Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 27-tur

7 mart. soat 22:30

BARSELONA

Lionel Messi (81-penalti)

1 : 0

REAL SOSYEDAD

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Kleman Lengle
02.Nelson Semedu
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
04.Ivan Rakitich
21.Frenki de Yong
05.Serxio Buskets
17.Antuan Grizmann
19.Martin Bretueyt
10.Lionel Messi
  01.Aleks Remiro (D)
24.Robin Le Normand
03.Diyego Lyorente
18.Andoni Gorosabel
20.Nacho Monreal
08.Mikel Merino
07.Kristian Portu
16.Guevara
21.Martin Edegor
22.Barrenetksea
19.Aleksander Isak
ZAHIRA
13.Neto (D)
23.Samuel Umtiti
24.Xunior Firpo
22.Arturo Vidal
30.Aleks Kollado
28.Riki Puch
31.Ansuman Fati
  13.Migel Moyya (D)
12.Ayen Munyos
02.Xoseba Saldua
11.Adnan Yanuzay
05.Igor Zubeldiya
10.Mikel Oyarsabal
09.Villian Xose
SARIQ KARTOCHKA
Kleman Langle (16)
Lionel Messi (42)
Jerar Pike (61)
 
Mikel Merino (56)
Guevara (76)
Oyarsabal (80)

