Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 29-tur

19 iyun. soat 01:00

REAL MADRID

Karim Benzema (61, 86)
Marko Asensio (74)

3 : 0

VALENSIYa

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
04.Serxio Ramos
02.Daniel Karvaxal
05.Rafayel Varan
23.Ferlan Mendi
07.Eden Azar
10.Luka Modrich
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
15.Federiko Valverde
09.Karim Benzema
  13.Yasper Sillessen (D)
04.Elyakim Mangalya
14.Xose Gayya
33.Ugo Jillamon
06.Jofrey Kondogbiya
08.Karlos Soler
18.Daniel Vass
20.Ferran Torres
10.Daniel Parexo
22.Maksimiliano Gomez
19.Rodrigo
ZAHIRA
01.Alfons Areola (D)
26.Diyego Altube (D)
03.Eder Militao
25.Vinisius Junior
12.Marselo
39.Xavi Ernandes
21.Braim Dias
16.Xames Rodriges
20.Marko Asensio
27.Rodrigo
11.Garet Beyl
  01.Xaume Domenek (D)
12.Muktar Diaxabi
25.Alessandro Florensi
03.Xaume Kosta
02.Tyerri Korreyya
16.Kan In Li
17.Fransis Koklen
11.Denis Cherishev
07.Gonsalo Guyedesh
23.Ruben Sobrino
15.Manu Valleyo
09.Kevin Gameyro
QIZIL KARTOCHKA
 
Kan In Li (89)

