Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 27-tur.

22 fevral, 17:45

CHELSI

Terri (90+3)

1 : 0

EVERTON

JAMOALAR TARKIBI
Chex
Ivanovich
Keyxill
Terri
Aspilikuyeta
Lempard
Matich
Villian
Oskar
Azar
Eto'O
  Hovard
Beyns
Distin
Jagyelka
Kolman
Berri
Makkarti
Pinaar
Osman
Mirallas
Traore

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. «Chelsi»ning fantastik g‘alabasi.
90+4'
Himoyachilar darvozadan 35 metrlar uzoqlikda Ramiresni yiqitishdi. Jarima zarbasini Lempard amalga oshirdi va Jon Terri bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi.
90+3'
TERRI TERRI TERRI TERRIIIIIIIIIIIIIII GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL
90+2'
O‘yinni boshqarib borayotgan Nik Robert «Chelsi»ning «Sautgempton»ga qarshi o‘yinida 96-daqiqada penalti belgilagan edi.
90'
O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi.
89'
!!!!!!!!!!!!!!!! Ramires. Yarim himoyachi Azardan to‘pni qabul qilib oldi va 30 metrlardan juda kuchli zarba yo‘lladi. Ozgina aniq bo‘lganida juda chiroyli gol bo‘lar edi.
87'
Sezar Aspilikuta maydon markazida raqibdan to‘pni olob qo‘ydi va darvoza yaqiniga uzatdi. Himoyachilardan qaytgan to‘pni Ivanovich egallab oldi va uni jarima maydoniga uzatdi. Shyurleda juda qulay vaziyat bo‘lgan edi, lekin noaniq zarba yo‘lladi.
85'
Andre Shyurle endi Azarning o‘rnida paydo bo‘ldi va qanotdan markazga o‘tgan holda zarba berdi, lekin ozgina noaniq.
83'
Shyurle maydon markazida juda mantiqsiz harakat qildi va to‘pni bu qanotdan narigisigacha olib keldi. Natijada to‘p Chexgacha yetib keldi va vaqt yutqazildi.
81'
Stivin Pinaar o‘rnida «Spartak»ning sobiq futbolchisi Eyden Maggidi tushdi.
79'
Jerar Deulofeu to‘pni qabul qilib oldi va chap qanotdan oldinga bordi. Uning yo‘lini Ramires to‘sdi va to‘pni olib qo‘ydi.
77'
Exxxxxxxxxx Torressssssssssssss. Azar jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni qabul qilib oldi va bitta himoyachini aldab o‘tib, zarba bermoqchi edi, lekin Torres Qora botirga o‘xshab unga to‘sqinlik qilib qoldi. Keyin Torres zarba berdi, endi Azar himoyachi o‘rnida.
75'
Keyin Mirales o‘rniga Jerar Deulofeu maydonga tushdi.
73'
Maydon markazida Garet Berriga nisbatan Matich qoida buzdi. Bugun qo‘polliklar juda ko‘p bo‘ldi.
71'
Hay hay hay. Torres haddan tashqari qizishib ketdi. Makkarti bilan kurashda u oyog‘ining tag qismiq bilan to‘pga tashlandi. Hakam uni ayadi.
69'
Matich maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va oldinga bordi. U to‘pni Torresga tashlab berdi, lekin himoyachilar uni egallab olishdi.
67'
Torres maydonni sog‘inib qolgani ko‘rinib turibdi. U juda faol o‘ynamoqda. Har bir to‘p uchun kurashmoqda.
65'
Leon Osman o‘rniga Rous Barkli maydonga tushdi. Barkli ham ancha vaqt jarohati sabab safdan chiqqan edi.
64'
Uzoq muddatli tanaffusdan keyin nihoyat Torres maydonga qaytdi.
63'
Villian o‘rniga Fernandi Torres tushdi.
61'
TIM HOVARD HOOOVARD. Azar to‘pni markazda qabul qilib oldi va chap oyoqda juda kuchli zarba berdi. Noqulay vaziyatda Hovard to‘pni qaytardi. Takroriy zarbani Ramires berdi 5 metrlardan bor kuch bilan berilgan zarbani Hovard aql bovar qilmas harakat bilan qaytardi.
59'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! LEON OSMAN. Buguni o‘yinda Osman ikki marta zarba berdi va har ikkisi ham xavfli. Bu safar hujumchi to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoni tashqarisidan yerlatib juda kuchli zarba berdi. Chex o‘z o‘rnida.
57'
«Everton» sardori Fil Jagiyelka xatoga yo‘l qo‘ydi va yaxshiyam o‘z xatosini tuzatishga ulgurdi. Himoyachi raqibni darvozabon bilan birga-bir chiqarishiga sal qoldi.
55'
Eheeeeeeeee to‘p regbi darvozasi bo‘lganida ham gol bo‘lmas edi. Juda noaniq zarba muallifi Villian.
54'
Jarima maydoniga yaqin joyda Neysmit keyxillga nisbatan qoida buzdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin.
52'
Mezbonlar qanotdan oldinga borishdi va to‘pni qabul qilib olgan Lempard zarba yo‘lladi, biroq himoyachilar aniq o‘ynashdi.
50'
Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi davom etmoqda. Xuddi jamoalari tanaffusga chiqishmagandek. APLga yarashmagan sust o‘yin.
48'
Ikkinchi bo‘lim avvalida kichik janjal bo‘lib o‘tdi. Pinaar yotgan holda to‘pni o‘zida saqlab turgani uchun Ramires u bila tepishib ketdi. Hakam ularni tinchlantirdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+2'
Hozircha 0:0. Jamoalar tanaffusga yo‘l olishmoqda.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
45'
