Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2019/2020, 37-tur
| 2020 yil 16 iyul, soat 23:59 | ||
REAL MADRIDKarim Benzema (29, 77-penalti)
|
2 : 1 |
VILYARREALIborra (83)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 23.Ferlan Mendi 04.Serxio Ramos 05.Rafayel Varan 02.Daniel Karvaxal 10.Luka Modrich 07.Eden Azar 14.Kazemiro 08.Toni Kroos 27.Rodrigo 09.Karim Benzema |
01.Serxio Asenxo (D) 22.Sofian Chakla 02.Mario Gaspar 16.Xavi Kintilya 04.Pau Torres 15.Manu Morlanes 11.Samuyel Chukvuyeze 19.Andre-Frank Zambo 23.Moi Gomes 20.Ruben Penya 07.Xerard Moreno |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Alfons Areola (D) 06.Nacho 25.Vinisius Junior 03.Eder Militao 21.Braim DiaS 22.Isko 20.Marko Asensio 15.Federiko Valverde 17.Lukas Vaskes 18.Luka Yovich 11.Garet Beyl 24.Mariano Dias |
13.Andres Fernandes (D) 03.Raul Albiol 24.Xavi Ontiveros 08.Santi Kasorla 32.Aleks Baena 18.Alberto Moreno 28.Sergio Lozano 21.Bruno 10.Visente Iborra 27.Andrey Ratiu 14.Trigeros 34.Fernando Ninyo |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Barselona" esa so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, o‘z uyida "Osasuna"ga yutqazdi — 1:2 |
| 90+6' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" - "Vilyarreal" - 2:1. "MADRID" - CHEMPION! |
| 90+5' | ![]() |
YO‘Q! Hakam videotakrorni ko‘rgach, golni bekor qildi. 2:1 |
| 90+5' | ![]() |
GOOOOOOL! Marko Asensio, 3:1! Barcha ishni Vinisius bajardi va jamoadoshiga pas berdi. Marko bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90+3' | ![]() |
VUUUUUUUH! Qanday qilib??? Kurtua ikki marta qutqardi. Iborra esa 4 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi!!! "Real"ni kechirdi ochiqchasiga |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuh! Santi Mina jarimadan xavfli zarba berdi. Kurtua to‘pni mushti bilan urib yubordi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
"Vilyarreal" sariq kartochka oldi. Shakla juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. U 11 metrlardan aniq zarba bera olmadi |
| 86' | ![]() |
Isko ogohlantirish oldi |
| 84' | ![]() |
"Real"da 3ta o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Isko, Valverde va Lukas Vaskes tushirildi |
| 83' | ![]() |
GOOOOOL! Iborra, 2:1! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga futbolchi 11 metrli nuqta ustidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 81' | ![]() |
VUUUUUH! Kroos jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Asensio bosh bilan zarba berdi. Asenxo to‘pni egallab oldi |
| 80' | ![]() |
Vinisius jarima maydoniga kirib, zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 80' | ![]() |
Cooling break'dan keyin o‘yin davom ettirildi |
| 77' | ![]() |
GOOOOL! Bu safar Karim Benzema 11 metrli jarimadan zarba berdi. 2:0! |
| 77' | ![]() |
Ammo penaltidan qaytadan tepilishini ko‘rsatdi hakam. Xato qildiyov |
| 75' | ![]() |
IYA? Kerakmidi shu narsa? Ramos penaltidan zarba berish o‘rniga pas berdi. Benzema yugurib kelib gol urdi. Ammo gol bekor qilindi. Chunki Karim zarbadan avval jarima maydoniga kirgan edi |
| 73' | ![]() |
PENALTI! "Vilyarreal" darvozasiga! Ramos hujumga o‘tdi va penalti ishladi. Vaziyatni VAR ko‘rib chiqmoqda |
| 72' | ![]() |
Oho! Ontiveros "Real" jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berdi. Kurtua o‘z o‘rnida |
| 69' | ![]() |
Hammasi joyida. Kurtua o‘yinni davom ettira oladi |
| 67' | ![]() |
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Kintilya tizzasi bilan Kurtuaning boshiga urilib ketdi. Tiboning ahvoli yaxshi emas. |
| 64' | ![]() |
Narigi o‘yinda hisob o‘zgardi. Lionel Messi 21 metrlardan belgilangan jarima zarbasidan darvozani ishg‘ol qildi. Hozircha "Barselona" - "Osasuna" - 1:1. |
| 63' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchisi jarimadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishga qaror qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Luka Modrich sariq kartochka oldi |
| 60' | ![]() |
Mendi o‘z qanotida ikki futbolchidan o‘tib ketib raqib jarima maydoniga kirdi va uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 58' | ![]() |
Qanotda Rodrigoga nisbatan fol ishlatildi |
| 58' | ![]() |
O‘yin tempi yuqori emas. Jamoalar ehtiyotkorlikni birinchi o‘ringa qo‘yib olishdi |
| 55' | ![]() |
"Vilyarreal" jarima zarbasini ishladi. To‘p Varandan maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Kurtua egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! Karvaxal o‘z qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi, ikki himoyachini aldadi va zarba berdi. Asenxo qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi |
