Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Belarus chempionati, 2-tur
| 27 mart. 22:00. Bosh hakam: A.Kurgxeli | ||
RUX |
0 : 1 |
ENERGETIK-BGUDaniil Miroshnikov (43)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Aleksandr Nechayev (D) 50.Aleksey Kovtun 59.Ilya Kolpachuk 05.Villiam 24.Vitaliy Gayduchik 20.Artem Konsevoy 08.Chidi Osuchukvu 26.Sergey Tixonovskiy 13.Aleksandr Migunov 19.Denis Grechixo 34.Artyom Petrenko |
1.Artur Lesko 10.Jeremi Mavatu 5.Daniil Miroshnikov 4.Artem Shkurdyuk 27.Dmitriy Girs 2.Aleksey Nosko (S) 6.Artyom Sokol 22.Devid Tve 7.Jasurbek Yaxshiboyev 3.Junior Atemeng 18.Ayk Musaxanyan |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Roman Stepanov 11.Aleksey Antilevskiy 14.Vladislav Vasilyev 99.Bogdan Sadovskiy 10.Pavel Sedko 78.Dmitriy Sibilev 31.Maksim Chij 15.Egor Bogomolskiy 77.Abdulaye Diallo 17.Vladislav Morozov |
44.Denis Sadovskiy 15.Aleksandr Svirepa 25.Pavel Shoras 17.Dushan Bakich 20.Viktor Dias 23.Vasiliy Sovpel 11. Shahboz Umarov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Villiam (70)
Vitaliy Gayduchik (90+3) |
Jasur Yaxshiboyev (20)
Shahboz Umarov (87) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘Yin tugadi. "Energetik-BGU" mavsumdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritib, jadvalda peshqadamlikni saqlab qoldi |
| 90+3' | ![]() |
"Rux" himoyachisi Gayduchik ogohlantirish oldi. U Shahbozga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuuuuh! Umarov bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoni burchagidan olis burchak tomon zarba berdi. Nechayev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
"Rux"da o‘zgarish: Petrenko o‘rniga Pavel Sedko tushrildi |
| 89' | ![]() |
Grechixo jarima maydoni ichida to‘pni egalladi va zarba berdi. Lesko to‘pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Shahboz Umarov sariq kartochka oldi. U vaqtni cho‘zgan deb hisoblandi |
| 86' | ![]() |
To‘p nazorati "Rux"da, mehmonlar esa butun jamoa bo‘lib himoyalanishmoqda |
| 83' | ![]() |
Umarov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd! |
| 82' | ![]() |
Vuuuuh! Grechixo olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Lesko to‘pni qaytardi. To‘p qaytarilgan joyda esa mezbonlardan hech kim yo‘q edi |
| 77' | ![]() |
Umarovning uzatmasini himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 76' | ![]() |
Mezbonlar jarima maydonining chap tomonida Umarovga nisbatan fol ishlatishdi. Shahbozning o‘zi jarima zarbasini tepmoqchi |
| 75' | ![]() |
"Energetik"ning hujumi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan uzatmaga Bakich zarba berishga urindiyu, ammo to‘p uning qo‘liga tegib ketdi. Umarovning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi. Ammo hakam hushtak chalib, qoidabuzarlikni qayd etdi |
| 74' | ![]() |
"Rux"da o‘zgarish: Migunov o‘rniga Abdullaye Diallo tushirildi |
| 73' | ![]() |
"Energetik"da o‘zgarish: Atemeng o‘rniga o‘zbekistonlik Shahboz Umarov maydoniga tushirildi |
| 73' | ![]() |
Mezbonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Konsevoyning uzatmasidan keyin Petrenko bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 70' | ![]() |
Hakam Villiamga "sariq" berdi |
| 70' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Kovtun bosh bilan zarba berdi. To‘pni egallab olayotgan Leskoga Villiam oyoq bilan zarba berib yubordi. Fol |
| 69' | ![]() |
Nechayev jarima maydonini tark etib, "Energetik"ning hujumini bartaraf etdi |
| 66' | ![]() |
"Energetik-BGU"da o‘zgarish: Musaxanyan o‘rniga Vasiliy Sovpel tushirildi |
| 65' | ![]() |
"Rux"da o‘zgarish: Tixonovskiy o‘rniga Vasilyev tushirildi |
| 61' | ![]() |
"Energetik-BGU"da o‘zgarish: Jasur Yaxshiboyev maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Dushan Bakich maydonga tushirildi |
| 60' | ![]() |
Jasur raqib jarima maydoni atrofida markaziy himoyachidan o‘tib keta olmadi, aks holda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketar edi |
| 57' | ![]() |
Vuuuuh! "Rux" futbolchisi Tixonovskiyning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi. To‘p ustundan qaytganidan keyin darvozabonga tegdi va uni mezbonlar futbolchisi egalladi. Maydon egalari bu imkoniyatdan ham foydalana olishmadi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuuuh! Jasurning ajoyib uzatmasidan keyin Atemeng 2 metrdan darvozani zabt eta olmadi. To‘p hujumchining oyog‘iga tegmay qoldi. Darvozabon esa to‘pni qaytardi |
