Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 30-tur

2020 yil 20 iyun. soat 01:00

SEVILYa

0 : 0

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
01.Tomash Vaslik (D)
20.Diyego Karlos
23.Regilon
12.Yules Kounde
25.Fernando
16.Xesus Navas
05.Lukas Okampos
21.Oliver Torres
24.Joan Jordan
19.Lyuk De Yong
11.Munir el-Haddodiy
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
15.Kleman Lengle
02.Nelson Semedu
22.Arturo Vidal
05.Serxio Buskets
04.Ivan Rakitich
19.Martin Breytueyt
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
ZAHIRA
13.Yassin Bunu (D)
03.Serxio Gomes
18.Serxio Eskudero
36.Jenaro Rodrigez
22.Franko Vaskes
26.Xose Mena
17.Nemanya Gudel
07.Roni Lopes
10.Ever Banega
15.Yussef En-Nesiri
14.Suso
  13.Neto (D)
26.Ignasio Penya (D)
24.Junior Firpo
33.Ronald Arauxo
28.Richard Puch
42.Monchu
30.Aleks Kolyado
08.Artur
17.Antuan Grizmann
31.Anssuman Fati
SARIQ KARTOCHKA
Regilon (26)
Banega (62)
 
Jerar Pike (39)
Serxio Buskets (45+3)

