Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, 07.08.2020. soat 23:59. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)

MANCHESTER SITI

Rahim Sterling (9)
Gabriyel Jezus (68)

2 : 1

REAL MADRID

Karim Benzema (28)
JAMOALAR TARKIBI
31.Ederson (D)
02.Kayl Uoker
27.Juan Kanselu
14.Emerik Laport
07.Rahim Sterling
08.Ilkay Gyundogan
17.Kevin de Breyne
16.Rodri
47.Fil Foden
25.Fernandinyo
09.Gabriel Jezus
  13.Tibo Kurtua (D)
02.Daniel Karvaxal
05.Rafayel Varan
23.Ferlan Mendi
03.Eder Militao
07.Eden Azar
10.Luka Modrich
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
27.Rodrigo
09.Karim Benzema
ZAHIRA
01.Klaudio Bravo (D)
30.Nikolas Otamendi
50.Erik Garsiya
78.Teylor Xarvud-Bellis
05.Djon Stounz
69.Tomas Doyl
80.Koul Palmer
20.Bernardu Silva
11.Aleksandr Zinchenko
21.David Silva
82.Adrian Bernabe
26.Riyod Mahrez
  01.Alfons Areola (D)
39.Xavi Ernandes
25.Vinisius Junior
12.Marselo
26.Diyego Altube
06.Nacho
21.Braim Dias
20.Marko Asensio
22.Isko
15.Federiko Valverde
18.Luka Yovich
17.Lukas Vaskes
SARIQ KARTOCHKA
 
Luka Modrich (80)

