Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa ligasi. Final
| 21 avgust. soat 23:59 | ||
SEVILYaLyuk de Yong (12, 33)
Romelu Lukaku (74-avtogol) |
3 : 2 |
INTERRomelu Lukaku (5-penalti)
Diyego Godin (36) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yassin Bunu (D) 20.Diyego Karlos 23.Serxio Regilon 12.Yules Kounde 10.Ever Banega 16.Xesus Navas 25.Fernando 05.Lukas Okampos 24.Joan Jordan 41.Suso 19.Lyuk De Yong |
01.Samir Xandanovich (D) 95.Alessandro Bastoni 02.Diyego Godin 06.Stefan de Vrey 05.Roberto Galyardini 15.Eshli Yang 33.Danilo D'Ambrozio 23.Nikolo Barella 77.Marselo Brozovich 10.Lautaro Martines 09.Romelu Lukaku |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Tomash Vaslik (D) 31.Xavyer Dias (D) 03.Serxio Gomes 18.Serxio Eskudero 40.Pablo Perez 22.Franko Vaskes 36.Jenaro Rodriges 28.Xose Lara 21.Oliver Torres 17.Nemanya Gudel 11.Munir 51.Yussef En-Nesiriy |
27.Daniyele Padelli (D) 34.Kristiano Biragi 31.Lorenso Pirola 37.Milan Shkrinyar 13.Andrea Ranokkya 87.Antonio Kandreva 12.Stefano Sensi 20.Borxa Valero 11.Viktor Mozes 24.Kristian Eriksen 07.Aleksis Sanches 30.Sebastyano Esposito |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Sevilya" o‘z tarixida 6-marta Yevropa ligasi/UYEFA kubogini qo‘lga kiritdi. Rekord! |
| 90+5' | ![]() |
60 soniya qoldi... |
| 90+1' | ![]() |
Uhhh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kandreva muvaffaqiyatli zarba bera olmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Inter"da o‘zgarish: Diyego Godin o‘rniga Kandreva tushirildi |
| 89' | ![]() |
"Inter" tezkor hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar egallab olishdi |
| 85' | ![]() |
"Sevilya"da ikkita o‘zgarish: De Yong o‘rniga Yusuf en-Nesiriy, Diyego Karlos o‘rniga Nemanya Gudel tushirildi. |
| 84' | ![]() |
Aleksis Sanches ofsaydda qoldi |
| 82' | ![]() |
VUUUUUH! Kunde chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi! |
| 80' | ![]() |
Banega o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Kunde bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 78' | ![]() |
Kristian Eriksen, Aleksis Sanches, Viktor Mozes maydonga tushirildi. Maydonni D'Ambrozio, Lautaro va Galyardini tark etdi |
| 77' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Suso o‘rniga Franko Vaskes tushirildi |
| 77' | ![]() |
Konte birdaniga 3ta o‘zgarish tayyorlamoqda |
| 74' | ![]() |
GOOOOOOOL! Romelu Lukaku - avtogol, 3:2! Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Inter" himoyachisi bosh bilan qaytardi. Diyego Karlos chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p esa Lukakuning oyog‘idan darvozaga burilib ketdi. |
| 73' | ![]() |
Galyardini sariq kartochka oldi. |
| 72' | ![]() |
Eshli Yang jarimadan to‘pni darvoza yaqiniga yetkazdi. Bunu mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 69' | ![]() |
Okampos jarohat oldi. Lopetegi maydonga Munir el-Haddodiyni tushirmoqchi |
| 65' | ![]() |
VUUUUUH! Lukaku darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Bunu jamoasini qutqardi! |
| 61' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan uzatma berdi. "Inter" himoyachisi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 59' | ![]() |
"Inter" burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Eshli Yang olis masofadan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
Regilon chap qanotdan Godinni aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 55' | ![]() |
Bastoni ogohlantirish oldi. Susoning oyog‘ini bosib oldi |
| 54' | ![]() |
Suso jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi. Godin to‘pni qaytardi |
| 52' | ![]() |
"Inter"da ajoyib imkoniyat. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Ammo qaytgan to‘pga Galyardini birinchi bo‘lib yetib keldi va hech kim xalal bermayotgan vaziyatda zarba berdi. To‘p o‘zini yerga tashlagan "Sevilya" futbolchisiga tegib qaytdi |
