Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Germaniya Bundesligasi
| 29-tur. 26 may 2020 yil. soat 21:30 | ||
BORUSSIYa D. |
0 : 1 |
BAVARIYaYosua Kimmix (43)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Roman Byurki (D) 05.Ashraf Hakimiy 15.Mats Xummels 06.Tomas Dileyni 26.Lukash Pishchek 13.Rafael Gerreyru 16.Manuel Akanji 19.Yulian Brandt 23.Torgan Azar 08.Mahmud Doxud 17.Erling Xoland |
01.Manuel Noyer (D) 32.Yosua Kimmix 17.Jerom Boateng 27.David Alaba 05.Benjamin Pavar 18.Leon Goreska 22.Cerj Gnabri 19.Alfonso Deyvis 25.Tomas Myuller 09.Robert Levandovski 29.Kingsli Koman |
|
| ZAHIRA | ||
|
35.Marvin Xits (D) 18.Leonardo Balerdi 22.Matey Morey 27.Emre Jan 29.Marsel Shmelser 28.Aksel Vitsel 07.Jeydon Sancho 32.Jovanni Reyna 10.Mario Gyotse |
26.Sven Ulrayx (D) 33.Lukas Mai 02.Alvaro Odriosola 21.Lukas Ernandes 34.Oliver Meyer 14.Ivan Perishich 11.Mikael Kuizans 08.Xavi Martines 35.Joshua Zirkii |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xummels (13)
Mahmud Dovud (67) |
Tomas Myuller (66)
Alfonso Devis (74) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Bavariya" g‘alaba qozonib, 2-o‘rindagi "Borussiya"dan 7 ochko oldinga o‘tib ketdi |
| 90' | ![]() |
Uch daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Myullerda ajoyib imkoniyat bor edi. Ammo Tomasning jarima maydoni ichidagi zarbasi qovushmadi |
| 87' | ![]() |
"Bavariya"da o‘zgarish: Gnabri o‘rniga Xavi Martines tushirildi |
| 85' | ![]() |
"Borussiya"da ham o‘zgarish: Dovud o‘rniga Aksel Vitsel tushirildi |
| 85' | ![]() |
"Bavariya"da o‘zgarish: Boateng o‘rniga Lukas Ernandes tushirildi |
| 83' | ![]() |
Vuuuuuh! Levandovski jarima maydoni yarim aylanasi ichidan zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib qaytdi! |
| 80' | ![]() |
Vuuuuuh! Dovud o‘ta xavfli zarba yo‘lladi. Noyer qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi |
| 80' | ![]() |
"Borussiya"da o‘zgarish: Pishchek o‘rniga Mario Gyotse tushirildi |
| 77' | ![]() |
Emre Jan tomonidan berilgan ajoyib uzatma natijasida Torgan Azar 5 metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Boz ustiga, belgiyalik futbolchi ofsaydda qolgan ekan |
| 75' | ![]() |
Gerreyru jarimadan aniq zarba yo‘lladi. Noyer o‘z o‘rnida |
| 74' | ![]() |
Alfonso Devis ogohlantirish oldi |
| 73' | ![]() |
"Bavariya"da o‘zgarish: Koman o‘rniga Ivan Perishich tushirildi |
| 72' | ![]() |
"Borussiya"da o‘zgarish: Xoland o‘rniga Jovanni Reyna tushirildi |
| 71' | ![]() |
Dortmundliklarda yaxshi hujum. Sancho chap qanotdan jarima maydoniga kirayotgan Xolandga uzatma berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 67' | ![]() |
Mahmud Dovud sariq kartochka oldi |
| 66' | ![]() |
Tomas Myuller ogohlantirildi |
| 64' | ![]() |
Kimmix olis masofadan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi |
| 62' | ![]() |
Dortmund burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 58' | ![]() |
Vuuuuh! Xolandda ajoyib imkoniyat! Uning zarbasidan keyin to‘p yerda yotgan Boatengning tirsagiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi. Erling 7-8 metrlardan zarba yo‘llagandi |
| 54' | ![]() |
Goreskaning zarbasi xavfli bo‘ldi. Byurki qo‘lining uchi bilan to‘pni qaytarib oldi |
| 53' | ![]() |
Koman o‘ng qanotdan "Borussiya" jarima maydoniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 49' | ![]() |
Mahmud Dovud olis masofadan kuchli va aniq zarba berdi. Noyer to‘pni egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Koman o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan narigi qanotga o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
"Bavariya" burchak zarbasini amalga oshirdi. Samarasiz |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Borussiya"da o‘zgarish ro‘y berdi. Maydonga Emre Jan va Jeydon Sancho tushirildi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Borussiya" - "Bavariya" - 0:1. Tanaffus |
| 43' | ![]() |
