Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Yarim final. 19.08.2020. soat 23:59

LION

0 : 3

BAVARIYa

Serj Gnabri (18, 33)
Robert Levandovski (88)
JAMOALAR TARKIBI
01.Antoni Lopesh (D)
06.Marselo
20.Marsal
05.Jeyson Denayer
14.Leo Dyubua
39.Bruno Gimaraes
08.Ussem Auar
11.Memfis Depay
25.Maksans Kakre
21.Karl Toko Ekambi
27.Maksvel Korne
  01.Manuel Noyer (D)
17.Jerom Boateng
27.David Alaba
32.Yozua Kimmix
14.Ivan Perishich
18.Leon Goreska
06.Tyago Alkantara
22.Cerj Gnabri
19.Alfonso Devis
25.Tomas Myuller
09.Robert Levandovski
ZAHIRA
30.Chiprian Teterushanu (D)
02.Mapu Yanga-Mbiva
31.Melvin Bard
03.Yoakim Andersen
04.Rafael
23.Kenni Tete
12.Tiago Mendes
17.Jeff Ren-Adelaid
22.Jean Lukas
36.Matis Cherki
10.Bertran Traore
09.Mussa Dembele
  26.Sven Ulrayx (D)
39.Ron-Torben Xoffman (D)
04.Niklas Zyule
02.Alvaro Odriosola
21.Lukas Ernandes
24.Korenten Tolisso
05.Benjamin Pavar
11.Mikael Kuizans
10.Filipe Koutinyo
08.Xavi Martines
35.Joshua Zirkii
29.Kingsli Koman

