Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2019/2020, 26-tur
| 2 mart, soat 01:00. Bosh hakam: Mateu Laos (Valensiya) | ||
REAL MADRIDVinisius Junior (71)
Mariano Dias (90+2) |
2 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 12.Marselo 04.Serxio Ramos 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 15.Federiko Valverde 14.Kazemiro 08.Toni Kroos 22.Isko 25.Vinisius Junior 09.Karim Benzema |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 02.Nelson Semedu 03.Jerar Pike 23.Samuel Umtiti 18.Xordi Alba 05.Serxio Buskets 08.Artur 21.Frenki de Yong 22.Arturo Vidal 17.Antuan Grizmann 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Alfons Areola (D) 23.Ferlan Mendi 03.Eder Militao 10.Luka Modrich 24.Mariano Dias 11.Garet Beyl 17.Lukas Vaskes |
13.Neto (D) 15.Kleman Lengle 24.Xunior Firpo 30.Aleks Kollado 04.Ivan Rakitich 31.Ansuman Fati 19.Martin Bretueyt |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Vinisius Junior (11)
Daniel Karvaxal (17) |
Xordi Alba (19)
Lionel Messi (85) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" klasikoda g‘alaba qozonib, La liga jadvalida peshqadam bo‘lib oldi |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOOOL! Mariano DIAS, 2:0! Qarshi hujumda hujumchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va Ter Shtegenni dog‘da qoldirdi! |
| 90+2' | ![]() |
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Benzema o‘rniga Mariano Dias tushirildi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90+1' | ![]() |
Ter Shtegen ham "Real" jarima maydoniga yetib kelgan edi. Uzatmani esa Kurtua egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Vinisius "Barsa"ga jarima zarbasi ishlab berdi |
| 89' | ![]() |
Jarima zarbasi Ramos tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 88' | ![]() |
"Real" xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishladi. Buskets jarima maydoni yarim aylanasi ichida Vaskesni yiqitdi. |
| 86' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Federiko Valverde o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 85' | ![]() |
Messi sariq kartochka oldi. U maydon markazida Kazemironi to‘xtatdi |
| 84' | ![]() |
"Real"ning pozision hujumi natijasida Vinisius jarima maydoni ichida himoyachilardan o‘tib ketdi. So‘nggi pallada Ter Shtegen qutqarib qoldi |
| 83' | ![]() |
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Pikening bosh bilan zarba berishiga hech kim xalal bermadi. Ammo uning urinishi aniq chiqmadi |
| 82' | ![]() |
Modrich qanotdan qoidani buzdi. Mehmonlarda "standart" |
| 80' | ![]() |
"Barselona"da birdaniga ikkita o‘zgarish: Artur o‘rniga Ivan Rakitich va Antuan Grizmann o‘rniga Ansuman Fati tushirildi |
| 79' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Modrich tushirildi |
| 78' | ![]() |
"Real" ajoyib hujum tashkil qildi, ammo Karvaxal ofsaydda qolgan ekan |
| 76' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo "Barsa" hujumga o‘tdi. Breytuyet jarima maydoni ichida Varanni aldab o‘tib, darvoza oldiga uzatma berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuuh! Jamoalar bittadan xavfli hujum tashkil qilishdi. MEzbonlarning uzatmalarini Semedu qaytargan bo‘lsa, yakkama-yakkka vaziyatga qochib ketgan Messiga Marselo va Varan zarba berish imkonini berishmadi |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOOOL! VINISIUS! 1:0! Nihoyat o‘yinda hisob ochildi. Toni Kroos uning ajoyib uzatmasidan keyin Junior jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p podkat tashlagan Pikening oyog‘iga tegib, Ter Shtegenning yaqin burchagidan o‘tib, to‘rga borib tushdi |
| 70' | ![]() |