Matn

90+4'
Uchrashuv yakunlandi. "Real Madrid" - "Valensiya" - 3:0.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"Valensiya" futbolchisi Kan In Li maydondan chetlatildi. Ramosning oyog‘iga ochiqchasiga tepgani uchun
86'
Oho-ho-ho-ho! Benzemadan superGOL! Asensioning uzatmasidan keyin Karim to‘pni jarima maydoni ichida qabul qildi, chiroyli tarzda o‘ziga bo‘ysundirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi!
85'
Kroos jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. Silessen to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
82'
Vuuuush! Kroosning uzatmasidan keyin Vinisius yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan pallada sherigiga uzatma berishga qaror qildi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
82'
"Real"da o‘zgarish: Azar o‘rniga Vinisius tushdi
79'
Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Benzema to‘pni egallab oldi
74'
GOOOOOOL! Marko Asensio, 2:0! To‘pga ilk teginishdayoq darvozani ishg‘ol qildi futbolchi! "Madrid" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Narigi qanotga o‘tib ketgan to‘pni egallagan Mendi bir himoyachini aldab o‘tdi va sherigiga uzatma berdi. Asensio 10 metrlardan darvozani zabt etdi
73'
"Real"da o‘zgarish: Valverde o‘rniga Marko Asensio tushirildi
70'
Mendi chap qanotdan yetkazgan to‘pni Silessen egallab oldi
69'
"Valensiya"da o‘zgarish: Soler o‘rniga Cherishev, Parexo o‘rniga Koklen tushiildi.
65'
Oho! Modrich jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda xavfli zarba berdi. Silessen to‘pni maydon tashqariga chiqarib yubordi
63'
Benzemaning uzatmasidan keyin Azar darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Ammo belgiyalik futbolchi 11 metrli nuqta ustidan noaniq zarba berib yubordi
61'
GOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Gameyro maydon markazida to‘pni sherigiga emas, Azarga berib qo‘ydi. Ushbu hujumni madridliklar gol bilan yakunlashdi
59'
"Valensiya"da ikkita o‘zgarish: Torres o‘rniga Gedesh, Gomes o‘rniga Gameyro tushirildi
58'
"Valensiya" futbolchilari maydon markazida to‘pni yo‘qotishi oqibatida madridliklar tezkor hujum tashkil qilishdi. Valverde 22 metrlardan aniq zarba berdi. Silessen ishonchli harakat qildi
57'
Valverde o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
54'
Rodrigo chap qanotdan yetkazgan uzatmani Kurtua osonlik bilan egalladi
52'
Azar o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. U joyda madridliklardan hech kim yo‘q edi
51'
"Real" bosim uyushtirishga harakat qilmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+6'
Birinchi bo‘lim yakunlandi — 0:0
45+5'
"Real" yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Azarning uzatmasidan keyin Benzema darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochishga urindi. So‘nggi pallada himoyachi xalal berib qoldi
45+3'
"Real"dan yana bir burchak zarbasi. Azar jarima maydoni chizig‘i oldida to‘pni qabul qildi va aniq zarba yo‘lladi. Yasper bugun yaxshi o‘ynamoqda
45+1'
"Valensiya"da imkoniyat. Ferran Torres shundoqqina jarima maydoni chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Karvaxal to‘p yo‘liga o‘zini tashladi
45'
Birinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
45'
"Real" burchak zarbasini amalga oshirdi. Kazemiro bosh bilan zarba berdi. Silessen to‘pni egallab oldi
44'
Vuuh! Kondogbiya olis masofadan juda kuchli zarba yo‘lladi. Kurtuadan seyv!
41'
Kazemironing uzatmasini Silessen egallab oldi
40'
To‘p asosan maydon markazida...
33'
Cooling break. Futbolchilar tomoq ho‘llab olishmoqda
33'
"Real" o‘yindagi birinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ish zarbagacha yetib bormadi
32'
Mezbonlar dastlabki 20 daqiqada himoyada yo‘l qo‘ygan xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqardi shekilli, hozir bexato o‘ynay boshladi. To‘pni yaxshi nazorat qilmoqda
29'
Vuuuh! Karvaxal kutilmaganda ikki himoyachi orasidan ajoyib tarzda o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Silessen oyog‘i bilan xavfni bartaraf etdi
27'
"Valensiya" burchak zarbasini amalga oshirdi. Ramos bosh bilan qaytardi
25'
Ha, to‘pni o‘tkazib yuborgan futbolchi ofsaydda edi, ammo u to‘pga tegmagan edi. Shuning uchun golning bekor qilinishi biroz bahsli bo‘ldi
24'
YO‘Q! Gol inobatga olinmadi
'
Vaziyatni VAR o‘rganmoqda. Ofsayd bormi yoki yo‘q? Kutamiz
21'
GOOOOOL! "Valensiya" hisobni ochdi. Rodrigo kutilmaganda jarima maydoni ichida paydo bo‘ldi va darvozani ishg‘ol qildi
17'
O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Kurtua egalladi
17'
Azar jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Silessan ishonchli o‘ynamoqda
14'
VUUUUUUH! "Valensiya" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Mehmonlar maydon markazini ajoyib kesib o‘tishdi. Rodrigo yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay Kurtuaning barmoqlariga ham tegdi shekilli...
12'
Kroos olis masofadan aniq zarba berdi. Yana Silessen o‘z o‘rnida
12'
"Real" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Benzemaning uzatmasidan keyin Azar jarima maydoniga kirdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba yo‘lladi. Yasper oyoqlari bilan to‘pni qaytardi
11'
Xavfli zarba. Benzema chap qanotdan jarima maydoniga kirdi va orqaroqda ochilgan Kroos uzatma berdi. Toni to‘xtatmasdan zarba berdi. Silessen to‘pni qaytardi
10'
Karvaxal o‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmani Silessen egallab oldi
8'
Benzema tomon yuqoridan uzatma berildi. Karim to‘pga yeta olmadi
6'
"Valensiya" qarshi hujumga o‘tayotgan edi. Kazemiro qanotda fol ishlatdi
4'
Kazemiro olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Silessen o‘z o‘rnida. To‘pni egalladi
4'
"Real" kutilganidek to‘pni nazorat qilmoqda. "Valensiya" xotirjamlik bilan himoyalanmoqda
1'
KARVAXAL maydonda. Hammasi joyida. U jarohat olmagan. Davom etamiz
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Valensiya" kiritib berdi
'
An’anaga ko‘ra, bir daqiqalik sukut...
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Real" oq, "Valensiya" och ko‘k rangli formada harakat qilishadi
'
Kutilmagan yangilik. Dani Karvaxal o‘yindan oldingi mashg‘ulotda jarohat olibdi. Uning o‘rniga maydonga Marselo tushiriladi
'
"Eybar"ga qarshi bo‘lgan o‘yin bilan taqqoslaganda, Zidan tarkibida 2ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Marselo o‘rniga Mendi, Rodrigo o‘rniga Valverde boshlang‘ich tarkibga kiritildi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 29-turiga yakun yasab beruvchi markaziy o‘yin 30 daqiqadan keyin boshlanadi. "Real"ni restartdan keyingi ikkinchi "final" kutib turibdi. Bugun Madridda "Valensiya" klubi mehmon bo‘lmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.