Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya premyer-ligasi-2020/2021, 6-tur
| 24.10.2020. soat 21:30 | ||
MAN. YUNAYTED |
0 : 0 |
CHELSI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 02.Viktor Lindelyof 05.Xarri Maguayr 23.Lyuk Shou 39.Skott Maktominey 08.Xuan Mata 17.Fred 18.Brunu Fernandesh 21.Daniel Djeyms 29.Aaron Van-Bissaka 10.Markus Reshford |
16.Eduar Mendi (D) 06.Tiago Silva 28.Sesar Aspilikueta 15.Kurt Zuma 21.Ben Chiluell 24.Ris Djeyms 29.Kay Xaverts 05.Jorjinyo 07.N’Golo Kante 10.Kristian Pulishich 11.Timo Verner |
|
| ZAHIRA | ||
|
26.Din Xenderson (D) 38.Aksel Tunzebe 31.Nemanya Matich 06.Pol Pogba 34.Donni Van de Bek 11.Meyson Grinvud 07.Edinson Kavani |
13.Vilfredo Kabalyero (D) 02.Antonio Ryudiger 22.Xakim Ziyex 17.Mateo Kovachich 19.Meyson Maunt 09.Tamarayebi Abraxam 18.Olivye Jiru |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv tugadi — 0:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90+1' | ![]() |
VUUUH! Reshford g‘alaba to‘pini kiritishi mumkin edi. Markus jarima maydoni chizig‘i ustida to‘pni olis burchak tomon aylantirdi. Mendi ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi |
| 88' | ![]() |
Grinvud raqib jarima maydonining o‘ng qanotidan ichkariga uzatma berdi. Kavani yo‘llagan zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 87' | ![]() |
Hakim Ziyosh burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni Jorjinyo olis masofadan darvoza tomon tepishga urindi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 85' | ![]() |
"Chelsi" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 83' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Maktomini o‘rniga Grinvud tushirildi |
| 80' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Pulishich o‘rniga Hakim Ziyosh tushirildi |
| 80' | ![]() |
O‘yin so‘ngida "MYu" bosimni oshirmoqda. Pogbaning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 77' | ![]() |
Futbolchilarda charchoq alomatlari sezila boshladi. Ular tez-tez jarohat olishmoqda yoki maydonga yotib olishmoqda |
| 71' | ![]() |
"Chelsi"da ikkita o‘zgarish: Verner va Xavers o‘rniga Maunt va Abraxam tushirildi |
| 70' | ![]() |
Kavani o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Mendi egallab oldi |
| 69' | ![]() |
Yaxshi vaziyat. Reshford chap qanotdan jarima maydoniga kirdi va Aspilikuetani aldab zarba berdi. Ammo Sesarning o‘zi to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi |
| 68' | ![]() |
O‘yin tempi biroz tushdi. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda |
| 63' | ![]() |
"Chelsi" yaxshi qarshi hujum tashkil qilib, bor-yo‘g‘i burchak zarbasi ishladi |
| 60' | ![]() |
Vuuuh! Jeyms o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Pulishich biroz yeta olmay qoldi |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! Kavani to‘pga ilk teginishidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi. Fernandesh qanotdan yetkazilgan uzatmani urugvaylik futbolchi darvozaga burishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
"MYu"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Pogba va Kavani tushirildi |
| 54' | ![]() |
Mehmonlarning yana bir hujumi. So‘nggi pallada Van Bissaka to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda "Chelsi" futbolchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi |
| 53' | ![]() |
"Chelsi" kombinasiyalar orqali raqib jarima maydoniga kirib keldi. So‘nggi uzatmani himoyachilar qaytarib qolishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha - 0:0 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
Oho! Xuan Mata jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘lladi. Mendi seyv namoyish qildi |
| 40' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Maguayr bosh bilan qaytardi |
| 39' | ![]() |
Lyuk Shou sariq kartochka oldi |
| 35' | ![]() |
VUUUH! Reshford darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, 14 metrlardan zarba berdi. Mendi oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi |
| 34' | ![]() |
Pulishich bu safar markazdan jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 32' | ![]() |
Oho! Pulishich chap qanotda Lindelyofni aldab o‘tib, jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘pni De Xea egalladi |
| 31' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki aniq zarba. Fernandesh 20 metrlardan yo‘llagan to‘pni Eduar Mendi egallab oldi |
| 31' | ![]() |
"Yunayted" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Londonliklar xavfni bartaraf etishdi |
| 28' | ![]() |
Ris Jeyms chap qanotda belgilangan jarimadan darvoza tomon zarba berdi. To‘pni David de Xea egallab oldi |
| 26' | ![]() |
"Chelsi"da yaxshi imkoniyat. Xavers jarima maydoniga kirayotgan Vernerga uzatma berdi. Timo to‘pga yeta olmadi |
| 25' | ![]() |
"MYu" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mehmonlar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 20' | ![]() |
So‘nggi daqiqalarda Lempard jamoasi tashabbusni qo‘lga olayotgandek |
| 18' | ![]() |
"Chelsi" burchak zarbasini amalga oshirdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 12' | ![]() |
Hozircha darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi |
| 8' | ![]() |
To‘p nazorati Sulsher shogirdlari tomonida |
| 5' | ![]() |
Tomonlar navbati bilan hujum tashkil etishmoqda. Kombinasiyalar jarima maydoni atrofida uzilib qolmoqda |
| 2' | ![]() |
Manchester shahrida yomg‘ir yog‘moqda. |
| 1' | ![]() |
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga londonliklar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» - «Chelsi» o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|