Ispaniya La-ligasi, 25-tur
| 22 fevral, 20:00 | ||
REAL MADRIDIlyarimendi (34)
Beyl (72) Isko (81) |
3 : 0 |
ELCHE |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Diyego Lopes Karvaxal Pepe Varan Arbeloa Xese Alonso Beyl Ilyarramendi Di Mariya Benzema |
Manu Errera Albakar Lomban Botia Sisma Xavi Markes Rivera Xil R.Peres del Moral Koro |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi 3:0. |
| 90' | ![]() |
Karvaxaldan to‘pni qabul qilib olgan Beyl raqib bilan to‘qnashib ketdi va maydonga quladi. |
| 88' | ![]() |
Iskooooo!! Ispan juda yaxshi harakat qildi va ajoyib pas bilan Beylni darvozabon bilan duyelga yubordi. Uning zarbasidan keyin to‘p shtangaga tegdi. baribir ofsady bor edi. |
| 84' | ![]() |
Isko maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va Moratani oldinga boshladi. Alvaro qanotdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, lekin Errera o‘z o‘rnida. |
| 82' | ![]() |
«Real» yana to‘pni nazorat qilmoqda. Bugun jamoa hech qanday qiyinchiliksiz g‘alabaga erishmoqda. |
| 80' | ![]() |
Bugun juda zo‘r o‘ynagan Karim Benzema o‘rniga Alvaro Morata tushmoqda. |
| 77' | ![]() |
Benzema o‘ng qanotda to‘pni egallab olib, uni darvoza yaqinidagi Iskoga uzatdi. Ispan darvozabonni ham aldab, ajoyib golga mualliflik qildi. |
| 76' | ![]() |
Isko hisobni 3:0ga yetkazdi. |
| 75' | ![]() |
Gooooooooooooool |
| 72' | ![]() |
O‘yin ancha sekinlashdi. Mehmonlarda ham o‘zgarish. Riveru o‘rniga Niges tushdi. Manu o‘rniga Fidel. |
| 70' | ![]() |
Xese o‘rnida Isko tushdi. |
| 68' | ![]() |
Xabi Alonsodan to‘pni qabul qilgan Beyl 30 metrdan ajoyib zarba berib darvozani ishg‘ol qildi. |
| 67' | ![]() |
Garet Beyl bu mavsumdagi 10-golini kirtimoqda. |
| 65' | ![]() |
Garey Beyl |
| 64' | ![]() |
Goooooooool |
| 60' | ![]() |
Agar bugun «Real» g‘alaba qozonsa, bu jamoaning mavsumdagi o‘z maydonidagi 15-g‘alabasi bo‘ladi. |
| 58' | ![]() |
«Real» kelasi haftada chempionlar ligasida qatnashadi, shuning uchun jamoa to‘pni nazorat qilib tempni tushirmoqda. |
| 56' | ![]() |
«Real»ning uchta himoyachisi hujumda yuribdi. Illaramendi Pepe bilan devor uslubida o‘ynadi va to‘p varanga kelish tushdi. Lekin Varan to‘pni oldirib qo‘ydi. |
| 54' | ![]() |
Pepe yana hujumga qo‘shildi va to‘pni qanotdagi Beylga uzatdi. Garetning 20 metrlardan bergan zarbasi juda kuchli chiqdi, lekin noaniq. |
| 52' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotda to‘pni egallab oldi va himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Karimning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 50' | ![]() |
Pepe maydon markazida Peresga qarshi qo‘pollik uchun sariq kartochka oldi. |
| 48' | ![]() |
Xabi Alonso markazdan turib Xesega to‘pni uzatdi, Xese to‘pni Benzemaga tashlab berdi, lekin Kapimning zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Kutilganidek birinchi bo‘limga hech nima qo‘shib berilmadi. |
| 42' | ![]() |
Di Mariya himoyachilarni chalg‘itgan holda to‘pni Benzemaga uzatdi. Karimning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon egallab oldi. |
| 39' | ![]() |
«Real» juda katta ustunlik bilan to‘pni nazorat qilmoqda. |
