Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Nimchorak final, 07.08.2020. soat 23:59 | ||
YUVENTUSRonaldu (penalti 42, 61)
|
2 : 1 |
LIONDepay (penalti 12)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Voysex Shchensni (D) 19.Leonardo Bonuchchi 12.Aleks Sandro 30.Rodrigo Bentankur 16.Xuan Kuadrado 04.Matteys De Ligt 05.Miralem Pyanich 25.Adrian Rabyo 33.Federiko Bernardeski 21.Gonsalo Iguain 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Antoni Lopesh (D) 14.Leo Dyubua 05.Jeyson Denayer 20.Marsal 06.Marselo 08.Ussem Auar 11.Memfis Depay 39.Bruno Gimarayns 25.Maksans Kakre 27.Maksvel Korne 21.Karl Toko Ekambi |
|
| ZAHIRA | ||
|
31.Karlo Pinsolyo (D) 77.Janluidji Buffon (D) 03.Djordjo Kyellini 24.Daniyele Rugani 28.Merix Demiral 13.Danilo 08.Aaron Remsi 38.Simon Murator 14.Blez Matyuidi 10.Paulo Dibala 35.Marko Olivyeri |
30.Chiprian Teterushanu (D) 23.Kenni Tete 31.Melvin Bard 02.Mapu Yanga-Mbiva 03.Yoakim Andersen 04.Rafael 12.Tiago Mendes 17.Jeff Ren-Adelaid 22.Jean Lukas 10.Bertran Traore 18.Rayan Sherki 09.Mussa Dembele |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. Ronaldu boshchiligidagi "Yuventus" YECHLni nimchorak finalda tark etdi. "Lion"ga keyingi bosqichda omad tilaymiz! |
| 90+4' | ![]() |
Ronalduning zarbasi jonli devorga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 90+3' | ![]() |
Iguainga nisbatan qoida buzildi. Jarima to‘pi... To‘p oldida Ronaldu |
| 90+6' | ![]() |
Uchrashuvga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Lion" safida o‘zgarish: Dyuba o‘rniga Tete va Auar o‘rniga Mendes tushdi |
| 88' | ![]() |
Qarshi hujumga o‘tib ketayotgan Daniloni to‘xtatib qolgan Marsal ogohlantirildi |
| 87' | ![]() |
Rabyoga nisbatan qoida buzgan Andersen ogohlantirildi |
| 85' | ![]() |
Bonuchchi hujumda fol ishlatdi. "Yuve" asabiylashmoqda |
| 84' | ![]() |
Dibala jarohat olgan ko‘rinadi. U maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Marko Olivyeri tushirildi |
| 82' | ![]() |
Ronalduning pasidan so‘ng Dibala zarba yo‘lladi. Noaniq! |
| 81' | ![]() |
Hakam Sarrini ogohlantirdi |
| 79' | ![]() |
Hakamga norozilik bildirgani uchun Maksvel Korne ogohlantirildi |
| 76' | ![]() |
Vaqtni cho‘zganligi uchun "Lion" darvozaboni ogohlantirildi |
| 75' | ![]() |
Dibalaning burchakdan uzatgan to‘piga Ronaldu bosh bilan zarba yo‘lladi. Biroz noania |
| 74' | ![]() |
Ronalduning jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devoorga tegib qaytdi |
| 73' | ![]() |
"Lion" futbolchisi Iguainga nisbatan qoida buzdi |
| 70' | ![]() |
"Yuventus" safida o‘zgarish: Kuadrado o‘rniga Danilo, Bernardeski o‘rniga Dibala tushirildi |
| 67' | ![]() |
"Lion"da o‘zgarish: Depayning o‘rniga Dembele, Ekambi o‘rniga esa Ren-Adelaid tushirildi |
| 65' | ![]() |
Ronalduning golidan so‘ng turinliklarga ishonch qaytgandek. Jamoa hujumkorlikni oshirmoqda |
| 64' | ![]() |
Depay De Ligtga nisbatan qoida buzdi |
| 63' | ![]() |
VUUUH! Burchakdan oshirilgan to‘pga Bonuchchi bosh bilan zarba yo‘lladi, biroz noaniq |
| 60' | ![]() |
"Lion"da ham o‘zgarish Jeyson Denayr o‘rniga Yoakim Andersen tushdi |
| 60' | ![]() |
"Yuventus" safida o‘zgarish Pyanich o‘rniga Remsi maydonga tushdi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Ronaldu uzoq masofadan super gol urib, "keksa sinyoralar"ni oldinga olib chiqdi |
| 57' | ![]() |
ZARBAA! Auarning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 55' | ![]() |
Vaqt o‘tgani sayin "Yuve" shoshilmoqda va "brak" paslar ko‘payib ketdi |
| 51' | ![]() |
