Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2019/2020, 25-tur
| 21 fevral, soat 20:00 | ||
BARSELONALionel Messi (14, 37, 40, 87)
Artur (89) |
5 : 0 |
EYBAR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 15.Kleman Lengle 02.Nelson Semedu 24.Xunior Firpo 04.Ivan Rakitich 22.Arturo Vidal 05.Serxio Buskets 08.Artur 10.Lionel Messi 17.Antuan Grizmann |
01.Marko Dmitrovich (D) 02.Esteban Burgos 24.Alvaro Texero 23.Anaits Arbilla 15.Xose Anxel 14.Fabian Orelyana 05.Gonsalo Eskalante 10.Eduardo Espozito 08.Pape Diop 22.Takashi Inui 09.Serxi Enrich |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Neto (D) 39.Sergio Akiyeme 23.Samuel Umtiti 21.Frenki de Yong 20.Serxi Roberto 31.Ansuman Fati 19.Martin Breytueyt |
13.Yoel (D) 12.Paulu Oliveyra 06.Serxio Alvares 21.Pedro Leon 18.Sebastyan Kristoforo 16.Pablo De Blasis 07.Kike Gonsales |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Eybar" - 5:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOL! Artur, 5:0! Assist — Martin Breytueyt. Ikkala futbolchi golni yuzaga keltirishdi. Arturning uzatmasidan keyin hujumchi yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p darvozabonning oyog‘idan Arturga borib tushdi va braziliyalik futbolchi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 4:0! Poker. Assist — Martin Breytueyt. |
| 85' | ![]() |
Pape Diop sariq kartochka oldi. Breytueytga nisbatan fol ishlatgani uchun |
| 83' | ![]() |
"Eybar"da so‘nggi o‘zgarish: Sebastyan Kristoforo maydonga tushirildi |
| 82' | ![]() |
Arturo Vidal darvozani ishg‘ol qildi, ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi |
| 82' | ![]() |
Arturo Vidal darvozani ishg‘ol qildi, ammo ofsayd tufayli gol bekor qilindi |
| 79' | ![]() |
Messi jarimadan zarba yo‘lladi. Dmitrovich to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 76' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Langle va Umtiti birgalikda darvozani ishg‘ol qilishdi. Ammo Kleman ofsaydda qolgani uchun gol bekor qilindi |
| 75' | ![]() |
Breytueyt chap qanotda to‘pni egalladi va jarima maydoniga kirayotgan Messi tomon uzatma bermoqchi bo‘ldi. Urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 74' | ![]() |
Orelyana o‘ng tomondan mezbonlar jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi. To‘p olis ustun tomondan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
"Barselona"da kutilgan o‘zgarish ro‘y berdi. Antuan Grizmann o‘rniga Martin Breytueyt maydonga tushirildi. |
| 68' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Jerar Pike o‘rniga Samuel Umtiti tushirildi |
| 67' | ![]() |
Vuuuh! Hozirgina maydonga tushgan Pablo de Blasis ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning 7-8 metrdan yo‘llagan zarbasini Ter Shtegen qaytarib qoldi |
| 66' | ![]() |
"Eybar"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Inui va Enrich maydonni tark etdi. Ularning o‘rniga Kike Gonsales va Pablo de Blasis tushirildi |
| 63' | ![]() |
"Eybar"ning yana bir goli inobatga olinmadi. Pike darvoza chizig‘i ustida to‘pni boshi bilan qaytarayotgan edi. Ammo oyog‘ini baland ko‘targan Arbilya darvozani ishg‘ol qildi. Xavfli o‘yin tufayli gol bekor qilindi |
| 63' | ![]() |
Vuuuuh! Inui Semedudan to‘pni olib qo‘yib, "Barsa" jarima maydoniga kirib keldi va zarba berdi. To‘p Langlega tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 61' | ![]() |
"Barselona" jarima maydoni chizig‘i yaqinida belgilangan jarima zarbasini Orelyana tepdi. Ter Shtegen to‘pga tashlandi va uni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 59' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Frenki de Yong tushirildi |
| 52' | ![]() |
Bu safar Arturo Vidal Grizmanndan golni olib qo‘ydi. Busketsning uzatmasidan keyin Antuan darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqayotgan edi, ofsaydda qolgan chililik futbolchi to‘pni egallab, vaziyatni yo‘qqa chiqardi |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuuh! Grizmanning uzatmasidan keyin Rakitich darvoza maydoni ichida to‘pni darvoza tomon burdi. Dmitrovichdan seyv |
