Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 21-tur

2020 yil 27 iyun, soat 20:00

SELTA

Fyodor Smolov (50)
Yago Aspas (88)

2 : 2

BARSELONA

Luis Suares (20, 67)
JAMOALAR TARKIBI
13.Ruben Blanko (D)
04.Nestor Arayxo
20.Kevin Vaskez
16.Xorxe Sayens
18.Jozef Aidu
05.Okay Yukuslu
06.Denis Suares
23.Brais Mendes
29.Yakobo Gonzalez
09.Fyodor Smolov
10.Yago Aspas
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
23.Samuel Umtiti
02.Nelson Semedu
04.Ivan Rakitich
22.Arturo Vidal
28.Richard Puch
10.Lionel Messi
31.Ansuman Fati
09.Luis Suares
ZAHIRA
25.Ivan Vilyar (D)
40.Dragan Rosich (D)
21.Jeyson Murilyo
31.Xose Fontan
28.Serxio Bermexo
24.Pape Diop
14.Filip Bradarich
12.Rafinya
19.Gabriel Fernandez
03.Nolito
22.Santi Minya
07.Xuan Ernandes
  13.Neto (D)
26.Ignasio Penya (D)
15.Kleman Lengle
33.Ronald Araujo
43.Xorxe Kuenka
35.Daniel Morer
24.Xunior Firpo
08.Artur
42.Monchu
30.Aleks Kolyado
17.Antuan Grizmann
19.Martin Breytueyt

