Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Belarus chempionati, 5-tur

16 aprel. soat 19:30

ENERGETIK-BGU

0 : 1

GORODEYa

Sorokin (35)
JAMOALAR TARKIBI
44.Denis Sadovskiy
02.Aleksey Nosko
03.Junior Atemeng
04.Artem Shkurdyuk
05.Daniil Miroshnikov
06.Artem Sokol
07.Jasurbek Yaxshiboyev
09.Evgeniy Yudchis
10.Jeremi Mavatu
18.Ayk Musaxanyan
22.Devid Tve
  01.Igor Dovgyallo
04.Semen Shestilovskiy
08.Sergey Usenya
11.Andrey Sorokin
12.Milan Yoksimovich
14.Denis Yaskovich
15.Sergey Arxipov
16.Kirill Pavlyuchek
27.Stanislav Sazonovich
28.Lazar Saychich
72.Aleksandr A. Poznyak

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Energetik-BGU" - "Gorodeya" - 0:1. Mehmonlarning yagona qarshi hujumi ularga 3 ochko keltirdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Noskoning uzatmasidan keyin Umarovni to‘pni qabul qildi, darhol zarba bermadi. Qulay vaziyatga chiqishga urindi, ammo imkoniyatni qo‘ldan chiqardi
87'
"Gorodeya"da o‘zgarish: Gol muallifi Sorokin o‘rniga Ignatenko tushirildi
86'
Umarov darvoza tomon yaqinlashayotgan jamoadoshiga uzatma berdi. Ammo markaziy himoyachi to‘pni egallab oldi
83'
"Talabalar" hujumda hech narsa qila olishmayapti
82'
Tve jarima maydoni ichidagi Umarovga uzatma berdi. Shahboz zarba berishga ulgurmadi.
78'
Vuuuh! "Gorodeya" ikkinchi golni urishiga bir baxya qoldi. Yaqin masofadan berilgan zarbani mezbonlar darvozaboni qaytarib qoldi
75'
Umarov faol o‘ynashga intilmoqda. Ammo jamoadoshlari hozircha uni qulay vaziyatga chiqara olishmayapti. Agar Yaxshiboyev maydonda bo‘lganida, ular yaxshi juftlik hosil qilishardi
70'
"Gorodeya" butun jamoa bo‘lib himoyalanmoqda. "Energetik" esa ularning mudofaasini yorib o‘ta olmayapti
69'
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani "Gorodeya" darvozaboni osonlik bilan egallab oldi
68'
Umarovning zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi
66'
Tve jarima maydoni yarim aylanasi chizig‘i ustidan aniq zarba yo‘lladi. "Gorodeya" darvozaboni to‘pni egallab oldi
63'
"Gorodeya"da ham o‘zgarish bo‘ldi
60'
"Energetik-BGU"da o‘zgarish: Musaxanyan o‘rniga Sovpel tushdi
57'
Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Samarasiz
53'
Mezbonlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi
51'
Umarov burchak zarbasi ishladi
49'
Shuhbozdan gol kutib qolamiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida Yaxshiboyev o‘rniga Shahboz Umarov tushirildi. Jasurning jarohati unga o‘yinni davom ettirishga xalal berdi shekilli
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Energetik-BGU" - "Gorodeya" - 1:0. Tanaffus
45+1'
Yaxshiboyev olis masofadan belgilangan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Mezbonlar ko‘p hujum tashkil qilmoqda. Ammo ish aniq zarbagacha yetib bormayapti
35'
GOOOL! "Gorodeya" hisobni ochdi. Mehmonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Sorokin kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi
34'
Jasurga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatiladi
33'
Yaxshiboyevga nisbatan fol ishlatildi. Jasur maydonda yotibdi. Jarohat oldi shekilli
33'
Yaxshiboyevning tomon bilan bergan pasidan keyin Nosko chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
28'
Yaxshiboyevdan uzatma qabul qilgan Tve jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
27'
"Energetik"ning navbatdagi hujumi samarali chiqmadi. Jarima maydoni tomon uzatilayotgan uzatmalar negadir Yaxshiboyevgacha aniq yetib bormayapti
25'
To‘p asosan maydon markazida
21'
Yaxshiboyev burchakdan uzatma berdi. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Ammo darvozabon to‘pni egallab oldi
18'
Mehmonlar futbolchisining zarbasi xavfli bo‘ldi, ammo biroz noaniq
17'
Mavatu chap qanotdan "Gorodeya" jarima maydoni ichiga uzatma berdi. Hujumda fol ishlatildi
10'
"Talabalar" futbolchisi Tve jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
8'
Jasur ketma-ket 2 marta burchakdan uzatma berdi. "Gorodeya" mudofaa vakillari yaxshi himoyalanishmoqda
7'
Yaxshiboyev chap qanotdan Yaxshiboyev raqib jarima maydoniga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
4'
Burchakdan to‘pni Yaxshiboyev emas, Tve yetkazib berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
3'
"Energetik" futbolchisi olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Belarus chempionatining 5-turi doirasida «Energetik-BGU» va «Gorodeya» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlandi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.