Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
«A» SERIYa - 2020-21 / 11-TUR / 13.12.2020 22:00
| «A» SERIYa - 2020-21 | ||
JENOASturaro (60)
|
1 : 3 |
YUVENTUSDibala (56)
Ronaldu (77,88 penalti) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Mattia Perin (D) Mattia Bani Eduardo Goldaniga Andrea Masyello Luka Pellegrini Stefano Sturaro Ivan Radovanovich Lukas Lerager Nikolo Rovella Janluka Skamakka Marko Pyasa |
01.Voysex Shensni (D) 13.Danilo 19.Leonardo Bonuchchi 12.Aleks Sandro 14.Ueston Makkenni 16.Xuan Kuadrado 30.Rodrigo Bentankur 44.Deyan Kulusevski 07.Krishtianu Ronaldu 10.Paulo Dibala 22.Federiko Kyeza |
|
| ZAHIRA | ||
|
Lukash Zima (D) Alberto Paleari (D) Lennart Chiborra Daniel Dumbravanu Paolo Gilyone Valon Bexrami Filippo Melegoni Mixa Zays Djuzeppe Kaso Mattia Destro Goran Pandev Eldor Shomurodov |
77.Janluidji Buffon (D) 37.Radu Dregushin 38.Giyanluka Frabotta 05.Artur 04.Matteys De Ligt 08.Aaron Remsi 25.Adrian Rabyo 39.Manolo Portanova 33.Federiko Bernardeski 34.Kozimo Marko da Grasa |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. "Jenoa" o‘z maydonida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi |
| 90+3' | ![]() |
Uchrashuvga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Ronaldu yana penaltidan gol urdi – 1:3 |
| 87' | ![]() |
Penalti. Perin to‘pga chiqishda Morataga nisbatan qoida buzdi |
| 83' | ![]() |
"Yuve" safida ikkita o‘zgarish bo‘ladi. Dibala o‘rngia Kulusevski, Kyeza o‘rniga Bernardeski tushirildi |
| 82' | ![]() |
"Yuventus" futbolchisi Bentankur ogohlantirildi |
| 82' | ![]() |
Rovella va Radovanovich o‘rniga Pandev va Kasso maydonga tashlandi. |
| 79' | ![]() |
Pelegrini Dibalani osonlikcha ortda qoldirdi va to‘pni Eldorga qoldirdi. Shomurodov tovoni bilan uni Lukaga qaytardi, u esa yakuniy zarbada xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 77' | ![]() |
GOOOOOL! Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi |
| 76' | ![]() |
Kuadrado jarima maydoni ichida yiqitildi. Penalti. |
| 72' | ![]() |
Biz kutgan daqiqalar keldi. Shomurodov Pyasa o‘rniga tushirildi |
| 72' | ![]() |
VUUUH! Ronalduning bosh bilan yo‘llagan zarbasini Perin qaytardi |
| 68' | ![]() |
"Yuventus"da ham o‘zgaish bo‘ladi Rabyo o‘rniga maydonga Morata tushirildi |
| 67' | ![]() |
"Jenoa" safida o‘zgarish: Sturaro va Skamakka o‘rniga Behrami va Destro maydonga tushmoqda. |
| 60' | ![]() |
GOOOOOOL! "Jenoa" hisobni tenglashtirdi. Sturaro Pelegrining uzatmasini chiroyli tarzda golga aylantirdi |
| 58' | ![]() |
"Yuventus" ikkinchi golni ham urgandi, biroq Kyeza to‘pni qabul qilishda o‘yindan tashari holatda qolib ketgandi |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Dibala!!! Paulo mavsumdagi ilk golini "Jenoa" darvozasiga kiritdi. Raqib jarima maydonida himoyachilarni aldab o‘tgan, Dibala to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi |
| 53' | ![]() |
Kuadradoning jarimadan uzatgan to‘pini himoyachilar qaytarib yubordi |
| 48' | ![]() |
Dibalaning jarima maydoniga uzatmasi Perin tomonidan ushlab olindi. |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi taymga start berildi |
| ' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga qaytishdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0 |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 40' | ![]() |
Ronaldu jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llagan edi, to‘p yo‘l-yo‘lakay himoyachiga tegib, Perinning qo‘liga borib tushdi |
| 37' | ![]() |
"Jenoa"ning qarshi hujumi uyushtirishga harakat qilib ko‘rgandi, biroq Pyasa to‘pga yetib bora olmadi. |
| 34' | ![]() |
"Jenoa" jarima maydoniga uzatilgan to‘pga himoyachilar birinchi bo‘ldi. |
| 32' | ![]() |
Kyezaning qanotdan pastlatib uzatgan to‘pini Perin egallab oldi |
| 24' | ![]() |
"Yuventus"ning hujumlari yakunlanmay qolyapti, himoyachilar ishonchli harakat qilmoqda |
| 18' | ![]() |
ZARBA! Bentankurning zarbasi biroz noaniq ketdi. |
| 15' | ![]() |
"Jenoa" futbolchisi Goldaniga ogohlantirildi. |
| 10' | ![]() |
"Yuventus" to‘pni maydon markazida nazorat qilmoqda |
| 6' | ![]() |
O‘yin tempi biroz pasaydi. "Jenoa" ham oldinga o‘tishni boshladi |
| 1' | ![]() |
Mehmonlar o‘yinni ancha faol boshlashdi. Rabyo hujumda raqib posboniga nisbatan qoida buzganligi uchun ogohlantirildi |
| 1' | ![]() |
O‘yinga start berildi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Birozdan so‘ng "Jenoa" va "Yuventus" o‘rtasidagi uzoq kutilgan o‘yin start oladi. Uchrashuvni sizlar bilan birga kamina Jaloliddin Qobiljonov kuzatib boradi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|