| 50' | ![]() |
Ehhh, Semedu! Messining uzatmasidan keyin Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo ofsaydda qolgan Semedu to‘pni o‘ynab, vaziyatni yo‘qqa chiqardi |
| 48' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Vuuuh! "Eybar" bitta javob to‘pini kiritishga yaqin keldi. Qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmaga mehmonlar hujumchisi zarba berdi. To‘p Pikening oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Eybar" - 3:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Grizmann darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda posbonni aldadiyu, ammo o‘zi yiqildi. Penalti emas, ofsayd! |
| 43' | ![]() |
VUUUUH! Dmitrovich qahramonlik ko‘rsatdi. "Barsa"ning tezkor hujumi natijasida Grizmann tomonidan 10 metrdan yo‘llangan zarbani "Eybar" posboni qaytardi. Qaytgan to‘pga Buskets 5 metrdan zarba berdi. Marko yana bir seyv namoyish qildi |
| 40' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 3:0! Xet-trik! Mehmonlar himoyachisi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Messiga uzatib qo‘ydi. Argentinalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda o‘zi zarba bermasdan, Grizmannga uzatma berdi. Antuan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, zarba bergunga qadar himoyachi yetib kelib, to‘pni qaytardi... Messi tomon. Leo esa bitta zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 39' | ![]() |
Grizmann ofsaydda qoldi |
| 39' | ![]() |
Arturning uzatmasini markaziy himoyachi qaytarib qolmaganida Messi darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqib ketar edi |
| 37' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 2:0! Jamoa sardori yana raqib jarima maydoniga yorib kirdi va olis burchakni aniq nishonga oldi |
| 30' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Eskalante 15 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 27' | ![]() |
"Barsa" nihoyat qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib keldi, ammo Messi ofsaydda qoldi |
| 26' | ![]() |
"Eybar" futbolchilari tomonidan qo‘llanilayotgan pressing ish bermoqda shekilli, mezbonlar maydon markazidan o‘ta olishmayapti |
| 22' | ![]() |
"Eybar" burchak zarbasini amalga oshirdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi. Takroriy uzatma natijasida to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi |
| 19' | ![]() |
Vuuuuh! Arturo Vidal chap qanotdan o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Dmitrovich qaytargan to‘pga chililik futbolchining o‘zi yetib keldi va darvozabon yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi... |
| 18' | ![]() |
Ter Shtegenning noaniq uzatmasidan keyin to‘pni Pape Diop egallab oldi va 11 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 14' | ![]() |
GOOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Argentinalik futbolchi raqib jarima maydoni atrofida to‘pni qabul qildi, uch futbolchidan chiroyli o‘tib ketdi va Dmitrovichni dog‘da qoldirdi |
| 11' | ![]() |
Inui "Barsa" jarima maydoni burchagidan aniq zarba yo‘lladi. Mark-Andre to‘pni osonlik bilan egalladi |
| 10' | ![]() |
Kataloniyaliklar asta-sekin raqib jarima maydoni tomon kirib kelishmoqda |
| 7' | ![]() |
To‘p nazorati kataloniyaliklar tomoniga o‘tdi |
| 4' | ![]() |
GOL emas! "Eybar" hisobni ochgan edi. Ammo gol urgan Enrich tomon qanotdan uzatma berilayotgan paytda hujumchi ofsaydda qolgan edi |
| 1' | ![]() |
Diqqat uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga negadir cho‘zilmoqda. Hakamlarning aloqa vositasida qandaydir muammo yuzaga keldi shekilli |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida «Barselona» o‘z uyida «Eybar»ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|