Pyaniching jarmadan uzatgan to‘pnii darvozabon mushtlari bilan qaytarib yubordi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "zebralar" hujumkor boshlashdi. Ronaldu zarba berishda oyog‘ini qayirib oldi |
| ' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 1:1. Bizdan uzoqlashmang ikkinchi bo‘lim "yonadi" |
| 45+2' | ![]() |
Bo‘limning so‘nggi daqiqalari asosan "Lion"ning hujumlari bilan o‘tmoqda |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOL! ROnaldu penaltini aniq amalga oshirdi |
| 42' | ![]() |
"Lion" darvozasi tomon penalti belgilandi. Pniyaning zarbasi jonli devorda turgan Depayning qo‘liga tegib qoldi |
| 40' | ![]() |
Yana qoida buzildi. Bu safar Ronalduga nisbatan |
| 40' | ![]() |
ZARBAAAA! Ronaldu jarimadan super zarba yo‘lladi, darvozabondan ajoyib seyv |
| 39' | ![]() |
To‘p oldida Pyanich, Ronaldu va Bernardeski.... |
| 38' | ![]() |
Qoida buzildi. Dyuba Bentankurni jarima maydoni chizig‘i ustida to‘xtatib qoldi va ogohlantirildi |
| 36' | ![]() |
ZARBAA! Iguainning bosh bilan yo‘llagan zarbasi to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borib tushdi |
| 32' | ![]() |
"Yuventus" futbolchilari bugungi o‘yinda ko‘p o‘yindan tashqari holatda qolib ketishmoqda. "Lion" himoyachilar o‘z ishlarini a’lo darajada uddalamoqda |
| 30' | ![]() |
Auraga nisbatan qoida buzgan Kuadrad ogohlantirildi |
| 28' | ![]() |
De Ligt Depayga nisbatan fol ishlatdi |
| ' | ![]() |
Yana qaytamiz... |
| ' | ![]() |
Jamoalarga suv ichib olish uchun bir daqiqa berildi |
| 19' | ![]() |
VUUUH! Bernardeski raqib himoyachilarini hatto darvozabonni ham aldab o‘tib, zarba yo‘lladi so‘nggi soniyaa himoyachi to‘pni maydon tashqqarisiga chiqarib yubordi |
| 18' | ![]() |
Uchrashvdagi ilk sariq kartochka. Auar ogohlantirildi |
| 16' | ![]() |
Depay maydon markazida Kuadradoga nisbatan qoida buzdi |
| 13' | ![]() |
Urilgan goldan so‘ng "taqachilar" yana bir hujum uyushtirishga harakat qildi, himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 11' | ![]() |
GOOOOOL! Depay 11 metrlik nuqtadan adashmadi |
| ' | ![]() |
To‘p oldida Memfis Depay.... |
| 10' | ![]() |
Bentankur Aurga nisbatan qoida buzdi |
| 10' | ![]() |
PENALTI! Hakam "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgiladi |
| 9' | ![]() |
ZARBAAA! Auar jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi, Voysex to‘pni darvoza tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 7' | ![]() |
Ronaldu darvoza tomon zarba yo‘lladi. Ancha noaniq. Qolaversa, yon hakam bayroqchasini ko‘tarib offsayd deb topdi |
| 6' | ![]() |
"Yuventus" dastlabki daqiqalardan gol urib olishga harakat qilmoqda. Ammo hujumlarda turinliklarga aniqlik yetishmayapti |
| 4' | ![]() |
Jarima maydoni yaqinida Aleks Sandroga nisbatan qoida buzildi |
| 2' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki hujumni maydon egalari uyushtirdi. Iguainning tushunarsiz zarbasi to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borib tushdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. Uchrashuvni "Lion" boshlab berdi |
| ' | ![]() |
Uchrashuv bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Ma’lumot uchun, mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda "Lion" 1:0 hisobida zafar quchgan edi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari birozdan so‘ng chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining javob uchrashuvi "Siti" hamda "Real" o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Bugungi o‘yinni sizlar bilan birga kamina Jaloliddin Qobiljonov kuzatib boramiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|