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Bavariya" Yevropa chempionlar ligasi finaliga chiqdi. "Lion"ning ertagi esa yakunlandi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
GOOOOOOL! Robert Levandovski, 0:3! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga polshalik futbolchi bosh bilan zarba berib, darvozani zabt etdi
83'
Auar 16 metrdan aniq zarba berdi. Noyer o‘z o‘rnida
82'
"Bavariya"da ikkita o‘zgarish: Alaba o‘rniga Tolisso, Goreska o‘rniga Pavar tushirildi
81'
Goreska 18 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Myullerga tegib qaytdi.
80'
Aslida uzatma berilayotgan paytda Koutinyo ofsaydda emas ekan. Faqat yo‘l-yo‘lakay Myullerning oyog‘iga tekkani uchun ofsayd deya baholandi
80'
Koutinyo darvozani ishg‘ol qildi. Laysmenni bayroqni ko‘tardi. VAR vaziyatni tekshirmoqda
78'
Oho! Koutinyo jarima maydoni burchagidan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
75'
"Bavariya"da o‘zgarish: Gnabri o‘rniga Koutinyo tushirildi
75'
Hozirgina maydonga tushgan Cherki 6-7 metr masofadan darvoza tomon muvaffaqiyatli zarba bera olmadi
73'
"Lion"da o‘zgarish: Marsal o‘rniga Matis Cherki tushdi
72'
"Lion" hujum qilishda o‘zida kuch topmoqda. Myunxenliklar mudofaasi yaxshi o‘ynamoqda
68'
Levandovski yaxshi imkoniyat. Polshalik futbolchi himoyachi ta’qibi ostida zarba bera olmadi
66'
Auar bir himoyachidan o‘tib, ikkinchisidan o‘tdi, so‘nggi pallada Alaba to‘pni maydondan chiqarib yubordi
65'
"Bavariya" xotirjamlik bilan o‘yinni nazorat qilmoqda. Tavakkal qilishga shoshilmayapti
63'
"Bavariya"da o‘zgarish: Perishich o‘rniga Kingsli Koman tushirildi
58'
VUUUUUUH! "Lion" 100%li imkoniyatdan foydalana olmadi. Ekambi yakkama-yakka vaziyatda Noyerni dog‘da qoldira olmadi!
56'
Xavfli zarba. "Lion" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Kakre bosh bilan aniq zarba yo‘lladi. Noyer to‘pni egallab oldi
51'
Vuuuuuh! Perishich "Lion" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Lopesh to‘pni egallab oldi
50'
To‘p nazorat myunxenliklar tomonida
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Bavariya"da o‘zgarish: Boateng o‘rniga Zyule tushirildi
46'
"Lion"da o‘zgarish: Gimaraes o‘rniga Tiago Mendes tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Lion" - "Bavariya" - 0:2.
43'
Goreska olis masofadan zarba berdi, ammo to‘p jarima maydoni ichidagi Levandovskiga tegib qoldi
41'
Ekambida yaxshi imkoniyat, ammo "Lion" futbolchisi bundan foydalana olmadi
38'
Vuuuuh! Gnabrining ajoyib uzatmasidan keyin Levandovski shundoqqina ustun oldidan to‘pni darvozaga bura olmadi
33'
GOOOOOOL! Serj Gnabri, 0:2! "Bavariya" ajoyib kombinasiya tashkil qildi. Aslida qanotdan yetkazilgan uzatmani Levandovski 3-4 metrdan darvozaga joylashi kerak edi. Ammo zarba kuchsizroq chiqqani uchun Lopesh qaytardi. Qaytgan to‘pni Gnabri yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi
31'
Xavfli vaziyat! Levandovski Myuller bilan "devor" o‘ynab jarima maydoniga kirdi, ammo Lopesh biroz oldinga chiqdi va xavfni bartaraf etdi
30'
Goldan keyin ustunlik to‘lig‘icha "Bavariya" tomoniga o‘tib ketdi
27'
Devis jarima maydoniga kirib borib, zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Ammo kanadalik futbolchi ofsaydda qolgan ekan
25'
Olis masofadan "Lion" jarima maydoniga yetkazilgan uzatmani himoyachi muvaffaqiyatsiz qaytardi. To‘pni Gnabri egalladi va darvoza tomon zarba berdi. Lopesh qaytardi
22'
"Bavariya" jarima zarbasini chiroyli amalga oshirdi. Tezlik bilan jarima maydoniga kirgan Myuller uzatma berildi. Zarba chog‘ida Tomasning oyog‘iga to‘pga tegmay qoldi.
18'
GOOOOOOOL! GNABRI esa hisobni ochmoqda. Serj jarima maydoni atrofida 2 himoyachini aldab o‘tdi va 16 metrdan chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
17'
VUUUUUUUUH! Ekambi jarima maydoniga kirdi, himoyachini aldab o‘tdi va 4-5 metrdan darvoza tomon zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi!!! "Lion" kamida uchinchi marta "Bavariya"ni kechirmoqda
13'
Vuuuuuh! "Lion" yana bir golli vaziyatni yuzaga keltirdi. Toko-Ekambi chap tomonda Goreskadan qochib ketib, jarima maydoniga kirdi va darvoza oldida ochiq turgan Korne tomon pas berdi. So‘nggi pallada Boateng xavfni bartaraf etdi. Xavfli vaziyatlar bo‘yicha ustunlik "Lion" tomonida.
11'
"Lion" qarshi hujum tashkil qildi. Depay chap qanotdan bergan uzatma-zarbasi kuchli chiqqani uchun Korne unga yeta olmadi
11'
Oho! "Bavariya" golli vaziyat yaratdi. Goreska jarima maydoniga kirib zarba berdi. Zarbasi qovushmadi
9'
Lionliklar burchak zarbasini kombinasiya shaklida o‘yinga kiritishdi. Noyer musht bilan to‘pni urib yubordi
9'
"Lion" o‘ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qilib, burchak zarbasi ishladi
6'
"Bavariya" burchak zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
4'
VUUUUUUUH!!! Depay yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, Noyerni ham aldadi, ammo bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba bera olmadi!
3'
Depay chap qanotdan jarima maydoniga kirib, jamoadoshiga uzatma berishga harakat qildi. Ammo to‘p himoyachidan o‘tmadi
1'
"Bavariya" ilk hujumdayoqni to‘pni raqib jarima maydoni atrofiga yo‘naltirdi. "Lion" himoyachilari to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga myunxenliklar kiritib berishdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelib, saf tortishmoqda. Chempionlar ligasi madhiyasi yangraydi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchisini bilib olamiz. «Lion» va «Bavariya» klublari Lissabondagi «Joze Alvalade» stadionida o‘zaro to‘qnash kelishmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.