Matn

90+6'
O‘YIN TUGADI! "Selta" "Barselona"ni 2 ochkodan mahrum qildi. Vaholanki o‘yin so‘ngida 3 ochkodan ham mosuvo etishi mumkin edi!
90+4'
VUUUUUH! Ter Shtegen qutqardi! Chiziq ustida!
90+4'
Rakitich olis masofadan zarba berdi. To‘p mehmon futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Pike to‘pga biroz yeta olmadi
90'
Firpo raqib jarima maydoni tomon yaxshi reyd uyushtirdi va jarima zarbasi ishladi
89'
Aspas formasini yechgani uchun ogohlantirish oldi
88'
GOOOOOOL! Yago Aspaaaas! 2:2! Jarimadan ajoyib gol urdi. Ter Shtegen hech narsa qila olmadi
87'
Pike shundoqqina o‘z jarima maydoni ostonasida Rafinyaga nisbatan fol ishlatdi
86'
Santi Mina ofsaydda qoldi
86'
"Barsa"da o‘zgarish: Riki Puch o‘rniga Artur tushirilmoqda
85'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi
82'
Martin Breytueyt ogohlantirish oldi
81'
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. "Barselona"da Alba va Suares o‘rniga Firpo va Grizmann tushirildi
80'
Vuuuuuh! "Selta" juda chiroyli hujum tashkil qildi. Nolitoning zarbasidan keyin burchakka yo‘l olayotgan to‘pni ter Shtegen qaytarib qoldi!
78'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni darvozabon mushtlar bilan urib yubordi
77'
Salqinlanish uchun tanaffus
76'
Messi yo‘llagan zarbadan keyin to‘p jonli devordagilarga tegib, maydonni tark etdi
75'
Messiga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 22 metrlar masofa
68'
"Barselona"da o‘zgarish: Ansu Fati o‘rniga Martin Breytueyt tushirildi
67'
GOOOOOOL! Luis Suares, 1:2! Kataloniyaliklar hujum qilayotgan paytda to‘pni yo‘qotishgandi, ammo ular himoyachilardan olib qo‘yib, vaziyatni gol bilan yakunlashdi. Urugvaylik futbolchi ham qiyin vaziyatdan aniq zarba berdi. Darvoqe, bu golga assistent vazifasini Messi bajardi.
66'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
61'
Messi jarimadan yana Suaresga uzatma berdi. Luis biroz yeta olmadi
61'
Nestor Arauxo sariq kartochka oldi. U Suaresning futbolkasidan tortib qoldi
60'
"Selta"da birdaniga 3ta o‘zgarish bo‘ldi. Jumladan, gol muallifi Smolov maydonni tark etdi
54'
Messi jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab olib, jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
52'
Messi jarima maydoniga kirdi va Vidalga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytardi, ammo to‘p yana Messiga bordi. Leo bu safar noaniq zarba berdi
50'
GOOOOOL! Fyodor Smolov! "Selta" hisobni tenglashtirdi. Mezbonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, ajoyib qarshi hujum tashkil qilishdi va bundan unumli foydalanishdi
48'
Semedu jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Selta" - "Barselona" - 0:1. Tanaffus
45+2'
Vuuuuh! Messi burchakdan to‘pni darvoza tomon aylantirdi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni mushtlari bilan urib yubordi
45+2'
Semedu burchak zarbasi ishladi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Albaning uzatmasidan keyin Fati chap qanotdan jarima maydoniga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Ammo u yerda kataloniyaliklardan hech kim yo‘q edi
43'
Ehhhh, Aspas! Smolov bilan birga yolg‘iz Pikega qarshi ikkiga bir chiqib ketishdi. Ammo Yago sherigiga vaqtida pas bermadi. Bor-yo‘g‘i burchak to‘pi. Hisobni tenglashtirish ajoyib imkoniyat edi!
40'
Vuuuuuuuh! Messi pressingda faol qatnashib, to‘pni raqibdan olib qo‘ydi. Argentinalik futbolchi oldinga intildi va 16 metrlardan aniq zarba bera olmadi. Unga hech kim xalal bera olmayotgan edi
36'
Vuuuuuh! Fati! Messining ajoyib uzatmasidan keyin Ansuman to‘pni 11 metrli nuqta ustida qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilib ketdi
34'
Brais Mendes sariq kartochka oldi. Rakitichga nisbatan fol ishlatdi
33'
"Barselona"da yaxshi imkoniyat. Vidal jarima maydoni tashqarisidan uzatma berdi. Zarba noaniq bo‘ldi. To‘pga Suares ham yeta olmadi
30'
Salqinlanish uchun tanaffus. Tomoq ho‘llab olishadi futbolchilar
28'
O‘yin tengkurashlar ostida kechmoqda
24'
VUUUUUH! Bu safar "Barselona"ni darvoza ustuni goldan qutqardi! Ajoyib uzatma natijasida Aspas jarima maydoni ichida yakkama-yakka vaziyatda qoldi va zarba berdi. To‘p Mark-Andrening yelkasi orqali ustunga tegib qaytdi! So‘ngra Alba to‘pni tepib yubordi
22'
Vuuuuh! Ter Shtegen jarima maydoni tashqarisidagi raqib futbolchisiga to‘pni sovg‘a qildi. "Barsa" himoyachilari — Pike, Semedu va Albaning matonati sababli to‘p to‘rga borib tushmadi.
20'
GOOOOOOOL! Luis Suares! Messi barchani aldadi. U darvozaga zarba bermadi, aksincha qulay vaziyatda turgan jamoadoshiga uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi bosh bilan 4 metrdan darvozani zabt etdi
19'
Vigoliklar o‘z jarima maydonlari ostonasida Vidalga nisbatan fol ishlatishdi. Messi uchun yaxshi nuqta
17'
"Barsa" xavfli vaziyat yaratdi. Messining uzatmasidan keyin Semedu raqib jarima maydoni ichida paydo bo‘ldi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
15'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Messi jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
14'
Semedu o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
10'
Messi jarima maydoni tashqarisidan o‘z omadini sinab ko‘rdi, himoyachi to‘pni qaytardi
8'
"Barselona" safarda o‘ynayotganiga qaramay dastlabki daqiqalardanoq kuchli pressingni amalga oshirmoqda
7'
ZARBAA!! Smolovning kuchli zarbasi Semeduga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi
5'
VUUUH! Pikening bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi
1'
Diqqat, uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Luis Suares kiritib berdi.
'
Bugun Serxio Buskets "Barselona"ga yordam bermaydi. Uning o‘rnida Ivan Rakitich harakat qiladi. Shuningdek, "Atletik Bilbao"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytirishga muvaffaq bo‘lgan Puch va Fati bugunga uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 32-tur bahslari davom etadi. "Barselona" klubi Vigo shahrida "Selta" jamoasi mehmoni bo‘lmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.