Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2019/2020, 33-tur

2020 yil 1 iyul. soat 01:00

BARSELONA

Diyego Kosta (11-avtogol)
Lionel Messi (50-penalti)

2 : 2

ATLETIKO

Saul Niges (19-penalti, 62-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
02.Nelson Semedu
03.Jerar Pike
15.Kleman Lengle
04.Ivan Rakitich
22.Arturo Vidal
05.Serxio Buskets
28.Riki Puch
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
  13.Yan Oblak (D)
04.Santyago Arias
18.Felipe
02.Xose Ximenes
12.Renan Lodi
10.Anxel Korrea
21.Yannik Karrasko
05.Tomas Parti
14.Markos Lyorente
08.Saul
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
13.Neto (D)
26.Ignasio Penya (D)
24.Xunior Firpo
33.Ronald Arauxo
23.Samuel Umtiti
20.Serxi Roberto
08.Artur
30.Aleks Kolyado
42.Monchu
31.Ansuman Fati
17.Antuan Grizmann
19.Martin Bretueyt
  01.Adan (D)
42.Rikard Sanchez
23.Kiran Trippyer
22.Mario Ermoso
35.Manu Sanches
16.Ektor Errera
20.Vitolo
11.Toma Lemar
07.Juan Feliks
09.Alvaro Morata
17.Ivan Shaponich