| 50' | ![]() |
To‘p asosan maydon markazida. Ikkinchi bo‘lim boshida jamoalar ehtiyotkor harakat qilayotgandek |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym start oldi |
| 45+2' | ![]() |
Hakam burchak zarba bermadi. Chunki bo‘lim tugagan edi. Hozircha "Sevilya" - "Inter" - 2:2. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuh! Banega jarimadan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Okampos bosh bilan zarba yo‘lladi. Xandanovich mushti bilan to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Ever Banega ogohlantirish oldi. Podkat orqali u Brozovichni yiqitdi |
| 41' | ![]() |
Barella sariq kartochka oldi. U Baneganing oyog‘idan tepdi |
| 39' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan yaxshi uzatma berdi. Ammo to‘pga hech kim tashlanmadi |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOOL! Diyego Godin, 2:2! Bu safar "neradzurri" standartdan samarali foydalandi. Brozovich yetkazgan uzatmani Godin bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 33' | ![]() |
GOOOOOL! Lyuk de Yong, 2:1! Banega jarimadan to‘pni darvozabon maydoni burchagi tomon yetkazdi. De Yong bosh bilan bergan zarbadan so‘ng to‘p Xandanovichning ustidan oshib o‘tib, to‘rga borib tushdi |
| 32' | ![]() |
Suso o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirdi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi. Unga himoyachi xalal berdi |
| 28' | ![]() |
Galyardini yetkazgan uzatmaga D'Ambrozio bosh bilan zarba berishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 27' | ![]() |
Banega jarima zarbasini amalga oshirdi. Okampos bosh bilan ancha noaniq zarba berdi |
| 26' | ![]() |
"Sevilya"ning hujumi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani "Inter" markaziy himoyachisi qaytardi |
| 22' | ![]() |
Okampos jarima maydoni burchagidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
"Inter" qarshi hujumga o‘tdi. Lautaro raqib jarima maydoniga kirib yiqildi. Fol yo‘q. |
| 18' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma himoyachilar orasidan o‘tib D'Ambrozioga kelib tushdi. Danilo darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. To‘p tezligi yuqori edi |
| 18' | ![]() |
Antonio Konte ogohlantirish oldi. U hakamga e’tiroz bildirgan edi |
| 17' | ![]() |
To‘p "Sevilya" jarima maydoni ichida himoyachining qo‘liga tegdi. Milanliklar penalti talab qilishmoqda. Ammo himoyachining qo‘li tabiiy holatda edi |
| 15' | ![]() |
Okampos 18 metrlardan yerlatib zarba berdi. "Inter" posboni to‘pni egallab oldi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOL! Lyuk de Yong, 1:1! Xesus Navas chap qanotdan yetazilgan uzatmani hujumchi bosh bilan "Inter" darvozasiga joyladi. To‘p Xandanovichning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi |
| 11' | ![]() |
"Sevilya" burchak zarbasi ishladi |
| 8' | ![]() |
To‘p nazorati hozircha "Inter" tomonida |
| 5' | ![]() |
GOOOOOL! Romelu Lukaku! Yassin Bunu to‘p yo‘nalishi topdi, ammo qaytara olmadi. |
| 4' | ![]() |
Diyego Karlos ogohlantirildi |
| 3' | ![]() |
PENALTI! "Sevilya" darvozasiga! Milanliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Lukaku himoyachidan o‘tib ketdi. Diyego Karlos esa belgiyalik futbolchini qoidaga xilof ravishda yiqitdi |
| 2' | ![]() |
Suso to‘pni "Inter" jarima maydoniga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni yon qanotga qaytarishdi |
| 2' | ![]() |
"Sevilya" burchakka yaqin joyda jarima zarbasi ishladi. D'Ambrozio raqibining yuziga tirsagi bilan turtdi |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Romelu Lukaku kiritib berdi. Boshladik |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Yevropa ligasining joriy mavsumdagi g‘olibi aniqlanadi. Finalda Ispaniyaning «Sevilya» va Italiyaning «Inter» klublari to‘qnash kelishmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|