VUUUUUUH! Breytueyt ilk urinishdayoq gol urib ketishiga bir bahya qoldi! U tezlikda Marselodan o‘tib ketdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Ramos zarbani qaytarib qoldi |
| 70' | ![]() |
Birinchi o‘zgarishga Setyen qo‘l urishga qaror qildi. Vidal o‘rniga Martin Breytueyt tushirildi |
| 69' | ![]() |
Toni Kroos burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Karvaxal bosh bilan oldinga chiziqqa yo‘lladi. Ramos to‘pni egalladi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Ter Shtegen oyog‘i bilan to‘pni qaytardi. Ammo Serxio ofsaydda qolgan ekan |
| 67' | ![]() |
Albaning uzatmasini Marselo jarima maydonidan uzoqlashtirdi |
| 66' | ![]() |
Busketsning uzatmasidan keyin Messi raqib jarima maydoni ichida to‘pni qabul qildi, Karvaxal xavfni bartaraf etdi |
| 63' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Kataloniyaliklar himoyada ko‘p xato qila boshlashdi. Ter Shtegenning xatosidan so‘ng mezbonlar to‘pni egallashdi, Karvaxal Benzemani jarima maydoni ichida zarbavor vaziyatga chiqardi. Karimning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 61' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Karvaxal o‘ng qanotdan jari maydoniga kirib, uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Isko 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p Ter Shtegenning qo‘lidan o‘tib ketdi, ammo chiziq ustida turgan Pike to‘pni avval qaytardi, so‘ngra vaziyatdan uzoqlashtirdi! |
| 58' | ![]() |
Kazemiro ham olis masofadan o‘z imkoniyatini sinab ko‘rishga qaror qildi. Aaaancha noaniq zarba |
| 57' | ![]() |
Madridliklar ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarali chiqmadi |
| 56' | ![]() |
VUUUUUUH! "Real" burchak zarbasini o‘yinga kiritganidan keyin Isko "Barsa" to‘qqizligi tomon o‘ta xavfli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 54' | ![]() |
Vinisius esa o‘z jamoasi hujumini yo‘qqa chiqardi |
| 54' | ![]() |
Alba yuqoridan mezbonlar jarima maydoniga uzatma berdi. To‘p himoyachilardan o‘tmadi |
| 49' | ![]() |
Messi jarimadan "Real" jarima maydoniga uzatma berdi. Madridliklar to‘pni qaytarishdi |
| 49' | ![]() |
Kazemiro Messiga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha ancha olis masofa |
| 48' | ![]() |
Burchakdan to‘p o‘yinga kiritildi, ammo hujumda fol ishlatildi |
| 47' | ![]() |
Bo‘limni ko‘k-anorranglilar faol boshlashdi va burchak zarbasi ishlashdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. Ketdik |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi |
| 45' | ![]() |
Vinisius Buskets bilan to‘qnashib ketdi. U maydonda biroz yotib, so‘ngra turib ketdi |
| 41' | ![]() |
Vinisius chap qanotdan oldinga qochdi va "Barsa" jarima maydoniga uzatma berdi. Artur to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Semedu o‘z qanotida Marselodan qochib ketib, raqib jarima maydoniga kirdi, ammo keyingi paslar muvaffaqiyatsiz chiqqani bois xavf yo‘qqa chiqarildi |
| 38' | ![]() |
Vuuuuh! Arturning uzatmasidan keyin Messi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va 14 metrdan zarba berdi. Kurtua seyv namoyish qildi |
| 37' | ![]() |
"Real" qarshi hujumga o‘tib, Vinisius jarima maydoni burchagidan zarba berdi. Ter Shtegen osonlik bilan to‘pni qabul qildi |
| 36' | ![]() |
Messi "Real" jarima maydoniga yuqoridan uzatma berdi. Ramos qaytardi |
| 35' | ![]() |
Messi tomonidan burchakdan yetkazilgan uzatmani Benzema qaytardi |
| 34' | ![]() |
VUUUUUUH! Grizmanning ajoyib uzatmasidan keyin Artur yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, zarba berdi. To‘p Kurtuaning qo‘liga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 33' | ![]() |