GOOOOOL! Yosua Kimmix! Futbolchi jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qildi va parashyut zarba berdi. To‘p darvozabonning ustidan oshib o‘tib, Byurkining qo‘llariga tegib, to‘rga borib tushdi |
| 40' | ![]() |
Vuuuh! Leon Goretska olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Byurki zarbani qaytardi |
| 39' | ![]() |
To‘p nazorati yana myunxenliklar tomoniga o‘tdi |
| 35' | ![]() |
Maydon egalari imkoniyatdan foydalana olishmadi. Brandt sheriklariga qulay uzatma bera olmadi |
| 33' | ![]() |
Vuuuh! Xoland bir himoyachini aldab, jarima maydoniga kirdi va zarba bermoqchi bo‘lganida ikkinchi himoyachi ortdan yetib kelib, xavfni bartaraf etdi |
| 30' | ![]() |
So‘nggi 5 daqiqada mezbonlarning qarshi hujumlari xavfliroq chiqmoqda. Ularga so‘nggi zarbani aniq yo‘llaydigan futbolchi yetishmayapti |
| 29' | ![]() |
Dortmundliklar 2ta hujum tashkil qilishdi. Xoland ikki marta zarba berishga urindi. Ammo har safar samarali chiqmadi |
| 26' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi qarshi hujum tashkil qilishdi. Ammo ular imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 24' | ![]() |
Vuuh! Koman jarima maydoniga kira solib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Byurki qiyinchilik bilan qaytardi |
| 22' | ![]() |
Ustunlik myunxenliklar tomoniga o‘tdi. "Borussiya" himoyalanmoqda |
| 19' | ![]() |
Vuuuh! "Bavariya" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Gnabrining zarbasidan keyin chiziq ustida turgan himoyachi to‘pni qaytarib qoldi! |
| 19' | ![]() |
Myuller o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga yerlatib uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 16' | ![]() |
"Bavariya" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi. Ammo yakunda to‘pni mezbonlar posboni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Xummels ogohlantirildi |
| 12' | ![]() |
Noyer yana to‘pga chiqishda xato qildi. Bu safar ham maydon egalari bunday foydalana olishmadi |
| 11' | ![]() |
Vuh! Kimmix yuqoridan mezbonlar jarima maydoni tomon uzatma berdi. Myuller biroz to‘pga yeta olmadi. Darvozabon esa to‘pni egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Levandovski olisdan yetkazilgan uzatmani qabul qilib, 15 metrlardan darvoza tomon tepdi. Byurki to‘pni egalladi |
| 10' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi, hattoki gol urishdi, ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi |
| 8' | ![]() |
Dortmund ijrosidagi burchak zarbasi samarali chiqmadi |
| 7' | ![]() |
"Borussiya" yaxshi hujum tashkil qildi. Xoland o‘ng tomondan jarima maydoniga kirib borib, uzatma berdi. Ammo to‘p Devisdan maydonni tark etdi |
| 5' | ![]() |
"Bavariya"ning hujumi. Levandovskining zarbasini Xummels qaytardi |
| 4' | ![]() |
Brandt o‘tkir burchak ostida kuchli va aniq zarba berdi. Noyer to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Vuuuuh! Dortmund hisobni ochishga juda yaqin keldi. Noyer o‘z jarima maydonini tark etib, to‘pni uzoqlashtirishga urindi. Ammo to‘pni Xoland egallab olib, raqib jarima maydoniga kirdi va "Bavariya" posbonining oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazdi. Ammo darvoza chizig‘i ustida turgan myunxenliklar himoyachisi muqarrar goldan qutqardi! |
| 1' | ![]() |
To‘pni o‘yinga "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland kiritib berdi. Boshladik |
| ' | ![]() |
Diqqat jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ular maydon markazida aylana bo‘ylab joylashib, 1 daqiqa sukut saqlashmoqda |
| ' | ![]() |
Dortmundda «Borussiya» klubi «Bavariya»ni qabul qilmoqda. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi farq hozirda 4 ochkoni tashkil qilmoqda. Shu bois, bugungi to‘qnashuvga "yil jangi" maqomini berish mumkin. Dortmundliklar g‘alaba qozonishsa, chempionlik uchun kurash keskinlashadi. Mobodo, myunxenliklarning qo‘li baland kelsa, amalda chempionlik masalasi hal bo‘ladi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Birozdan keyin bizni Germaniya klasikosi — "Der Klassiker" kutib turibdi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|