Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 25-tur

22 fevral, 00:00

REAL SOSYEDAD

Elustondo (32)
Grizmann (54)
Surutusa (59)

3 : 1

BARSELONA

Messi (36)
JAMOALAR TARKIBI
Klaudio Bravo
Xoseba Saldua
Mikel Gonsales
Inigo Martines
Xose Anxel
Gorka Elustondo
Markel Bergara
David Surutusa
Serxio Kanales
Antuan Grizmann
Karlos Vela
  Viktor Valdes
Martin Montoyya
Xerard Pike
Mark Bartra
Adriano Korreyya
Serxio Buskets
Aleksandr Song
Andres Iniyesta
Pedro Rodriges
Lionel Messi
Neymar

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Barsa" karvonboshilikni "Real"ga topshirmoqda! "Atletiko" o‘z o‘yinini ertaga o‘tkazadi. Ular g‘alaba qozongan taqdirda "Real" bilan tenglashib olishadi
90+4'
Hakamning final hushtagi yangradi! "Real Sosyedad" "Barselona" ustidan g‘alaba qozonmoqda! 3:1
90+2'
Endi Inyestaning zarbasiga aniqlik yetishmadi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shib berildi
90'
Neymarning olis masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi
89'
Burchak to‘pidan keyin esa to‘p Messiga kelib tushgandi. Uning zarbasi yo‘liga himoyachilar qalqon bo‘lishdi
89'
Neymarning zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi
87'
Bugun Neymarning ishlari ham umuman yurishmadi. U jarohatdan keyin hali yaxshi formaga kirib ulgurmagan
85'
O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qoldi. Sanches qanotdan yetkazgan to‘p darvozabon Bravoga nasib qildi
84'
"Real Sosyedad" safida futbolchi almashmoqda. Kanales o‘rniga Ansetegi tushirildi
82'
Bugun ochiqchasiga "Barsa"ning kuni emas! Ular "Siti" bilan o‘yinda juda ko‘p kuch yo‘qotishgan va bu o‘yinga umuman tayyor bo‘lib ulgurishmagan! Bu holat, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda ko‘rinib qoldi
81'
Ammo keyingi qarshi hujum paytida esa "Barselona"ni golda darvoza ustuni qutqarmoqda! Karlos Vela yaqin masofadan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qila olmadi!!!
80'
Mezbonlarning kam sonli hujumlaridan birini kataloniyalar bartaraf etishdi
79'
To‘p goh qanotlardan, goh burchakdan o‘yin kiritilmoqda. Ammo hozircha golga tortadigan vaziyat yo‘q
78'
Burchak to‘pi ham "Barsa"ga naf keltirmadi
76'
MAydon egalari jon-jahdlari bilan himoyalanishmoqda. To‘pni qanday bo‘lmasin o‘z jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirishmoqda. Ular bugun g‘alabani qo‘ldan chiqarmoqchi emaslar
74'
Mezbonlarda ham futbolchi almashmoqda. Maydonni Grizmann tark etdi, o‘rniga Xabi Priyeto tushdi
74'
Montoyya o‘rniga Aleksis Sanches tushdi
43'
"Sosyedad" zich himoyalanmoqda. Kataloniyaliklar bu qo‘rg‘onni yorib o‘ta olishmayapti
70'
Alves o‘zining qanotdan yetkazgan to‘pni Pedro jarima maydonchasi ichida Messiga qoldirgandi. Ammo himoyachilar unga zarba berish imkonini berishmadi. Pedroning o‘zi zarbani amalga oshirsa ham bo‘lardi
69'
Mikel Kanales ogohlantirish oldi
67'
Neymar Inyesta bilan "devor" o‘ynab, o‘zi jarima maydonchasi ichiga ochilayotgandi, mezbon himoyachilar ularning niyatlarini payqab qolishdi
65'
Aleks Song o‘rniga maydonga Seks Fabregas tushirildi
65'
Burchak to‘pini esa mezbonlar bartaraf etishdi
64'
Adrianoning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi himoyachining boshiga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
64'
Pedroning uzatmasini Surutusa maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda bu safar Inyesta darvozabon qarshisida yolg‘iz qolayotgandi
63'
Messining chiroyli uzatmasi himoyachining oyog‘iga tegib qoldi, aks holda Neymar darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi
62'