Semedu o‘ng qanotdan "Real" jarima maydoniga yorib kirib, darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan narigi qanotga o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Vuuuh! "Barselona" raqibning mudofaasini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Messining aniq zarbasini Kurtua egallab oldi |
| 29' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Kroos jarima maydoni tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 27' | ![]() |
Valverde Kroos bilan "devor" o‘ynab o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydoniga uzatma berdi. Benzema uzatmaga yeta olmadi |
| 25' | ![]() |
"Barselona" 2-3 daqiqa davomida uzluksiz ravishda to‘pni nazorat qildi |
| 21' | ![]() |
"Barsa" yaxshi hujum tashkil qildi. Messi chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirgan Albaga pas berdi. Uning uzatmasidan keyin Grizmann 11 metrli nuqta ustidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 21' | ![]() |
"Qirollik klubi" yaxshi hujum tashkil qildi. Marseloning uzatmasini Pike qaytarib qoldi |
| 19' | ![]() |
Karvaxal va Xordi Alba o‘zaro tortishib qolishdi. Mateu Laos har ikkisiga "sariq" berib qo‘ya qoldi |
| 17' | ![]() |
Mehmonlar kutilmaganda qisqa paslar orqali "Real" jarima maydoniga kirib kelishdi. So‘nggi pallada Ramos Grizmanndan to‘pni olib qo‘ydi |
| 16' | ![]() |
Vinisius o‘z qanotidan raqib jarima maydoniga kirdi, ammo Semedu osonlik bilan to‘pni undan olib qo‘ydi |
| 15' | ![]() |
Mezbonlar pressing evaziga raqibdan to‘pni olib qo‘yishdi va yaxshi hujum tashkil qilishdi. Kroos 15 metrlardan ancha noaniq zarba yo‘lladi |
| 14' | ![]() |
Madridliklarning xavfli hujumi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Isko bosh bilan Benzema tomon qoldirdi. Ammo Karim buni kutmagandi shekilli, to‘pni to‘xtata olmadi |
| 13' | ![]() |
"Real"ning hujumi. Karvaxal yuqoridan uzatma bilan jarima maydoni ichidagi Iskoga yetkazib berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 11' | ![]() |
Vinisius sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Semeduni qo‘li bilan tortib yiqitdi |
| 10' | ![]() |
Marselo chap qanotdan yetkazgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi |
| 9' | ![]() |
"Barsa"ning hujumi. Messining uzatmasiga Videl yetib bora olmadi |
| 7' | ![]() |
"Real" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pga Benzema 14 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 5' | ![]() |
O‘yin nisbatan tezkor temp bilan boshlandi |
| 3' | ![]() |
"Barsa" tiki-taka rejimini yoqdi va to‘pni nazxorat qilishni boshlab yubordi |
| 2' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tdi. Ammo Frenki de Yongni qo‘llab-quvvatlaydigan futbolchi topilmadi |
| 2' | ![]() |
Madridliklar bir daqiqa ichida ikki marta burchak zarbasini amalga oshirishdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Karimjon Benzema kiritib berdi. |
| ' | ![]() |
Diqqat! Klasiko ishtirokchilari maydonga chiqib kelishmoqda. Futbolchilarni kutib olamiz |
| ' | Odatdagidek "Real" oq, "Barselona" esa o‘zining ko‘k-anorrang futbolkasida maydonga tushadi. | |
| ' | Klublarning La ligada holati haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Shundoq ham bundan yaxshi xabardorsiz. Biz shunchaki o‘yindan zavq olamiz | |
| ' | ![]() |
Madridda yomg‘ir yog‘moqda. Bahorning ilk kuni. Romantik klasiko bo‘ladi shekilli :) |
| ' | Jamoalar o‘yinoldi chigilyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Ular murabbiylardan so‘nggi ko‘rsatmalarni olib, bir necha daqiqalardan so‘ng maydonga qaytishadi | |
| ' | ![]() |
«Real Madrid» va «Barselona» Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida to‘qnash kelishmoqda. Uchrashuv boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari, el-klasiko shinavandalari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|