Birinchi bo‘lim oxirida «Everton» juda yaxshi qarshi hujumni amalaga oshirdi. Neysmit hamda Makkartining kombinasiyasi o‘xshamay qoldi.
43'
Azardan to‘pni qabul qilib olgan Lempard juda xavfli harakat qildi. U to‘pni o‘zidan uzoqlashitirib yubordi va podkat tashladi. Bu vaziyatda Frenkining o‘zi jarohat olishi mumkin edi, lekin hammasi joyida.
41'
Uxxxxxx AZAR!!!!!!!!!!!!!!! Daxshatli futbolchi. Maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilardan juda chiroyli tarzda o‘tib ketdi, to‘pni Villianga uzatdi. Belgiyalik futbolchining zarbasi esa himoyachiga tegib qaytdi.
39'
Bugun «Everton» juda ko‘p burchakdan to‘p tepmqda. Leyton Beysn qanotdan oldinga o‘tgandi, uni Ivanovich to‘xtatib qoldi va to‘pni maydondan chiqarin yubordi.
37'
!!!!!!!!!!!!!!!!! O‘yindagi eng xavfli vaziyat. Samuel Eto'O jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va himoyachining oyog‘i orasidan to‘pni o‘tkazib zarba berdi, lekin Hovard ajoyib o‘ynadi.
35'
«Everton»ning kam sonli hujumlaridan birida Neysmitning yolg‘iz o‘zo burchak to‘pi ishladi, lekin 7-standart ham samarasiz bo‘ldi.
33'
«Chelsi»ning navbatdagi hujumi uzoq davom etdi. To‘p har ikki qanotga ham borib-keldi. Oxirgi zarbani Lempard berdi, lekin noaniq.
31'
«Everton» butun jamoa bo‘lib himoyalanmoqda. Faqatgina Neysmit oldinda.
29'
Azar o‘z usulida chap qanotdan markazgacha keldi va to‘pni narigi qanotdagi Ivanovichga uzatdi. Himoyachi to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, lekin himoyachilar aniq o‘ynashdi.
27'
Azar maydon markazida to‘pni qabul qilib olishda raqib bilan to‘qnashib yiqilib tushdi. Hakam qoida buzilmaganini ko‘rsatdi va stadion hushtakbozlik qilmoqda.
25'
«Chelsi» maydon markazini o‘z qo‘liga oldi. Matich asta-sekin o‘yinni raqib maydoniga olib kirdi.
23'
Bugun 30 yoshini nishonlayotgan Ivanovich xatoga yo‘l qo‘ydi va Miralesni o‘tkazib yubordi. Kevin Chexga bosim o‘tkazdi, lekin darvozabon shoshib qolmadi.
21'
Bugun «Everton» tarkibida Lassina Traore APLdagi debyutini o‘tkazmoqda, lekin u biror marta ham ko‘rigani yo‘q.
19'
«Everton»ning navbdatgi hujumi chap qanotdan rivojlandi. Kevin Mirales hech qanday qarshiliksiz (!) jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi. Mezbonlarning joniga sardop Terri oro kirdi.
17'
Bugungi o‘yin APLning yozilmagan qoidalaridan chekingan holda o‘tmoqda. Odatdagiday tinimsiz hujumlar yo‘q. Jamoalar ovchi misol payt poylab hujum qilishmoqda.
15'
«Everton»ning birinchi hujumi juda xafvli chiqdi. Chexing seyvidan keyin ikki marta burchak to‘pi tepildi va hujum qaytarildi.
14'
!!!!!!!!!!!!!!!!!! OSMAN!!! Neysmit jarima maydoni yaqinida to‘pni Leon Osmanga tashlab berdi va Osmanning juda kuchli va aniq zarbasini Peter Chex qaytardi.
12'
O‘yin biroz sekinlashdi. Maydonda sokinlik hukm surmoqda. Hech qanday vaziyat yo‘q
10'
Oskar jarima maydoniga kirmay juda kuchli zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘pni maydon tashqarisida chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pidan keyin esa Jon Terri bosh bilan zarba berdi, lekin Hovard yaxshi o‘ynadi.
8'
Mezbonlarning hujumi vaqtida Aspilikuyeta Miralesga qarshi qo‘pollik ishlatdi.
7'
«Chelsi» qator hujumlardan keyin to‘pni nazorat qilishga e’tibor qaratmoqda.
5'
«Everton»ning hujumga berilib ketganidan foydalangan «Chelsi» qarshi hujumga o‘tdi va Villian jarima maydonchasiga kirmay zarba berdi, biroq ozgina noaniq.
4'
Sezar Aspilikuta markazdan to‘pni egallab oldi va oldinga bordi. Udan to‘pni qabul qilib olgan Eto'O esa himoyachilarni aldan otib zarba bermoqchi edi, lekin bunga yo‘l qo‘yishmadi.
3'
«Chelsi» o‘yinni juda faol boshladi. Azarning navbatdagi reydidan keyin «Chelsi» burchak to‘pi tepadi. Lempardning to‘p uzatishidan keyin himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi. Ikkinchi urinishda esa Hovard to‘pni egallab oldi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
O‘yindan oldin futbolchilar bir daqiqa sukut saqlashmoqda.
'
Jamoalar o‘yinni boshlashga shay. Bugun Jon Terri safga qaytdi. Bnda tashqari Frenk Lempard APLdagi ham 527-o‘yinida maydonga tushmoqda.
'
Bugungi o‘yin juda qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. «Chelsi» mamlakat chempionatining 1-pog‘onasida borayotgan bo‘lsa, «Evetron» bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 6-o‘rinni band qilgan.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Angliya chempionati 27-turidan o‘rin olgan «Chelsi» hamda «Everton» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.