAK FINAL

BORUSSIYa DORTMUND

Erling Holand (69, 77)

2 : 1

PSJ

Neymar (75)
JAMOALAR TARKIBI
01. Roman Byurki (G)
02. Dan-Aksel Zagadu
15. Mats Xummels
26. Lukash Pishek
27. Emre Djan
13. Rafael Gerreyru
05. Ashraf Xakimi
23. Torgan Azar
28. Aksel Vitsel
07. Djeydon Sancho
17. Erling Xoland
  01. Keylor Navas (G)
03. Presnel Kimpembe
02. Tiago Silva
12. Toma MyonYE
20. Leven Kurzava
05. Markinyos
11. Anxel Di Mariya
06. Marko Verratti
27. Idrissa Geye
07. Kilian Mbappe
10. Neymar
ZAHIRA
35. Marvin Xits (G)
14. Niko Shuls
29. Marsel Shmelser
16. Manuel Akandji
32. Djovanni Reyna
08. Maxmud Daxud
10. Mario Gyotse
  16. Serxio Riko (G)
04. Tilo Kerer
35. Nyanzou Kouassi
23. Yulian Draksler
19. Pablo Sarabiya
09. Edinson Kavani
18. Mauro Ikardi

Matn

90+2'
Uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda Hollandning dubli evaziga mezbonlar g‘alaba qozondi
90+1'
Markinyosning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng burchak zarbasi belgilandi.
90+2'
O‘yinga 2 daqiqa vatq qo‘shib berildi
88'
Endi Veratti ham ogohlantirildi. PSJ uchun navbatdagi yo‘qotish italiyalik futbolchi ham keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
86'
Toma Menye ogo=lantirildi. U javob uchrashuvni shtkazib yuboradi
77'
VUUUUUUU! Holand uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab "arilar"ni yana oldinga olib chiqdi. Bu bolani to‘xtatib bo‘lmayapti
75'
GOOOOOOL! Mbappening uzatmasidan so‘ng Neymar bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi
71'
Urilgan goldan so‘ng o‘yin ancha tezlashi ketdi. Parijliklar butun jamoa bo‘lib hujumga o‘tmoqda
69'
GOOOOOOOL! Holand hisobni ochishga erishdi. Gereyruning zarbasi Erlingga borib tushdi, uning zarbasini Navas qaytara olmadi
68'
"Borussiya" safida o‘zgarish Torgan Azar o‘rniga Jovanni Reyna maydonga tushdi
67'
Hakimining aylantirib yo‘llagan zarbasi darvoza tepasian o‘tib ketdi
67'
VUUUUHH! Neymar va Mbappe o‘ziga o‘xshay boshladi. Avvaliga Mbappe raqib darvozabonini "o‘qqa" tutdi qaytgan to‘pga Neymar zarba berdi yana posbon uni bartaraf etdi
64'
Mbappening zarbasni Byurki qiyinchiliksiz bartaraf etdi
61'
Kurzava qanot bo‘ylab avvaliga, Pishekni so‘ngra Viteslni keyinchalik Janni aldab o‘tdi, lekin Di Mariyaga uzatgan to‘pi ancha noaniq chiqdi
58'
Bu safar Vitselga nisbatan qoida buzgan Neymar ogohlantirildi
53'
PSJ futbolchisi Idrissa Gee ogohlantirildi
48'
Ikkinchi bo‘limni ham Dortmund klubi ancha faol boshladi
45'
O‘yinning ikkinchi bo‘limiga start berldi
'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0. Bizdan uzoqlashmang
38'
Holand maydon markazidan hujumga o‘tib borayotgan edi, Veratti qoida buzmasdan uni to‘xtatib qoldi
36'
Mezbonlar tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tib bordi, Sanchoning havodan uzatib bergan to‘piga Holandning bo‘yi yetmadi
34'
ZARBAAA! Holand kuchli zarba yo‘llagan edi, to‘p darvoza to‘sini oldidan o‘tib ketdi
27'
ZARBAAAA! Sancho darvoza tomon aniq zarba yo‘llagan edi, Navas parijliklarni muqarrar goldan qutqarib qoldi
22'
Geye Sanchoni to‘xtatib qoldi. Jeydon maydonda yotipti
14'
Tezlik bilan qarshi hujumga o‘tib borgan "arilar"ning so‘nggi zarbasiga aniqlik yetishmadi. Zarba muallifi– Sancho
13'
Neymarning burchakdan uzatgan to‘pini himoyaga yordamga kelgan Holand qaytardi
10'
VUUUUH! Neymarning jarimadan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
9'
Neymarga nisbatan jarima maydoni yaqinida fol ishlatishdi
4'
PSJ ham hujumga o‘tgan edi. Di Mariyaning uzatmasi Mbappegacha yetib bormadi
2'
Uchrashuvni mezbonlar ancha faol boshladi. Hakimi qanotdan o‘z reydini amalga oshirishga urinib ko‘rdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida!
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari bir necha daqiqalardan so‘ng YECHL pley-off doirasidagi "Borussiya" hamda PSJ o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. Bugungi o‘yinni matnli translyasiya qilib boramiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.