| 53' | ![]() |
Jasurning jarimadan uzatmasi muvaffaqiyatli chiqmadi: to‘p yuqoriga ko‘tarilmadi. Himoyachining oyog‘idan yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pni Nechayev egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Yaxshiboyev o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi |
| 51' | ![]() |
Mezbonlar bosimni oshirib borishmoqda. Ammo hozir hujumda fol ishlatildi |
| 47' | ![]() |
"Rux"da yaxshi imkoniyat. Tixonovskiy jarima maydoniga kirib, zarba berdi. Lesko to‘pni egallay olmadi. Uning baxtiga, o‘sha joyda bo‘lgan raqib futbolchisi to‘pga yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hakamning hushtagi yangradi. Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. "Rux" - "Energetik" - 0:1. Tanaffus |
| 43' | ![]() |
GOOOOOOL! Yaxshiboyev tomonidan yetkazilgan uzatmani Danil Miroshnikov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi |
| 42' | ![]() |
Mehmonlar burchak zarbasi ishlashdi |
| 37' | ![]() |
"Rux"ning hujumlari xavfliroq tus ola boshladi |
| 36' | ![]() |
"Rux" burchak zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydoni chizig‘i ustidan berilgan zarbani Lesko egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi va vaziyat zarba bilan yakunlandi. Uzoqdan berilgan zarba natijasida tshpni Lesko egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Mezbonlar ketma-ket 2 marta burchak zarbasini amalga oshirishdi. Himoyachining boshidan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Lesko egallab oldi |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! "Rux" futbolchisi Grechixo 20 metrlardan xavfli zarba yo‘llandi. Darvozabon Lesko to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 24' | ![]() |
To‘p asosan maydon markazida |
| 21' | ![]() |
"Rux" burchak zarbasini amalga oshirdi. Hujumda darvozabonga nisbatan fol ishlatildi |
| 20' | ![]() |
Yaxshiboyev ogohlantirish oldi. Maydon markazida to‘p uchun yugurdiyu, ammo biroz ulgurmani uchun raqib futbolchisini chalib yiqitdi |
| 18' | ![]() |
"Rux"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p himoyachilar orasidan o‘tib, Kolpachukka kelib tushdi. Ammo u buni kutmagandi shekilli, tayinli zarba bera olmadi |
| 16' | ![]() |
Vuh! Yaxshiboyev jamoadoshi bilan devor o‘ynadi, ikki himoyachini aldab o‘tib, zarba berdi. To‘p esa to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 14' | ![]() |
Tve chap qanotdan "Rux" jarima maydoniga uzatma berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 13' | ![]() |
"Rux" futbolchilari ketma-ket ikkita jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. "Talabalar" himoyachilari yaxshi harakat qilishmoqda |
| 10' | ![]() |
Yaxshiboyev burchak zarbasini amalga oshirdi. Mezbonlar bosh bilan to‘pni urib yuborishdi |
| 7' | ![]() |
"Rux"ning xavfli hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi. Burchak to‘pi xavfli taxlikali bo‘ldi. To‘p ustunga tepib maydonni tark etdi |
| 7' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi chap qanotdan jarima maydoni chizig‘i ustiga uzatma berdi. Yaxshiboyev to‘pni egallab, ikki futbolchidan o‘tib ketishga urindi, ammo uchinchi himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuh! Jasur! Jarima zarbasini o‘zbekistonlik futbolchining o‘zi amalga oshirdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni "Energetik" futbolchisi bosh bilan Yaxshiboyevga uzatdi. Himyurtimiz bir himoyachini aldab, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. "Rux" posboni oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi |
| 3' | ![]() |
Yaxshiboyev maydon markazida 3 futbolchi orasidan o‘tib ketishga urindi. Unga nisbatan fol ishlatildi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlanish arafasida. Uchrashuv oldidan Belarus davlat madhiyasi jonli ijro etildi. |
| ' | ![]() |
Mehmonlar a’zosi Jasur Yaxshiboyev bugun bahsni ham asosiy tarkibda boshlaydigan bo‘lsa, Shahboz Umarov esa zaxirada qoldirildi. |
| ' | ![]() |
Belarus chempionatining 2-turiga start berildi. "Energetik-BGU" klubi bugun Brestning "Rux" klubi mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuv 1 soatdan keyin — Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Kim o‘ylabdi deysiz, Belarus chempionati ayni paytga kelib ko‘pgina davlatlar o‘z e’tiborini qaratadigan Ligaga aylanib qolishini?! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|