| 53' | ![]() |
Zidan shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 48' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Karvaxal bosh bilan qaytardi |
| 46' | ![]() |
Kroos jarimadan to‘pni raqib jarima maydoniga yetkazdi. Ramos biroz yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 46' | ![]() |
"Vilyarreal"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Bruno va Xavi Ontiveros tushirildi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Vilyarreal" - 1:0. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
"Vilyarreal" jarima zarbasini amalga oshirdi. Uzatilgan to‘pga hech kim yeta olmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Rodrigo yaxshi harakat qildi. U o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirdi va darvoza oldiga yerlatib uzatma berdi. Kintilya to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 41' | ![]() |
So‘nggi 3 daqiqani mehmonlar hujumda o‘tkazishdi. Ammo "Real" himoyasini yorib o‘ta olishmadi |
| 37' | ![]() |
Rodrigo o‘ng qanotda Karvaxal bilan "devor" o‘ynab, jarima maydoniga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 33' | ![]() |
Futbolchilar suv ichib olishdi |
| 29' | ![]() |
GOOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Nihoyat, "Vilyarreal" xatoga yo‘l qo‘ydi! Maydon markazida Kazemiro raqibdan to‘pni olib qo‘ydi. Modrich to‘pni egallab, Benzemaga uzatdi. Karimning zarbasidan keyin to‘p darvzabonning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi. Mavsumdagi 20-gol! |
| 26' | ![]() |
Madridliklar raqib mudofaasini yorib o‘tish yo‘llarini qidirishmoqda |
| 24' | ![]() |
Chukvuyeze yana bir yaxshi vaziyatni qo‘ldan chiqardi. U jarima maydoni ichida ikki himoyachi orasidan o‘tib keta olmadi |
| 23' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazidan turib Chukvuyeze tomon uzatma berishdi. Agar futbolchi to‘pni egallay olganida xavfli hujum yuzaga kelardi |
| 21' | ![]() |
"Real"ga tezkor gol urish nasib qilmadi. "Vilyarreal" butun jamoa bo‘lib yaxshi himoyalanmoqda |
| 19' | ![]() |
Shakla sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayogan Eden Azarni qo‘li bilan tortib qoldi |
| 17' | ![]() |
"Barselona" - "Osasuna" o‘yinida hisob ochildi. Mehmonlar futbolchisi Xose Arnais hisobni ochdi. Darvoqe, agar bugun "Barsa" ochko yo‘qotsa, "Real" mag‘lub bo‘lsa ham chempionga aylanadi |
| 16' | ![]() |
Modrich olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Asenxo qiyinchilik bilan to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 15' | ![]() |
Oho! Kazemironing uzatmasidan keyin Benzema to‘pni yerga tushirmasdan chap oyoqda o‘tkir burchak ostida tepdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 13' | ![]() |
Rodrigo Benzema bilan birga yaxshi hujum tashkil qildi, ammo o‘zi ofsaydda qoldi |
| 12' | ![]() |
Kazemiro kutilmaganda olis masofadan kuchli zarba berdi. Noaniq |
| 11' | ![]() |
Madrid jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydoniga yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 9' | ![]() |
Eh, Modrich. Azar jarima maydoni ostonasida ochilgan xorvatiyalik futbolchiga uzatma berdi. Luka to‘pni egallab ichkariga kirish o‘rniga, to‘pni o‘tkazib yuborishga qaror qildi. Orqada Rodrigo bor edi, ammo to‘pni himoyachi egallab oldi |
| 7' | ![]() |
"Real"ning hujumi. Modrich o‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatma berdi. Benzemaning zarbasi u qadar kuchli chiqmadi. Asenxo to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi davradagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan edi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuh! Ramos olis masofadan uzatma bilan Karvaxalni oldinga boshladi. Dani to‘pni qabul qilib, jarima maydoniga kirdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga harakat qildi. Posbon ortga surildiyu, to‘pni egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Sariq suvosti kemasi to‘pni nazorat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Vilyarreal" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv boshlanish arafasida |
| ' | ![]() |
"Real"ni chempionlikdan 2 ochko ajratib turibdi. Zidan shogirdlari esa bugun 3 ochkoni qo‘lga kiritib, chempionlik masalasini hal qilishmoqchi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Ispaniya futbol muxlislari! "Real" va "Vilyarreal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga xush kelibsiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|