O‘tkazib yuborilgan 2ta goldan keyin kataloniyaliklar hali ruhiy tushkunlikdan chiqib keta olishgani yo‘q. Bu ularning harakatlarida sezilmoqda. Mezbonlar esa endi yanada ishonch bilan o‘ynashmoqda
59'
"Barsa" himoyada bo‘shashdi va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordi. Qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pga Valdesdan Surutusa tezroq yetib keldi va to‘pni darvozaga burib yubordi! 3:1
59'
Goooooooooooooooolllll! "Real Sosyedad"!!!!!!!!!!!!!!!
56'
"Barselona" burchak to‘pidan keyin hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Aleks Song bosh bilan bergan zarbani Klaudio Bravo ajoyib seyv namoyish qilib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
55'
Hujum quyidagicha tashkil qilindi. To‘p "Real Sosyedad" darvozasi oldidan tavakkaliga maydonning ikkinchi tomoniga yetkazildi. Surutusa to‘p uchun kurashda ustun keldi Karlos Vela jarima maydonchasiga to‘p bilan kirib borib, uni Grizmannga yetkazdi. U esa Valdes bilan yuzma-yuz holatda darvozani ishg‘ol qildi.
54'
"Real Sosyedad" yana hisobda oldinga chiqib olmoqda!
54'
Gooooooooooooooooolllllll!!!!
52'
Burchakdan balandlatib yetkazilgan to‘pni Bartra bosh bilan darvoza tomon burdi. Posbon o‘z darvozasi to‘sini ostida to‘pni ushlab qoldi
51'
Inyesta chap tomonda turib o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelayotgan Alvesga to‘pni uzatgandi. Himoyachi to‘pni maydondan tashqariga tepib yubordi.
49'
Mezbonlar tomonidan tashkil qilingan ikki qavatli himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tish "Barsa"ga oson bo‘lmaydi
47'
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Grizmann bosh bilan zarba berganidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Birinchi goldan keyin o‘yin qizib ketdi. Ikkinchi bo‘lim to‘laligacha qiziqarli bo‘lishiga umid qilamiz
45'
Hakam birinchi bo‘limga 1 soniya ham qo‘shmadi va darhol hushtak chaldi. Tanaffus. Hozircha hisob "Real Sosyedad" - "Barselona" - 1:1.
44'
Mehmonlar bu safar o‘z kombinasiyalari orqali mezbonlarni ancha shoshirib qo‘yishdi. Maydon egalari ikki marta to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, xavfdan xalos bo‘lishdi.
43'
Mezbonlar dadil o‘ynay boshlashdi. Qo‘rqmasdan hujumga o‘tishmoqda
40'
Karlos Vela yana bir marta "Barsa"ni kechirmoqda! Yarim himoyachi kataloniyalik himoyachilar orasidan kesib, to‘pni Grizmanga yetkazmoqchi bo‘lganida, Piike to‘pni qaytardi, ammo to‘p Velaga kelib tushdi. Karlos jarima maydonchasi chizig‘i oldidan chap oyoqda kuchli, ammo noaniq zarba berdi. Bunday vaziyatlarda to‘pni Messiga o‘xshab yerlatib burchakka yo‘naltirish kerak! Aslida Vela shunisi bilan ham Messi emasda...
39'
Bartraga sariq kartochka. Raqib hujumchisini qo‘li bilan tortib, hujumni to‘xtatgani uchun
36'
10-raqam egasi Alves bilan "devor" o‘ynadi va aynan jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni darvozaning burchagiga aniq yo‘lladi
36'
Toping, kim gol urdi? Albatta, Messsiiiiiiiiiiiiiiiii!!!
36'
Gooooooooolllll!!!!!
34'
"Barsa" endi hujumlarni keskinlashtirish haqida o‘ylay boshladi
32'
Gorka Elustondo tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Pike o‘z darvozasiga burib yubordi, adashmasak.
32'
"Real Sosyedad"ning burchak to‘pi esa gol bilan yakunlanmoqda!!!!
31'
"Barselona"ning burchak to‘plari odatda xavfli bo‘lmaydi.
30'
Mezbonlarning yana bir hujumi! Kela bu safar chap qanotdan to‘pni darvoza tomon aylantirdi. Valdes mushtlari bilan to‘pni urib yubordi. Grizmann to‘pga biroz yeta olmay qoldi
29'