Matn

90+6'
Uchrashuv tugadi. "Barselona" ochko yo‘qotdi. "Real" bilan oradagi farq 3taga yetdi. "Madrid" ushbu turda "Real Sosyedad"ni mag‘lub etsa, o‘zaro o‘yniga ko‘ra 1-o‘ringa ko‘tariladi
90+6'
"Barsa" burchak zarbasi ishladi. So‘nggi imkoniyat
90+4'
Mehmonlar bu standartdan ham foydalana olishmadi
90+3'
Arturga nisbatan fol ishlatildi. Jarima maydonining o‘ng tomonida
90+1'
Vuuuuh! Regilon! 5 metrdan kuchli zarba bera olmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
89'
Langle jarohat oldi. En-Nesiriy bilan bosh bilan to‘qnashib ketdi
88'
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Riki Puch tushirildi
88'
Alba ajoyib pas bilan raqib jarima maydoni ichidagi Suaresni ta’minladi. Luisning zarbasiga aniqlik yetishmadi
86'
"Barselona" burchak zarbasini tepdi. Himoyachilar ikkinchi qavatda ustunlik qilishmoqda
84'
"Sevilya"da o‘zgarish: Okampos o‘rniga Franko Vaskes tushirildi
83'
Okampos "Barsa" jarima maydoniga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
81'
Messi jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. Biroz noaniq bo‘ldi
81'
Grizmanning uzatmasidan keyin Suares to‘pga yeta olmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
80'
Messi ketma-ket ikki marta burchak zarbasini tepdi. Darvozabon to‘pni egalladi
77'
"Barselona"da o‘zgarish: Vidal o‘rniga Antuan Grizmann tushirildi. Shu bilan birga suv ichib olish uchun tanaffus berildi
76'
Ehh, "Sevilya" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Okampos aniq uzatma bera olganida, ikki sherigi Ter Shtegen bilan yuzma-yuz vaziyatda qolardi. Ammo Langle ajoyib harakat qildi
76'
Messi burchak zarbasini amalga oshirdi. Suares jamoadoshlari bosh bilan pas berdi. Ammo himoyachilar to‘pni egalladi
73'
Messi jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. Naq to‘qqizlikka kirayotgan to‘pni Vaslik yuqoriga urib yubordi
72'
Messi-Alba-Messi kombinasiyasidan keyin Leoning zarba berishiga himoyachi xalal berib qoldi
71'
Semedu o‘z qanotdan havolatib uzatma berdi. Vidal bosh bilan zarba berishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi
68'
"Sevilya"da ikkita o‘zgarish: De Yong o‘rniga Yusuf en-Nesiriy, Jordan o‘rniga Gudel tushirildi
65'
O‘ng qanotdan uzatma berildi. Ammo Messi hujumda fol ishlatdi
63'
"Barselona"da o‘zgarish: Breytueyt o‘rniga Artur tushirildi
62'
Banega sariq kartochka oldi
61'
Okampos jarima maydoni burchagidan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
59'
"Sevilya"da o‘zgarish: Munir o‘rniga Suso tushdi
58'
Albaning uzatmasidan keyin Suares raqib jarima maydoni ichida qabul qilib, zarba berdi. Himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
57'
Vuuuuh! Munir chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, kuchli zarba berdi. Ter Shtegen qaytargan to‘pni Pike vaziyatdan uzoqlashtirdi
55'
Vuuuuuh! Ter Shtegen "Barsa"ni qutqardi. Okampos jarima maydoniga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni germaniyalik posbon qaytardi
53'
"Barsa" ikkinchi bo‘limda tezlikni u qadar oshira olgani yo‘q.
46'
"Sevilya"da o‘zgarish bo‘ldi: Oliver Torres o‘rniga Ever Banega tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+5'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha - 0:0. Tanaffus
45+3'
Serxio Buskets sariq kartochka oldi.
45+3'
Suaresga nisbatan fol ishlatildi. Davrozagacha 25 metrlar masofa
45'
Birinchi taymga 3 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Messi br tepar uslubida Rakitichni oldinga chorladi. Ammo to‘pni Vaslik egallab oldi
42'
Andalusiyaliklarning hujumi. Jarima maydoniga yetkazilgan uzatmani Langle bosh bilan qaytardi
39'
Pike sariq kartochka oldi. Jerar Munirning oyog‘ini bosib oldi
38'
"Sevilya" 4-5 daqiqadan buyon to‘pni egallab turibdi
36'
"Sevilya" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
34'
Rakitich chap tomondan raqib jarima maydoni kirdi va yiqildi. Hakam jim. Penalti yo‘q
'
Suv ichish uchun tanaffus e’lon qilindi
26'
Regilon sariq kartochka oldi. U xavfli hujumga o‘tayotgan Messini yiqitdi
25'
Qanotdan yetkazilgan uzatmani egallash paytida Vaslik to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi. Takroriy hujum paytida Rakitich 23 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
23'
Leoning bu galgi zarbasini Vaslik egallab oldi
23'
Messi uchun yana bir imkoniyat. Bu safar Vidalga nisbatan qoidabuzarlik ishlatildi
21'
Vuuuh! Messining jarimadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Kounde bosh bilan yuqoriga ko‘tarib yubordi
20'
Shundoqqina jarima maydoni chizig‘i yonida Messiga nisbatan fol ishlatildi
19'
Jamoalar hujumga o‘tish paytida ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishmoqda
13'
Messi o‘z qanotida belgilangan jarima zarbasini tepdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
11'
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Kounde to‘pni egalladiyu, 15 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi
10'
Vidal qanotda fol ishlatdi. "Sevilya" standartdan foydalanishga urinib ko‘radi
7'
"Ko‘k-anorranglilar" qarshi hujumga o‘tdi. Ammo himoyachi so‘nggi pallada xavfni bartaraf etdi
6'
To‘p nazorati kataloniyaliklar tomonida.
3'
Suares jarima maydoni ostonasida to‘pni egalladi va chap oyoqda zarba berdi. Vaslik to‘pni egalladi
1'
Uchrashuvga start berildi. To‘pni o‘yinga Luis Suares kiritib berdi. Boshladik
'
Uchrashuv boshlanish arafasida.
'
Jamoalar maydonga chiqishga tayyorlanishmoqda
'
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi restartdan keyingi uchinchi o‘yindirki tarkibda rotasiyani amalga oshirib kelmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniyada mavsum uzlusksiz taqvim asosida davom ettirilmoqda. 30-turning markaziy o‘yini Andalusiyadagi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo‘lib o‘tadi. "Sevilya" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qilmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" uchun restartdan keyingi uchinchi "final"
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.