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Manchester Siti" chorak finalga yo‘l oldi. "Real" esa o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi o‘z ishtirokini nimchorak finalda to‘xtatdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Kroosning uzatmasiga Vaskes yeta olmadi.
89'
"Siti" o‘zgarish: Rodri o‘rniga Otamendi tushirildi
88'
"ManSiti" xotirjamlik bilan to‘pni nazoart qilmoqda
86'
David Silvaning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
85'
Shundoqqina "Real" jarima maydoni ostonasida jarima zarbasi belgilandi. Toni Kroos KDBga nisbatan fol ishlatdi
83'
"Real"da birdaniga 3ta o‘zgarish: Valverde, Luka Yovich, Lukas VAskes tushirildi. Modrich, Azar va Karvaxal maydonni tark etishdi
82'
"Real" himoyachilaridan yana bir qo‘pol xato. "Shaharliklar" foydalana olishmadi
81'
"Siti"da o‘zgarish: Sterling o‘rniga David Silva tushirildi
80'
Luka Modrich sariq kartochka oldi
78'
"Madrid" to‘p nazoratini o‘z tomoniga og‘dirdi
76'
Jezus jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llashga qaror qildi. Ancha noaniq
75'
Bugun "Real" himoyachilariga nimadir bo‘ldi. Ramosning o‘rnini bosa olmayapti na Varan, na Militao
73'
Sterling raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Penalti yo‘q deya ko‘rsatdi Brix
71'
"Siti" juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Bor-yo‘g‘i burchak zarbasi
70'
"Real" darhol hujumga tashlandi. Himoyachilar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi
68'
GOOOOOL! Gabriyel Jezus! 2:1. Varan bosh bilan to‘pni darvozabonga yetkazdi. Hujumchi to‘pga ertaroq yetib bordi va Kurtuani dog‘da qoldirdi
67'
"Siti"da o‘zgarish: Fil Foden o‘rniga Bernardu Silva tushirildi
66'
Vuuuuh! Jezus! Kurtua muqarrar goldan qutqardi!
64'
Vuuuuh! Benzema! Asensio mezbonlar jarima maydoni oldida to‘pni qabul qildi va Karimga uzatma berdi. Benzema aniq zarba yo‘lladi. Ederson to‘pni egallab oldi
63'
Benzema! Kroos raqibdan to‘pni olib qo‘yib, Karimga uzatdi. Fransiyalik futbolchining zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
61'
"Real"da o‘zgarish: Rodrigo o‘rniga Asensio tushirildi
61'
Fodenning uzatmasidan keyin de Bryuyne jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, narigi qanotga o‘tib ketdi
60'
Tashabbus to‘laligacha "Siti" tomonida
58'
Vuuuuh! Kevin de Bryuyne ikki himoyachi qurshovida jarima maydoniga kirdi. Karvaxal zarba yo‘liga o‘zini tashladi. Burchak zarbasi
55'
Benzema jarima maydoni ostonasidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
54'
Kazemiro maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. "Siti" juda xavfli hujum tashkil qildi. So‘nggi pallada Kurtua qutqardi. Sterlingda yaxshi imkoniyat bor edi
53'
Kroos 30 metrlardan zarba berdi. To‘p Fernandinyoga tegib qaytdi
51'
Jamoalar navbati bilan to‘pni nazorat qilib, hujum qilish yo‘llarini qidirmoqda
47'
Vuuuuuh! Kevin de Bryuynening ajoyib uzatmasidan keyin Sterling darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Rahim ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Burchak zarbasi
46'
Mezbonlarning xavfli hujumi. Kanselu jarima maydoniga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Varan to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berilgan edi. U yakuniga yetdi va Feliks Brixning xushtagi yangradi. Tanaffus. Hozircha "Manchester Siti" - "Real Madrid" - 1:1.
45'
De Bryuyne burchak zarbasidan to‘pni yaqin yuqori burchakka aylantirdi. Kurtua qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi
44'
Benzema yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Ammo Karim ofsaydda qolgan edi
43'
"Siti" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Karvaxal esa raqibning g‘oyasini o‘qidi va xavfni bartaraf etdi
42'
Vuuuuh! Foden "Real" himoyachilarining sovg‘asidan foydalana olmadi. Uning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Himoyachilar yana to‘pni oldirib qo‘yishgan edi
39'
de Bryuyne bir necha futbolchilar orasida o‘tib raqib jarima maydoniga yaqinlashayotganida Karvaxal belgiyalik futbolchining futbolkasidan tortib yiqitdi. Hakam jarima zarbasi bermadi
37'
Kanselu chap qanotdan jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. Kurtua to‘pni o‘z oldiga qaytardi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
34'
Endi tashabbus madridliklar tomoniga o‘tayotgandek
33'
Uoker maydon markazidan boshlab raqibning 3 futbolchisini aldab o‘tdi va 23 metrlardan zarba berdi. Noaniq
32'
To‘p nazorati mankunianliklar tomoniga o‘tdi
28'
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 1:1! Rodrigo o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani fransiyalik hujumchi bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
27'
Mezbonlarning hujumi. Sterling uzatmaga yeta olmadi
22'
"Real" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini tepdi. Azar jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi. Burchakka borayotgan to‘pni Ederson egallab oldi
21'
Vuuuuuh! Azarning uzatmasidan keyin Benzema jarima maydoni chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Edersondan seyv va burchak zarbasi
20'
To‘p nazorati to‘laligicha "Madrid" tomonida. "Siti" bunga qo‘yib beryapti
19'
Vuuuh! Sterling "Real"ning ikki himoyachisini aldab o‘tib, jarima maydoniga kirdi, zarba berish chog‘ida yiqilib tushdi
18'
Karvaxal o‘ng qanotdan yuqorilatib uzatma berdi. Ederson to‘pni egallab oldi
15'
Vuuuh! Rahim jarima maydoni tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
14'
Modrich jarima maydoni tashqarisidan ancha noaniq zarba yo‘lladi
12'
"Siti" juda xavfli hujum tashkil qildi. Madridliklar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
9'
GOOOOOOOL! Rahim Sterling, 1:0! "Real" himoyachilari o‘z jarima maydonchalari atrofida darvozabon Kurtuaga haddan tashqari ko‘p uzatma berishdi. Natijada Varan to‘pni Jezusga oldirdi. Sterling esa bo‘sh qolgan davrozani osonlik bilan ishg‘ol qildi
7'
Belgiyalik futbolchining o‘zi burchak zarbasini tepdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
7'
Kevin de Bryuyne olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p Militaoga tegib, maydonni tark etdi
4'
"Real"ning hujumi. Karvaxal jarima maydoniga kirayotgan Benzemaga uzatma berdi. Markaxiy himoyachilar Karimdan to‘pni olib qo‘yishdi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Real" futbolchilari kiritib berishdi. "Manchester Siti" och havorang formada, "Madrid" esa pushtirang (yangi mavsum uchun safar formasi) futbolkalarda o‘ynamoqda
'
Bir daqiqalik sukut... Koronavirus tufayli vafot etganlarning xotirasi uchun
'
Manchester shahridagi "Etihad" stadionida "Siti" Madriddan tashrif buyurgan "Qirollik klubi"ni qabul qilmoqda. Uchrashuv boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasi qayta start olmoqda!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.