Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Chorak final. 14.08.2020 soat 23:59. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

BARSELONA

Devid Alaba (7-avtogol)
Luis Suares (57)

2 : 8

BAVARIYa

Tomas Myuller (4, 31)
Ivan Perishich (21)
Serj Gnabri (28)
Yosua Kimmix (63)
Robert Levandovski (84)
Filippe Koutinyo (85, 89)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
02.Nelson Semedu
03.Jerar Pike
15.Kleman Lengle
18.Xordi Alba
05.Serxio Buskets
21.Frenki de Yong
22.Arturo Vidal
20.Serji Roberto
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
  01.Manuel Noyer (D)
17.Jerom Boateng
27.David Alaba
32.Yosua Kimmix
14.Ivan Perishich
18.Leon Goreska
22.Cerj Gnabri
06.Tyago Alkantara
25.Tomas Myuller
09.Robert Levandovski
19.Alfonso Deyvis
ZAHIRA
26.Inyaki Penya (D)
13.Neto (D)
33.Ronald Arauxo
24.Xunior Firpo
44.Oskar Minguyeza
04.Ivan Rakitich
42.Monchu
46.Lyudovit Reys
28.Riki Puch
17.Antuan Grizmann
11.Usmon Dembele
31.Ansuman Fati
  39.Ron-Torben Xoffman (D)
26.Sven Ulrayx (D)
21.Lukas Ernandes
04.Niklas Zyule
02.Alvaro Odriosola
08.Xavi Martines
10.Filippe Koutinyo
11.Mikael Kuizans
42.Jamal Musila
24.Korenten Tolisso
29.Kingsli Koman
35.Joshua Zirkii

