Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2020/2021
| 25-tur. 27.02.2021 | ||
SEVILYa |
0 : 2 |
BARSELONADembele(29)
Messi(85) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yassin Bunu (D) 16.Xesus Navas 18.Serxio Eskudero 20.Diyego Karlos 12.Yules Kunde 10.Ivan Rakitich 08.Joan Jordan 24.Alexandro Gomes 25.Fernando 09.Lyuk De Yong 11.Munir |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 02.Serjinyo Dest 03.Jerar Pike 15.Kleman Lengle 28.Oskar Minguyeza 18.Xordi Alba 16.Pedri 05.Serxio Buskets 21.Frenki de Yong 10.Lionel Messi 11.Usmon Dembele |
|
| ZAHIRA | ||
|
31.Xavyer Dias (D) 01.Tomash Vaslik (D) 03.Serxio Gomes 04.Karim Rekik 02.Djoris Gnagnon 06.Nemanya Gudel 14.Oskar Rodrigez 17.Aleyks Vidal 22.Franko Vaskes 21.Oliver Torres 07.Suso 15.Yussef En NesiriY |
13.Neto (D) 26.Inyaki Penya (D) 23.Samuel Umtiti 24.Xunior Firpo 04.Ronald Arauxo 19.Mateus Fernandes 12.Richard Puch 27.Illaiks Kuruma 09.Martin Bretueyt 07.Antuan Grizmann 17.Fransishku Trinkau |
|
Matn
| 00' | ![]() |
Siz bilan o'yinni Dadajon Foziljonov kuzatib bordi. Sog' va salomat bo'ling! |
| 90' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. Barselona mehmonda Sevilyani mag'lub etdi. |
| 90+' | ![]() |
Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida hakam tomonidan 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 85' | ![]() |
Moribadan to'pni qabul qilib olgan Messi bir nechta raqib futbolchisidan o'tib ketib, o'z goli bilan hisobni ishonchli ko'rinishga olib kelmoqda |
| 85' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 81' | ![]() |
Barselona tarkiba o'zgarishlar yuzaga kelmoqda. Shundo'am jarohat olgan Piquening o'rniga maydonga tushgan Arauxoning o'zi ham jarohat orttirb olib, Umtitiga almashtirildi. Hozircha yagona bo'lib turgan gol muallifi dembele esa Breytueytni almashtirdi |
| 79' | ![]() |
Sevilya gol urdi. Biroq gol muallifi En Neseri to'pno qo'li bilan to'g'rilab olgani uchun gol bekor qilindi |
| 67' | ![]() |
Messining jarima zarbasidan uzatgan to'pini Langle darvozaga kiritgan edi. Lekin hakamlar o'yindan tashqari holat qayd etishdi |
| 67' | ![]() |
Ronald Kuman ham o'zgarishga qo'l urdi. Jerar Pique o'zini noqulay his etgani sababli yaqinda jarohatdan forig' bo'lgan Ronald Arauxo bahsni yakunlab qo'yadi |
| 62' | ![]() |
Mezbonlar tarkibida yana o'zgarish. Ivan Rakitich o'rniga Oliver Torres, Lyuk De Yong o'rniga esa Oskar o'yinni davom ettiradilar |
| 61' | ![]() |
Ayni daqiqalarga kelib kataloniyaliklar o'z hujumlari sonini ko'paytirmoqda. Messini yana bir zarbasi esa noaniq ketdi |
| 59' | ![]() |
Barselonaning kombinatsion hujumidan so'ng Serjinyo Dest tepgan to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi |
| 59' | ![]() |
Xavfli zarbaaa! |
| 51' | ![]() |
De Yong darvozabon hududiga uzatma amalga oshirgan edi ammo, bu pasga Alba yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Munir El Haddadi o'rniga Yusef Enneseri, Alexandro Gomes o'rniga Suso hamda Diego Karlos o'rniga Karim Rekik maydonga tushirildi |
| 46' | ![]() |
Xulien Lopotege ikkinchi 45 daqiqalikka jiddiy e'tibor qaratgan holda bir yo'la uchta o'zgarish amalga oshirmoqda |
| 46' | ![]() |
Hakamning xushtagi ikkinchi taymni boshlab berdi |
| 45' | ![]() |
Ikkin bo'lim boshlanmoqda! |
| 45' | ![]() |
Hozircha tanaffus. Birozdan so'ng yana qaytamiz. Bizdan uzoqlashmang |
| 45' | ![]() |
Bosh hakam bugun kartochkalar borasida "hotamitoy". Endi Sevilya futbolchi Eskudero sariq kartochka oldi |
| 45+' | ![]() |
Birinchi taymga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 42' | ![]() |
O'z navbatida Barselona sardori Messi ham sariq kartochka bilan jazolandi |
| 38' | ![]() |
Diego Karlos Messiga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun bosh hakam Ernandes Ernandes tomonidan ogohlantirildi |
| 35' | ![]() |
Goldan so'ng mehmonlar uyushtirgan hujumlarida so'nggi nuqtani qo'yadigan futbochi topilmayapti |
| ST' | ![]() |
Dembelining goli Sevilya darvozaboni Yasin Bononing La Liga doirasidagi 5 oyinlik quruq seriyasiga barham berdi |
| 28' | ![]() |
Barselona hisobni ochmoqda. Maydon markazida to'pni qabul qilib olgan Messi to'pni qulay vaziyatga chiqib borayotgan Dembeliga uzatdi. Fransuz esa darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan bexato foydalandi |
| 28' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 26' | ![]() |
Messining raqib jarima maydoni tomon dastlabki yorib kirishlari samarasiz bo'lmoqda. Raqib himoyachilari ancha sergak tortishgan |
| 25' | ![]() |
Birinchi bo'limning dastlabki qismi o'tib bo'ldi. Jamolar esa vavfli vaziyatlardan xoli, ancha ehtiyotkor o'yin namoyish etishmoqda |
| 21' | ![]() |
Xavfli vaziyaaaat! Dembeli raqib jarima maydonchasiga yorib kirib chap oyoqda zarba berdi. Biroq, darvozabon Bono to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Mehmonlar sekin-astalik bilan to'p nazoratini o'z nazoratiga olmoqda. BU esa Sevilyani maydo follar ishlatishga majbur qilmoqda |
| 14' | ![]() |
Barselona futbolchisi Pedri maydon markazidan qarshi hujum boshlayotgan edi. Ammo Sevilya himoyachilari qo'pollik orqali uni to'xtatib qolishdi |
| 11' | ![]() |
O'yin tempi biroz past. To'p asosan maydon markazida kechmoqda |
| 5' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda maydon egalari to'pga egalik qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv start oldi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol hamda La Liga ishqibozlari. Ispaniya chempionatining 25-turi doirasidagi, "Sevilya" va "Barselona" bahsi boshlanish arafasida. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|