Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 28-tur

2020 yil 14 iyun. soat 01:00

MALYORKA

0 : 4

BARSELONA

Arturo Vidal (2)
Martin Bretueyt (37)
Xordi Alba (79)
Lionel Messi (90+3)
JAMOALAR TARKIBI
01.Manolo Reyna (D)
21.Antonio Railyo
24.Martin Valyent
02.Xoan Sastre
06.Marks Pedrasa
14.Dani Rodriges
07.Alexandro Poso
26.Takefusa Kubo
08.Salva Sevilya
22.Ante Budimir
29.Xuan Ernandes
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
33.Ronald Arauxo
22.Arturo Vidal
05.Serxio Buskets
21.Frenki de Yong
20.Serxi Roberto
17.Antuan Grizmann
19.Martin Bretueyt
10.Lionel Messi
ZAHIRA
25.Mikel Parera (D)
15.Fran Games
05.Xisko Kampos
04.Xosep SenYE
23.Aletsh Febas
12.Iddrisu Baba
16.Yannis Salibur
19.Pablo Chavarriya
17.Aleksandar Traykovski
11.Junior Lago
09.Abdon Bastides
20.Aleksandar Sedlar
  13.Neto (D)
26.Inyaki Penya (D)
23.Samuel Umtiti
02.Nelson Semedu
28.Richard Puch
30.Aleks Kollado
04.Ivan Rakitich
08.Artur
31.Ansuman Fati
09.Luis Suares
SARIQ KARTOCHKA
 
Arturo Vidal (42)
Alba (73)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Malyorka" - "Barselona" - 0:4.
90+4'
GOOOOOL! Lionel Messi, 0:4! Argentinalik futbolchi jarima maydoniga kirdi, himoyachilarni chalg‘itdi va o‘ng oyoqda darvozani zabt etdi. Rekoshet ham yordam beribdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Oho! Junior Lago to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘riladi va o‘tkir burchak ostida olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
86'
Dani Rodriges ogohlantirildi
84'
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. Alba o‘rniga Firpo, de Yong o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi
82'
Suares darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va noaniq zarba berdi. Ammo u ofsaydda qolgan ekan
79'
GOOOOOOL! Xordi Alba, 0:3! Chap qanot himoyachisi Messi tomonidan berilgan uzatmadan keyin yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi
'
Salqinlanish uchun tanaffus. Qoidaga ko‘ra, bu tanaffus 90 soniyadan 180 soniyagacha davom etadi
76'
Poso olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
75'
O‘yin tempi tushgandek taassurot uyg‘otmoqda
73'
Alba ogohlantirildi
71'
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Buskets va Serxi Roberto o‘rniga Artur va Semedu tushirildi
70'
"Malyorka" yana bir marta golga yaqin keldi. Ter Shtegen to‘p chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
66'
"Barselona"ning xavfli hujumi. Himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
60'
Vuuuh! Arauxo gol urishiga bir baxya qoldi. Messining pasidan keyin Suares tovoni bilan zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi. Arauxoning zarbasidan keyin esa to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi
58'
Vuuuuh! Qanday qilib? Messining uzatmasidan keyin Martin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p posbonning oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi
57'
Jamoalarda o‘zgarish ro‘y berdi. "Barsa" safida Grizmann o‘rniga Luis Suares tushirildi
55'
Bugun Takefusa Kubo ancha faol o‘ynamoqda. Hozir u burchak zarbasi ishladi
50'
"Malyorka" burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo samarasiz
48'
Vuuuuh! "Malyorka" ikkinchi bo‘limdagi ilk hujumdayoq gol urishiga oz qoldi. Budimir 16 metrdan yo‘llagan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Malyorka" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus
45+4'
Messi jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydoniga kirdi, ammo to‘pni darvozabon egallab oldi
45+2'
Vuuh! Messi bir futbolchini chiroyli aldab, jarima maydoniga kirib bordi. Yordamga kelgan boshqa himoyachi xavfni bartaraf etdi
45+1'
Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Budimir bosh bilan zarba berdi. Noaniq
45'
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
42'
Arturo Vidal sariq kartochka oldi
37'
GOOOOOL! Martin Bretueyt, 0:2! Messi jamoadoshiga bosh bilan uzatma berdi.
32'
Salqinlanish uchun tanaffus berildi. Futbolchilar suv ichib, tomoq xo‘llab olishmoqda
32'
Vuuuuh! Yaponiyalik Kubo jonli devorning ostidan to‘pni o‘tkazib zarba berdi. Ter Shtegen buni kutmagandi, ammo to‘p darvozabonning o‘ziga bordi
30'
"Malyorka" shundoqqina jarima maydoni yarim aylanasi chizig‘i oldidan jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi
28'
Kubo jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berdi. Mark-Andre o‘z o‘rnida
27'
Mehmonlar xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qilishmoqda. Oldinga o‘tishga shoshilishmayapti
22'
Mezbonlar burchak zarbasidan samarali foydalana olishmadi
22'
Vuuuuh! Kubo jarima maydoni tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen qutqardi
19'
Vidal maydon markazidan uzatma berib, oldinga o‘tayotgan Messini to‘p bilan ta’minlashga urindi. Uzatma tez bo‘lib ketdi
16'
Kubo burchak zarbasi ishladi
15'
To‘la ustunlik "Barsa" tomonida. "Malyorka" maydon markazidan o‘ta olmayapti hisob
12'
Kataloniyaliklarda yana bir vaziyat. Grizmanning pasidan keyin Messi zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilib ketdi
11'
"Barselona" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Robertoning uzatmasidan keyin Messi 12 metrlardan biroz noaniq zarba berdi
9'
Kubo o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, "Barsa" jarima maydoniga uzatma berdi. Ammo to‘p himoyachidan o‘tmadi
7'
Vuuuh! O‘ng qanotdan Serxi Roberto yetkazgan uzatma natijasida to‘p Bretueytgna yetib bordi. Uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
6'
To‘p nazorati to‘laligicha mehmonlar tomonida
3'
Kataloniyaliklar ijrosida yana bir hujum. Himoyachilar bu safar yuqoridan berilgan uzatmani qaytarishdi
2'
GOOOOOOL! Arturo Vidal, 0:1! "Barselona" juda tezkor gol urdi. Qanotdan Alba yetkazgan to‘pni chililik futbolchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barsa" futbolchilari kiritib berishdi
'
Diqqat, jamoalar yonma-yon emas, oldinma-ketin maydonga chiqib kelishmoqda
'
Tarkib borasida "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi ba’zi kutilmagan qarorlarga kelgan. Markaziy himoyaga "Barsa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 21 yoshli Ronald Arauxoni qo‘ydi. Shuningdek, hujumda Luis Suares emas, boshlang‘ich tarkibda Martin Breytueyt o‘ynaydi. Bundan tashqari, maydon markazi Ivan Rakitich yoki Artur emas, Arturo Vidalning tushirilishi kutilmagan qaror bo‘ldi
'
Assalomu alaykum, qadrli ispan futbolini sog‘ingan hamyurtlar. "Barselona" bugun safarda "Malyorka" klubi mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani boshladik
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.