| 37' | ![]() |
Rivera maydon markazida Xabi Alonsoga qarshi qo‘pol o‘ynadi sariq kartochka oldi. |
| 35' | ![]() |
«Real» goldan keyin katta ustunlik bilan to‘pni nazorat qilishni davom ettirmoqda. |
| 33' | ![]() |
Bu Asyerning «Real»dagi ilk goli. |
| 32' | ![]() |
Di Mariya yana hujumni boshlab berdi. U to‘pni Pepega uzatdi, himoyachi esa Illaramendining qulay vaziyatda turganini ko‘rdi va unda pas berdi. Illara esa kuchli zarba bilan hisobni ochdi. |
| 30' | ![]() |
Illaramendi!!!!!!!!!! |
| 29' | ![]() |
Goooooooooooool |
| 27' | ![]() |
Pepe bugun juda ko‘p hujumga o‘tmoqda. Uning to‘p uzatishidan keyin Beyl oldinga yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan edi, lekin ofsayd. |
| 25' | ![]() |
«Real»ning hujumlari xavfli ko‘rinish olmoqda. Illara to‘pni Beylga uzatdi, o‘z navbatida Garte ham to‘pni Alonsoga tashlab berdi. Xabining 30 metrlardan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 23' | ![]() |
Di Mariya qanotdan to‘pni egallab oldi va uchta himoyachini aldab o‘tib, darvozaga zarba berdi, lekin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 21' | ![]() |
Di Mariya raqib himoyasini parchalab tashlab Xesega to‘pni kesib tashlagan edi, lekin hujumchi uni tushunmadi. |
| 19' | ![]() |
Uxxxx PEPE. Rivera to‘pni Koroga uzatdi. Hujumchi nimanidir kutganday to‘pni ushlab turidi, lekin Pepe undan to‘pni olib qo‘ydi. |
| 17' | ![]() |
«Real» raqib jarima maydonidayoq pressingni boshlab yubormoqda. Ular qamalda! |
| 15' | ![]() |
Di Mariya himoyachini aldab o‘tgan holda Benzemaga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Karim darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi, lekin uning zarbasini Errera ushlab oldi. |
| 13' | ![]() |
Pepe hujumga qo‘shildi va to‘pni Xesega uzatdi. Hujumchining zarbasini esa himoyachi qaytardi. |
| 11' | ![]() |
«Elche»ning birinchi hujumi. Manu qanotda to‘pni qabul qilib oldi va to‘xtatmay zarba berdi, lekin Lopes qiyinchiliksiz to‘pni egallab oldi. |
| 10' | ![]() |
«Real» burchakdan to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Alonsoning to‘p uzatishidan keyin Varan bosh bilan zarba berdi, noaniq. |
| 9' | ![]() |
Di Mariya har galgidek juda zo‘r o‘ynamoqda. Bu safar Anxel Xeseni qanotdan oldinga borayotganini ko‘rdi va unga to‘pni tashlab berd, lekin darvozabon aniq o‘ynadi. |
| 7' | ![]() |
Ex Beyl. Alonso uni ofsayd chizig‘ida juda chiroyli pas bilan ta’minlagan edi, lekin Garet to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. |
| 5' | ![]() |
!!!!! «Real» o‘yinni juda faol boshladi. Di Mariya Benzemani juda qulay vaziyatga olib chiqdi. Karimning yaqin burchakka zarba yo‘lladi, lekin darvozabon aniq o‘ynadi. |
| 3' | ![]() |
O‘yin Ramosning buvasi olamdan o‘tgani uchun bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
O‘yindan oldin Karlo Anchelotti Ronalduning maydonga tushishi mumkin ekanini aytgan edi, lekin futbolchining diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoldi. U bugun ham o‘ynamaydi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Real» hamda «Elche» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|