Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘zbekiston Sosa-sola Superligasi 2021
| 2-tur. 14.03.2021. soat 16:15 | ||
LokomotivG‘ulomhaydar G‘ulomov(36)
|
1 : 2 |
NavbahorAzim Axmedov(12)
Ehsone Panshanbe(74) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov 3.Islom Qobilov, 4.Dilshodbek Komilov, 7.Sadriddin Abdullayev, 8.Javohir Sidiqov, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 17.Sanjar Qodirqulov, 21.G‘ulomhaydar Gulyamov 22.Diyego Bardanka, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 77.Diyor Turopov. |
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 18.Bahrom Abdurahimov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 25.Shohrux Mahmudxojiyev, 67.Marko Putinchanin. |
|
| ZAHIRA | ||
| Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Kaxi Maxaradze️, 10.Marat Bikmayev, 14.Azizbek Amanov, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 27.Islom Rashidxonov, 37.Sherzod Fayziyev. | Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 17.Ehsoni Panshanbe, 28.Nikola Tashich, 70.Abbos G‘ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich. | |
Matn
| 90' | ![]() |
Uchrashuv 2:1 hisobi bilan o'z nihoyasiga yetdi. Xayr, salomat bo'ling! |
| 90+' | ![]() |
O'yinda to'xtalishlar soni nisbatan ko'p bo'ldi. Shu sabab asosiy vaqtga 6 daqiqa qo'shildi |
| 88' | ![]() |
Lokomotiv mag'lubiyatga rozi emas va tinimsiz ravishda oldinga borishga harakat qilmoqda. Uzoqdan yo'llangan zarba yo'liga darvozabon peshvoz chiqdi |
| 81' | ![]() |
Qodirqulovning uzatmasidan so'ng Marat Bikmayev bergan zarba darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi |
| 81' | ![]() |
Maydon egalari yana bir bor standart vaziyatga ega bo'lishmoqda |
| 74' | ![]() |
Zahiradan maydonga tushirilgan futbolchilar qarori o'zini oqlamoqda Stanoyevichning uzatmasidan keyin Panshanbe pastki burchakka to'pni joylab qo'ydi |
| 74' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 73' | ![]() |
Javohir Ilyosooov Azim Ahmedovning penaltisini qaytarmoqda |
| 72' | ![]() |
O'z jarima maydoni ichkarisida Sadriddin Abdullayev qo'l bilan o'ynadi teb topildi va penalti belgilandi |
| 67' | ![]() |
Mehmonlar ustozi Viktor Jalilov yana bir o'zgarishga qo'l urmoqda. Shohruh Mahmudxojiyev o'rniga Slavisha Stanoyevich maydonda ko'rinish beradi |
| 62' | ![]() |
Ikkala jamoa tarkibida ham o'zgarish amalga oshirilmoqda. Temiryo'lchilarda Temirxo'ja Abduxoliqov o'rniga Marat Bikmayev, Lochinlarda BAhrom Abdurahimov o'rniga Ehsone Panshanbe maydonga tushurildi |
| 61' | ![]() |
Lokomotiv darvozasi oldida sarosima yuzaga kelmoqda. Islom Isoqjonovning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi |
| 59' | ![]() |
Sanjar Qodirqulovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi |
| 58' | ![]() |
Quvondiq Ro'ziyev Diyor Turapovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Mezbonlarda yaxshi imkoniyat |
| 55' | ![]() |
Navbahorning ko'p sonli hujumlarida yakunlovchi pas yoki zarbaga imkon qolmayapti |
| 54' | ![]() |
XAVFLI ZARBAA! Yana Javohir Ilyasov katta sahnada. Darvozabon zarba aylanib ketgan murakkab uzatmani qaytarishga muvaffaq bo'ldi |
| 53' | ![]() |
Mehmonlarning hujumidan so'ng, Javohir Ilyasov o'z o'rnini tark etib xavfni bartaraf qildi |
| 50' | ![]() |
G'ulomhaydar Gulyamov chap qanotda Bahrom Abdurahimovni to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi |
| 49' | ![]() |
Darvozalar oldida keskinlik yuzaga kelmoqda. Navbahor futbolchilarining urchak zarbasi orqali rivojlangan hujumi golsiz yakunlandi |
| 47' | ![]() |
Diyor Turapovning o'ng qanot, uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym start oldi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo'lim 1:1 hisobida o'z nihoyasiga yetdi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Birinchi taymdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida bosh hakam Zokir qodirov tomonidan 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 45' | ![]() |
XAVFLI ZARBAA! Sanjar Qodirqulovning zarbasini O'tkir Yusupov qaytarmoqda |
| 44' | ![]() |
Loko qulay nuqtadan jarima to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lmoqda |
| 36' | ![]() |
Belgilangan penaltidan G'ulomhaydar Gulyamov unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi |
| 34' | ![]() |
Islom Qobilov raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi va Navbahor darvozasiga penalti belgilandi |
| 31' | ![]() |
Ushbu standartdan uzatilgan to'pga Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan zarba berd. Ammo, ancha noaniq |
| 31' | ![]() |
Lokomotivda standart vaziyat yuzaga kelmoqda |
| 30' | ![]() |
Ob-havo ancha salqin bo'lishiga qaramay, stadionga tashrif buyurgan muxlislar ikkala jamoani ham tinimsiz qo'llab quvvatlashmoqda |
| 21' | ![]() |
Mezbonlarning birin-ketin yuzaga keltirayotgan hujumlari samarasiz yakunlanmoqda |
| 19' | ![]() |
Maydon markazida Loko futbolchilari raqiblariga qarshi qo'pollik ishlatishdi |
| 17' | ![]() |
Navbahor burchak to'pi ishlab oldi. Quvondiq Ro'ziyev amalga oshirgan uzatmani darvozabon qiyinchiliksiz egallab oldi |
| 12' | ![]() |
Azim Ahmedov to'pni 11 metrlik nuqtadan Javohir Ilyosov darvozasiga behato joylab qo'ydi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 11' | ![]() |
Mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi |
| 09' | ![]() |
Hakam Lokomotiv jarima maydonida yuzaga kelgan vaziyatga baho berish uchun VARga murojaat qilmoqda |
| 01' | ![]() |
O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi Lokomotiv Navbahor o'yini boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|