Matn

'
"Barselona" - "Real Sosyedad" - 1:0
90+8'
Hakam golni bekor qildiyu, o‘yinni yakunladi. Messi ofsayd berayotgan paytda Fati biroz ofsaydda qolgan ekan
90+7'
VAR vaziyatni ko‘rib chiqmoqda. Gol bekor bo‘lish ehtimoli yo‘q emas
90+6'
GOOOOL! "Barselona" qarshi hujumga o‘tdi va Fatining uzatmasidan keyin Alba bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi
90+3'
Messi raqib jarima maydoni ichida 3 himoyachi orasidan o‘tib ketdiyu, ammo to‘pga yetib bora olmadi
90+1'
Vuuuh! Kataloniyaliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Albaning aniq uzatmasidan keyin Messi to‘pni raqib jarima maydoni ichida qabul qildi. Ammo to‘p undan biroz uzoqlashgani bois himoyachi xavfni bartaraf etdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
90+1'
"Sosyedad" hujum qilishda davom etmoqda. Ular burchak zarbasi ishlashdi
89'
Basklar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Ter Shtegen mushti bilan to‘pni urib yubordi
88'
"Barselona"da so‘nggi o‘zgarish: Breytueyt o‘rniga Xunior Firpo tushirildi
85'
"Barsa"da o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Ansu Fati tushirildi
84'
"Sosyedad"da uchinchi o‘zgarish: Isak o‘rniga Villian Joze tushirildi
84'
Chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan Nacho Monreal yiqildi. Ammo penalti yo‘q.
83'
Messi chap tomondan jarima maydoniga kirdi, ammo so‘nggi pallada Oyarsabalga nisbatan fol ishlatdi
81'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Darvozabon zarba yo‘nalishini topdiyu, ammo to‘pni qaytara olmadi
80'
Oyarsabal sariq kartochka oldi. Hakam bilan tortishgani uchun
80'
"Sosyedad" darvozasi tomon penalti! Kutilmagan qaror!
79'
Hakam videoko‘rik hududiga yo‘l oldi. U "Real Sosyedad" himoyachisining qo‘liga to‘p tekkan vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi
78'
Basklar xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Monrealning zarbasiga aniq yetishmadi
76'
Guevara ogohlantirildi. U Messini ortdan yiqitdi
75'
"Sosyedad" maydon markazida to‘pni olib qo‘yib hujum tashkil qildi. Isak jarima maydoniga kirib kuchli zarba berdi. Ammo noaniq
74'
"Barselona"da o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Arturo Vidal tushirildi
74'
Oyarsabal 16 metrdan noaniq zarba berdi
73'
Oho! Isak chap qanotda Semedudan qochib ketib, jarima maydoniga sherigi tomon pas berdi. Pike so‘nggi pallada xavfni bartaraf etdi
71'
Mehmonlardan xavfli hujum. Hujumga qo‘shilgan Nacho Monrealning zarbasi rekoshet orqali zarbaga aylanib ketdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
71'
"Real Sosyedad"da o‘zgarish: Lyorente o‘rniga Igor Subeldiya tushirildi
68'
Maydon markazida Pike va Mikel Merino to‘qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi
67'
Vuuuuuh! "Barselona" yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Messi-Alba kombinasiyasidan so‘ng Xordi olis ustun tomon pas berdi. Rakitich to‘pga tashlandi, ammo yeta olmadi
65'
"Barsa" ketma-ket 2ta burchak zarbasini amalga oshirdi. Takroriy hujumdan paytida Messidan pasidan keyin Pike bosh bilan zarba berdi. Remiro to‘pni egalladi
65'
Vuuuuh! Kataloniyaliklar yaxshi paslar bilan raqib jarima maydoniga kirib kelishdi. Rakitich 12 metrlardan kuchli zarba berdi. Aleks Remirodan ajoyib seyv!
61'
Jerar Pike ogohlantirish oldi.
60'
Vuuuh! Alba yuqoridan uzatma berdi. Grizmann bosh bilan to‘pni Messi yo‘liga tashlab berdi. Leoning zarbasidan keyin to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
59'
"Sosyedad"da o‘zgarshi: Barrenetkchea o‘rniga Oyarsabal tushirildi
58'
"Sosyedad" futbolchisi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. U jarima maydoniga kirdi, to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘riladi va zarba berdi. Ancha noaniq
57'
Messi yo‘llagan zarbani himoyachi bosh bilan qaytardi
56'
Mikel Merino ogohlantirish oldi. Messiga nisbatan fol ishlatgani uchun
55'
Mehmonlarning hujumi. Edegor "Barsa" jarima maydoni ichida to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishni qoyillatmadi
54'
Vuuuuuh! Albaning chap qanotdan bergan uzatmasini Messi jarima maydoni tashqarisida to‘pni egalladi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p ustundan 2 metr naridan o‘tib ketdi
53'
Ter Shtegenning uzatmasidan keyin Grizmann raqib jarima maydoniga kirib bordi, to‘pni egallab ortga uzatishga qaror qildi. Takroriy hujum paytida esa Semedu to‘pga eta olmadi
51'
Basklar ikkinchi bo‘limda to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda
46'
Bo‘limdagi ilk hujumni "Sosyedad" tashkil qildi. Jarima maydoni chizig‘i ustidan berilgan zarba aniq chiqmadi
46'
Ikkinchi taym boshlandi. Davom etamiz
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozir hisob — 0:0
45'
Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi
43'
"Sosyedad" maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ofsayd qayd etildi
42'
Messi sariq kartochka oldi. U raqib oyog‘iga xavfli tashlandi
40'
Vuuuuuh! Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat yuzaga keldi. Alba-Breytueyt-De Yong-Messi kombinasiyasidan keyin Leo 10 metrdan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
39'
De Yong bergan uzatmadan keyin Breytueyt jarima maydoniga kirib, chap qanotdan darvoza yaqiniga pas berdi. Posbon to‘pni egallab oldi
36'
Alba chap qanotdan jarima maydoni ichidagi Messiga aniq pas berdi. Himoyachi argentinalik futbolchiga zarba berish uchun imkon bermadi
33'
Mehmonlar qarshi hujumda olis masofaga uzatma berishdi. Ter Shtegen oldinga chiqmaganida hujumchi hisobni ochishi mumkin edi
30'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Breytueyt bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
29'
Vuuuuh! Messi burchakka yaqin joyda raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘ydi va xavfli hujumga asos soldi. Busketsning uzatmasidan keyin Leo yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p darvozabondan maydonni tark etdi
29'
Breytueytning uzatmasidan keyin Rakitich raqib jarima maydoni atrofida to‘pni qabul qildi va noaniq zarba berdi
27'
"Real Sosyedad" futbolchilari qisqa pas bilan raqib jarima maydoniga kirib kelishdi. Yuqoridan yetkazilgan so‘nggi uzatmaga Isak bosh bilan zarba berdi. Noaniq
23'
To‘p nazorati Setyen jamoasi tomonida
19'
Mehmonlar yaxshi qarshi hujum tashkil qilishlari mumkin edi. Ammo Isak to‘pni ko‘proq ushlab qoldi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi
18'
Ivan Rakitich ofsaydda qoldi
17'
Albaning uzatmasidan keyin Bretueyt yakkama-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi. Ammo u biroz ofsaydda qolgani uchun gol inobatga olinmadi
16'
Kleman Langle sariq kartochka oldi. Portuga nisbatan taktik fol ishlatildi
15'
Oho! Messining pasidan keyin Breytueyt oldingi intildi, jarima maydoniga kirdi va kuchli zarba bera olmadi. Remiro to‘pni egallab oldi
10'
Xavfli zarba. Messining uzatmasidan keyin Breytueyt jarima maydoniga kirdi, bir himoyachini aldadi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Darvozabon oyog‘i bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
8'
Basklar xavfli hujum tashkil qilishdi. O‘ng qnaotdan yetkazilgan uzatmani Pike qaytarib qoldi
7'
Alba oldingi chiziq tomon uzatayotgan Frenki de Yong tomon uzatma berdi. Remiro to‘pni egallab oldi
6'
"Sosyedad" futbolchisi ofsaydda qoldi
4'
Ter Shtegen o‘z jarima maydoni atrofida to‘pni haddan tashqari ko‘p ushlab, jamoasi uchun qaltis harakat qilmoqda. Isak jarima maydoniga kirib bordi, ammo zarba berishga ulgurmadi
3'
O‘yin tempi yuqori emas
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Messi kiritib berdi.
'
"Barsa" o‘zining shaxmat shaklidagi ko‘k-anorrang, "Sosyedad" esa oq-ko‘k yo‘l-yo‘l rangli futbolkalarda harakat qilishadi.
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Kike Setyen bir nechta o‘yinda hujumga Arturo Vidalni qo‘ygan bo‘lsa, bugun Martin Bretueytni ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda.
'
"Barselona" klasikodagi mag‘lubiyatdan keyin navbatdagi o‘yinni o‘tkazayotgan bo‘lsa, "Sosedad" bir hafta oldin "Valyadolid"ni mag‘lub etgan bo‘lsa, hafta o‘rtasida Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinini o‘tkazdi va finalga chiqdi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida markaziy uchrashuv "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi. «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.