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. "Barselona" - "Atletiko" - 2:2. "Real" chempionlikka juda yaqin turibdi!
90+4'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
90+4'
Toma Lemar ogohlantirildi. "Barsa" qanotdan jarima zarbasi tepadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
"Barsa"da o‘zgarish: Arturo Vidal o‘rniga Grizmann tushirildi
89'
Fati hujumda fol ishlatdi
87'
Madridliklarning hujumi. Himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarishdi
86'
Messi yana yuqoridan uzatma berdi. Vidal to‘pga yeta olmadi
85'
"Barselona"da o‘zgarish: Serxio Buskets o‘rniga Ansu Fati tushirildi
84'
"Atletiko"da 2ta o‘zgarish: Korrea va Karrasko maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Toma Lemar va Vitolo tushirildi
81'
Messi tomonidan jarimadan yetkazilgan uzatmani Buskets bosh bilan darvozaga to‘g‘rilashga harakat qildi. Ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
80'
Karrasko sariq kartochka oldi. U hakamga e’tiroz bildirdi
77'
"Atletiko"da o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Alvaro Morata tushirildi
76'
Suv ichish marosimi boshlandi
75'
Diyego Kosta sariq kartochka oldi
75'
Vuuuh! Alba chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Vidal bosh bilan zarba berba berdi. Noaniq
73'
Feliks jarima maydoni burchagidan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
71'
Vuuuuh! Vidalning 16 metrdan yo‘llagan zarbasiga birozgina aniqlik yetishmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
59'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Pike himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hakamdan penalti so‘ramoqda. Ammo hech narsa bo‘lgani yo‘q
68'
"Barsa" qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib keldi va burcha zarbasi ishladi.
67'
Messi tomonidan yetkazilgan uzatmani Oblak egallab oldi
63'
"Barselona"da o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Serxi Roberto tushirildi
62'
GOOOOOL! Saul Niges, 2:2! Ter Shtegen zarba yo‘nalishini topdi, to‘p uning qo‘liga tegib, to‘rga yumalab kirib ketdi
61'
PENALTI! "Barselona" darvozasiga! Karrasko raqib jarima maydoniga kirdi va uning oyog‘i ortdan kelayotgan Semeduning oyog‘iga tegib ketdi.
61'
Messi ogohlantirish oldi. U hakamga jahl qilib to‘pni tepib yubordi
57'
Messi jarima maydoniga kirayotgan Puchga uzatma berdi. Riki bir amallab to‘pga yetdiyu, ammo kuchli zarba bera olmadi. To‘pni Oblak egallab oldi
56'
Xavfli vaziyat! Arias o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Diyego Kosta bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
51'
Felipe sariq kartochka oldi. U Busketsga nisbatan xavfli harakat qildi
50'
GOOOOL! Messi penaltidan "Panenka" uslubida zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Leo faoliyatidagi 700-gol!
48'
PENALTI! "Atletiko" darvozasi tomon! Semeduga nisbatan fol ishlatildi
46'
Ikkinchi taym boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barsa" futbolchilari kiritib berishdi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha — 1:1. Tanaffus
45+4'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Langle to‘pni qaytarib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Messi tomonidan yetkazilgan uzatmani Diyego Kosta bosh bilan qaytardi
42'
Messi tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Boz ustiga, to‘p jonli devordagi futbolchining boshiga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi. Oblak bir amallab to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi
41'
Riki Puch jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 22 metrlar masofa
39'
Alba chap qanotdan uzatma berdi. Suares to‘pga yeta olmadi
35'
Saul sariq kartochka oldi. Messiga nisbatan fol uchun
31'
Tomoq ho‘llash uchun qisqa tanaffus
30'
"Ko‘k-anorranglilar" yaxshi hujum tashkil qilishdi. Busketsning uzatmasidan keyin Alba raqib jarima maydoni chap tomonida to‘pni qabul qildi va Messiga uzatma berdi. Lionelning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
27'
"Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda, ammo raqib mudofaasini yorib o‘ta olmayapti
22'
Vuuuuuh! Messi jarima maydoniga burchak tomondan kirdi va aylanma zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga yengil tegib, maydonni tark etdi
19'
GOOOOL! Saul Niges, 1:1! Penaltidan takroriy zarbani yarim himoyachi golga aylantirdi. Diyego Kosta bu safar jazm eta olmadi
18'
Hakam bilan tortishgani uchun Pike ham ogohlantirish oldi
17'
Mark-Andre ter Shtegenga sariq kartochka ko‘rsatildi
17'
Ammmo! VAR vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, qaytadan penalti tepilishini ko‘rsatdi. Ter Shtegen zarbadan oldin ikki oyog‘i bilan darvoza chizig‘ini tark etgan ekan.
16'
Vuuuuuuh! Ter Shtegen Diyego Kosta tomonidan yo‘llangan zarbani qaytardi!
15'
PENALTI! "Barselona" darvozasiga! Karrasko chap qanotdan avval Pikedan o‘tib ketdi, so‘ngra Vidal jarima maydoni ichida uni yiqitdi!
15'
To‘p nazorati kataloniyaliklar tomonida
11'
GOOOOOOOL! "Barselona" hisobni ochdi. Messi tomonidan burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Diyego Kostaning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi
11'
Messi o‘tkir burchak ostida yerlatib zarba berdi. Diyego Kosta to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
10'
To‘p Saulning qo‘liga tegdi. Jarima maydonining yon tomonidan jarima zarbasini Messi tepadi
8'
Rakitich raqib jarima maydoni tashqarisida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va 20 metrlardan kuchli zarba berdi. Oblak to‘pni yon tomonga urib yubordi
8'
Messi jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
6'
Vuuuuuuh! Karrasko qanotda belgilangan jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
3'
Lodi chap qanotdan burchak yaqinidann jamoadoshiga aniq pas berdi. So‘nggi pallada Alba Lyorentening zarba berishiga xalal berib qoldi
2'
Puch chap qanotdan oldinga o‘tib, nariga qanotdagi Suaresga aniq pas berdi. Luis 18 metrlardan yo‘llagan zarba kuchli chiqmadi. Yan Oblak osonlik bilan to‘pni egalladi
1'
Uchrashuvga start berildi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatida eng markaziy o‘yinlardan biri boshlanmoqda. 33-tur doirasida «Barselona» o‘z uyida «Atletiko»ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.