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Bavariya" "Barsa"ni tor-mor keltirib, yarim finalga yo‘l oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
GOOOOOL! Filippe Koutinyo, dubl! 2:8!
88'
Sakkizinchi golga bir baxya qoldi
85'
Yosua Kimmix sariq kartochka oldi
85'
GOOOOOOOL! Filippe Koutinyo, 2:7!
84'
"Bavariya"da o‘zgarish: Devis o‘rniga Tolisso, Goreska o‘rniga Ernandes tushirildi
82'
GOOOOOOL! Robert Levandovski, 2:6! Ammo vaziyatni VAR tekshirmoqda. Gol inobatga olindi. Koutinyo golga assistentlik qildi
79'
"Bavariya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
77'
Kataloniyaliklar yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi. Messi jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. Noyer to‘pni egalladi
75'
"Bavariya"da o‘zgarish: Gnabri o‘rniga Koutinyo, Boateng o‘rniga Niklas Zyule tushirildi
70'
"Barselona" vabankka qo‘l urdi. Serxio Buskets o‘rniga Ansu Fati tushirildi. "Ko‘k-anorranglilar" 4 hujumchi bilan o‘ynamoqda
69'
Bu safar ter Shtegen qutqardi
68'
VUUUUUUUH! Koman yaqin masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. Alba to‘p yo‘liga o‘zini tashlab, jamoasini oltinchi goldan qutqarib qoldi
67'
"Bavariya"da o‘zgarish: Perishich o‘rniga Kingsli Koman tushirildi
67'
Semedu va Devis bosh bilan to‘qnashib ketishdi. Alfonso jarohat oldi
65'
Messi o‘z uslubida jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
63'
GOOOOOOOL! Yosua Kimmix, 2:5! Alfonso Devis o‘z qanotida Semeduni aldab o‘tib darvozabon maydonchasiga kirib keldi va uzatma berdi. Kimmix bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi
61'
"Bavariya" murabbiylar shtabidagilardan biriga ogohlantirish berildi
60'
Perishich 17 metrlardan noaniq zarba berdi
60'
Alba ogohlantirish oldi
57'
GOOOOOOOL! Luis Suares, 2:4! Messining uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydoni tashqarisidagi Suaresga uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi Jerom Boatengni chiroyli aldab o‘tdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! Intriga qaytmoqda
55'
"Barsa" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar ishonchli o‘ynashdi
54'
Luis Suares sariq kartochka oldi
53'
"Bavariya" tezkor qarshi hujum tashkil qilib, gol urdi. Ammo Levandovski ofsaydda qolgani uchun gol bekor qilindi
51'
Alfonso Devisga ogohlantirish berildi
51'
Goreska "Barsa" jarima maydoni ichida to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirid va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
49'
Vuuuuh! "Bavariya"da yaxshi imkoniyat. Olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Myuller Pikedan ustun keldi va to‘pni egallab Perishichga yetkazdi. Ivanning zarbasi kuchli va aniq. Ter Shtegen to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Barselona"da o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Grizmann tushirildi
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Bavariya" - 1:4.
45'
"Barsa"dan yaxshi hujum. Suares 17 metrlardan zarba berdi. Noyer qaytarib qoldi
42'
Jerom Boateng sariq kartochka oldi. U Suaresga nisbatan fol ishlatdi
42'
"Bavariya" tempni biroz pasaytirdi, ammo o‘yinni nazorat qilmoqda. Xotirjamlik bilan
39'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Levandovski bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
36'
Perishich "Barsa"ni ayadi. Ter Shtegen va Pike qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishgandi
34'
"Barsa" burchak zarbasini amalga oshirdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
32'
"Bavariya" tinmayapti, Myunxen to‘xtamayapti. Goreska jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. Biroz noaniq
31'
GOOOOOOOL! Tomas Myuller, 1:4! Kimmix o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Myuller yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi!
31'
Myunxen superklubi "Barsa"ni to‘liq to‘psiz qoldirdi!
29'
Ehhhhh Levandovski! "Barselona"ni kechirdi. Ter Shtegen qutqardi. Erta pressing ishg bermoqda "Bavariya"ga
28'
GOOOOOOL! Serj Gnabri! 1:3! Goreskaning uzatmasidan keyin Gnabri himoyachilardan qochib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi
27'
Vuuuuh! "Bavariya" gol urishga juda yaqin keldi. Perishich chap qanotdan yetkazgan uzatmani Mark-Andre qo‘lidan chiqarib yubordi. Levandovskining zarbasi kuchli chiqmadi. Ter Shtegen oyog‘i bilan qaytarib qoldi
26'
"Barselona" ketma-ket ikkita burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Langle bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Boz ustiga, Kleman ofsaydda qolgan ekan
24'
"Bavariya"ning yuqori pressingi naf bermoqda. Hozir ham ular raqibdan to‘pni olib qo‘yishdi. Ammo Boateng yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
21'
GOOOOOOOL! Ivan Perishich, 1:2! "Bavariya" futbolchilari maydonning raqibga tegishli qismida Robertodan to‘pni olib qo‘yib, tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Perishich jarima maydoniga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p Ter Shtegenning oyog‘iga, to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi
20'
Vuuuh! Messi 2-3 futbolchi orasidan o‘tib jarima maydoniga kirar-kirmas zarba berdi. Noyer to‘pni egallab oldi
18'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Goreska bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
17'
"Bavariya" burchak zarbasi ishladi
13'
Xavfli vaziyat! Bosh bilan yetkazilgan uzatmani Myuller yerga tushirmasdan 14 metrlardan darvoza tomon tepdi. Noaniq
12'
Chap qanotdan Devis "Barsa" jarima maydoniga uzatma berdi. Langle bosh bilan to‘pni maydondan chiqarib yubordi. "Bavariya" ijrosidagi burchak zarbasi samarasiz chiqdi
11'
Lionel Messi sariq kartochka oldi. U oldinga o‘tayotgan Devisning oyog‘idan chalib yiqitdi
10'
UUUHHHHHHH! Messi o‘ng qanotdan aylanma uslubda zarba berdi. To‘pga kataloniyalik futbolchilar yeta olishmadi, ammo to‘p olis ustunga tegib qaytdi!
9'
Vuuuuuh! Semeduning ajoyib uzatmasidan keyin Suares raqib jarima maydoni ichida darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Urugvaylik futbolchining zarbasini Noyer qaytardi
7'
GOOOOOOOL! Devid Alaba, 1:1! Avtogol! Alba chap qanotdan yetkazgan uzatmani markaziy himoyachi qaytarishga urinib, Noyerning ustidan "parashyut" zarba berib qo‘ydi. To‘p to‘rga borib tushdi!
4'
GOOOOOOOL! Tomas Myuller! 0:1! Germaniyalik futbolchi jarima maydoni ostonasida Levandovski bilan "devor" o‘ynab oldi va 13 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytara olmadi
3'
Vuuuuh! "Barselona" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Roberto o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydoni ichida ochilgan Suaresga uzatma berdi. So‘nggi pallada Noyer qutqarib qoldi
2'
Maydon markazi uchun kurash boshlanib ketdi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barsa" futbolchilari kiritib berishdi
'
Nominal mehmon hisoblangan "Bavariya" bugun oq rangli futbolkalarda harakat qiladi. "Barsa" esa o‘zining an’anaviy shaxmat shaklidagi ko‘k-anorrang futbolkasida o‘ynaydi
'
Jamoa sardorlari va hakamlar ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
'
«Barselona» va «Bavariya» klublari Lissabondagi «Eshtadiu da Lush» stadioniga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasining chorak final bochqichidan o‘rin olgan uchinchi o‘yinga yetib keldik
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.