"Sosyedad" hujumchisi Karlos Velada ajoyib imkoniyat! U chap qanotdan yetkazilgan to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib,jarima maydonchasi chizig‘i ustida darvoza tomon kuchli yo‘naltirdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
25'
Ozgina "tasir-tusir"dan keyin o‘yin avvalgi yo‘nalishga tushib oldi...
23'
Endi esa Busketskga nisbatan xavfli o‘yin qilgan Kanales ogohlantirildi
22'
Tushunarsiz holat. Buskets maydon markazida to‘pni yo‘qotganidan keyin raqibni ortidan tepib yiqitdi, ammo to‘p undan oldinroqda turgan "Sosyedad"ning boshqa hujumchisiga kelib tushdi va u to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. U yerda ikkinchi hujumchi gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq hakam sal oldinroq hushtak chalib o‘yinni to‘xtatgan ekan. Busketsga esa sariq kartochka!
19'
Oxo-xoxo!!! "Barsa" bitta hujum qildiyu, ammo qanaqangi kombinasiyani uyushtirdi! Inyesta va Pedro to‘pni bir-birlariga ikki martadan oshirishdi va Pedroning 15 metrlardan yo‘llagan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. Bu vaziyatdan darvozabon hech narsa qila olmasdi
19'
Go‘yoki "ko‘k-anorranglilar" hujum qilishni istamayotgandek...
17'
Martino shogirdlari asta-sekin mezbonlarni asta-sekin o‘z jarima maydonchalari tomon surib kelishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
14'
"Barselona" to‘pni mezbonlar jarima maydonchasiga olib kirmaganiga ancha bo‘ldi. O‘zi to‘p bir marta "Sosyedad" jarima maydonchasigacha bordi shekilli
12'
Maydon egalari olis masofadan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Hujumchining bosh bilan bergan zarbasini Valdes osonlik bilan egallab oldi
10'
Neymar maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerak. Yo‘q, u o‘rnidan turdi
7'
O‘yin surati o‘sha-o‘sha. Har safar "Barsa"ning to‘pni nazorat qilayotganini yozish shartmas. Onlayn translyasiya davomida jimlik hukmronlik qilayotgan bo‘lsa bilingki, "Barsa" to‘p u yoqdan bu yoqqa oshirib, raqib darvozasi tomon yo‘l qidirayotgan bo‘ladi...
5'
Jarima to‘pi xavfli chiqdi. Burchakka yo‘llangan zarbani Valdes egallab oldi
4'
Hakam mehmonlar darvozasi tomon jarima to‘pi belgilamoqda. 28 metr masofa
3'
"Barsa" dastlabki hujumni chap qanotdan tashkil qildi. Alba tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni darvozabon egallab oldi
2'
Kataloniya to‘pni nazorat qilmoqda, oldinga o‘tishga shoshilmayapti
1'
O‘yin boshidan mezbonlar darvozaboni hazillashmoqchi bo‘ldi shekilli, o‘zi tomon sekin uzatilgan to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib yuborib, keyin qaytarib qoldi :)
1'
O‘YIN BOSHLANDI! KETDIK!
'
Faktlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, "Barsa" so‘nggi marta San-Sebastyan shahrida bundan 7 yil avval g‘alaba qozongan ekan. To‘g‘ri, orada "Real Sosyedad" Primerodan pastga tushib ketgan paytlar ham bo‘ldi. Ammo kataloniyaliklar Gvardiola paytida ham "Sosyedad" maydonidan g‘alaba bilan qaytishmagan ekan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim finali javob o‘yinida ham 1:1 hisobi qayd etilganidan xabaringiz bor.
'
Bugun "Real" o‘zining navbatdagi 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Endi "Barsa" muxlislari ham o‘z sevimli jamoalaridan shunday natijani kutishadi. Ammo bu oson bo‘lmaydi. "Real Sosyedad" Ispaniya chempionatida YECHLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rin uchun kurashayotgan jamoa hisoblanadi
'
Matnli onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz
'
Xayrli oqshom, qadrli saytimiz mehmonlari, futbol ishqibozlari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.