Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2020/2021
| 25-tur. 13.03.2021. soat 20:15 | ||
REAL MADRIDBenzema(73,90)
|
2 : 1 |
ELCHEBenzema(73)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Tibo Kurtua (D) 20.Vinisius Junior 04.Serxio Ramos 05.Rafayel Varan 06.Nacho 23.Ferlan Mendi 14.Kazemiro 22.Isko 15.Federiko Valverde 09.Karim Benzema 17.Lukas Vaskes |
13.Edgar Badia (D) 05.Gonsalo Verdu 12.Dani Kalvo 19.Antonio Barragan 25.Xoan Moxika 04.Ivan Markon 14.Raul Guti 16.Fidel 21.Guido Karrilyo 09.Lukas Boye 11.Tete Morente |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Andrey Lunin (D) 26.Diyego Altube 03.Eder Militao 11.Marko Asensio 34.Ugo Duro 10.Luka Modrich 08.Toni Kroos 07.Eden Azar 25.Rodrigo |
45.Luis Andreu (D) 01.Paolo Gassaniga (D) 23.Migel Sifuentes 18.Xelibelton Palasios 02.Diyego Gonsalez 24.Xosema 17.Xosan Fernandes 06.Omenyuke Mfulu 08.Viktor Rodrigez 15.Luismi Sanches 07.Nino 10.Pere Millya |
|
Matn
| 00' | ![]() |
Xayr, salomat bo'ling! |
| 00' | ![]() |
Real Madrid-Elche jamoalari o'rtasidagi uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi! |
| 90+' | ![]() |
Mendi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi |
| 90+' | ![]() |
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan $ daqiqa ham yakunlanib qoldi |
| 90' | ![]() |
Rodrigo bilan devor kombinatsiyasini ajoyib ijro etgan Karim Benzema chap oyoqda yo'llagan zarbasi bilanm raqib darvozasining pastki uzoq burchagini ishg'ol etdi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 89' | ![]() |
ZARBAA! Nacho raqib darvozasi tomon kuchli va aniq zarba yo'lladi. Ammo, darvozabon to'g'ri positsiya tanlagani bois to'pni egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Elche safida o'zgarishlar. Fidel va Raul Gutilar maydonni tark etishdi. Ualrning o'rniga esa Xosema Sanchez hamda Diego Gonsaleslar maydonga tushirildi |
| 84' | ![]() |
Mezbonlarda gol sari tinimsiz urinishlar bo'lmoqda. Biroq, Elche himoya qo'rg'onini yorib o'tishning imkomni topilmayapti |
| 75' | ![]() |
O'z o'rinida mehmonlar ham futbolchi almashtirishgan. Uchrashuvni Tete Morene o'rniga Xosan, Lukas Boye o'rniga esa Omenuke Mfulfu davom ettiradi |
| 75' | ![]() |
Bu orada Zidan o'zgarishga qo'l urgan. Vinisius Junior Eden Azarni almashtirgan |
| 77' | ![]() |
Goldan ruhlangan Real durangga rozi emas shekilli bir zum ham bo'shashmayapti. Kazemironing kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 73' | ![]() |
Modrich to'pni chap qanotdan Benzemaning shundoqqina boshiga yetkazib berdi. Tajribali fransuz esa bunday imkoniyatni ko'kka sovurmadi va Badia darvozasini boshi bilan ishg'ol etdi |
| 72' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 70' | ![]() |
O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Real jonlandi. Rodrigoning yo'l-yo'lakay zarbaga aylanib ketgan uzatmasi noaniq ketdi |
| 68' | ![]() |
Mehmonlar hujumchisi Korilyo Benzemaga qarshi qo'polligi uchun sarqi kartochka bilan jazolandi |
| 62' | ![]() |
Bu orada mezbonlar tarkibida o'zgarishlar yuz bermoqda. Serxio Ramos, Isko va Valverde o'rniga Rodrigo, Luka Modrich hamda Toni Kross maydonga tushirildi |
| 60' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to'pni Dani Kalvo kuchli va aniq zarbasi bilan darvozaga joylab qo'ymoqda. Darvoza to'siniga tekkan holda darvozaga yo'llangan zarba oldida Tibo Kurtua ojiz qoldi |
| 60' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 57' | ![]() |
Kutilmaganda Real darvozasi oldida sarosima yuzaga keldi. Tibo Kurtua esa ajoyib seyv bilan jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi |
| 54' | ![]() |
Bir bir vafli vaziyatlar yuzaga kelayotgan bo'lsada, keskinlik va darvozalar tomon salmoqli urinishlar deyarli kuzatilmayapti |
| 51' | ![]() |
Burchak zarbasi orqali shakllangan hujum, Ramosning hujumda qaydn etgan qoidabuzarligi bilan tugamoqda |
| 46' | ![]() |
Biz qaytamiz do'stlar. Ikkinchi bo'limga start berildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi taym yakunlandi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Ketma-ket ajoyib uzatmalaar. Federiko Valverdi ajoyib o'yin ko'rsatmoqda |
| 45+' | ![]() |
Birinchi taymga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 44' | ![]() |
QULAY IMKONIYAAT! Isko yana bir bor Valverdening ajoyib uzatmasidan so'ng zarba bera olmadi |
| 41' | ![]() |
Taym oxirlariga kelib mayda follar ortib bormoqda. Bu safar maydon markazida Nachoga nisbatan qo'pollik ishlatildi |
| 37' | ![]() |
To'psiz harakat vaqtida raqibga qarshi qo'pol harakat qilgani uchun Karim Benzema bosh hakam tomonidan ogohlantirildi |
| 36' | ![]() |
Elche safida majburiy o'zgarish yuzaga kelmoqda, 19 raqamda harakat qilgan Antonio Barragan o'rniga Kifu maydonga tushirildi |
| 33' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAAT! Yaxshigina qarshi hujumni shakllantirb bergan Valverdening uzatmasini qabul qilib olgan Vinisius to'pni deyarli bo'sh turgan Benzemaga uzatdi. Ammo, Karimning zarbasi noaniq ketdi |
| 26' | ![]() |
ZARBAA! Iskoning darvoza tomon yo'llagan aniq zarbasi rekashetga uchradi, biroq darvozabon Badia xavfni bartaraf etdi |
| 22' | ![]() |
Elchening kam sonli hijumlaridan biri ham samarasiz yakunlandi. Fidelning qanotdan amalga oshirilgan uzatmasini Tibo Kurtua qiyinchiliksiz egallab oldi. |
| 18' | ![]() |
Ortda qolgan daqiqalar xavfli hujum va keskin zarbalardan holi tarzda o'tmoqda |
| 12' | ![]() |
Real yarimhimoyachisi Isko hujumda Raul Gutiga nisbatan fol ishlatdi |
| 09' | ![]() |
Real raqib jarima maydonchasida so'nggi uzatmalarni amalga oshirish borasidan oqsayapti |
| 05' | ![]() |
Sekin-astalik bilan mezbonlarda hujumlar soni ortmoqda. Elche esa zich va samarali himoyalanmoqda |
| 02' | ![]() |
Federiko Valverdining raqib jarima maydonchasi ichkarisi tomon uzatgan xavfli uzatmasiga Isko yetib bora olmadi |
| 01' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda maydon egalari to'p nazoratiga ega chiqishga urinishmoqda |
| 01' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! Ikkala jamoaga ham omad yor bo'lsin! |
| 00' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar! Birozdan so'ng Ispaniya La Ligasining 27-turidan o'rin olgan Real Madrid hamda Elche jamoalari o'rtasidagi bahs start oladi. Ushbu uchrashuvni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|