Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘zbekiston Sosa-sola Superligasi 2021
| 3-tur. 19.03.2021. soat 18:30 | ||
Navbahor |
0 : 0 |
Nasaf |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 88.Slavisha Stoyanovich. | 1.Umid Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 15.Jo‘rabek Mannonov, 19.Husayin Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Abubakr-Rizo Turdialiyev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov. | |
| ZAHIRA | ||
| 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.Shohrux Mahmudxojiyev, 28.Nikola Tashich, 70.Abbos G‘ulomov. | 35.Abduvohid Ne’matov, 13.Azamat Soyibov, 6.Murod Xo‘jamberdiyev, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 20.Suhrob Nurulloyev, 25.Muxriddin Zoirov, 50.Shohmalik Komilov. | |
Matn
| O'T' | ![]() |
Navbahor va Nasaf jamoalari o'rtasidagi bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Xayr, salomat bo'ling! |
| 90+' | ![]() |
Ikkinchi taymdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berilmoqda |
| 87' | ![]() |
Navbahor Futbolchilarining qanotdan uzatgan xavfli uzatmani Umid Ergashev egallab oldi |
| 85' | ![]() |
Taym oxirlarida Nasaf o'zgarishga qo'l urmoqda. abubakir-Rizo Turdialiyev o'rniga Suxrob Nurilloyev uchrashuvni yakunlab qo'yadi |
| 82' | ![]() |
Navbahor burchak zarbasini amalga oshirdi. Umar Eshmurodov esa to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordid |
| 78' | ![]() |
Nasrullayevning chap qanot yuqoridan Shokir Yo'ldoshev tomon to'pni uzatdi. Shokirning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 77' | ![]() |
Stanoyevichning uzoqdan bergan zarbasiancha noaniq |
| 75' | ![]() |
Islom Isoqjonov o'yondan olindi. Uning o'rniga Abbos G'ulomov bahsga qo'shildi |
| 74' | ![]() |
Marko Stanoyevichning burchakdan uzatgan to'pini baland sakragan O'tkir Yusupov egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar tarkibida yana bir o'zgarish. Oybek Bozorov o'rniga o'yinni Shokir Yo'ldoshev davom ettiradi |
| 71' | ![]() |
Raqib jarima maydonida uzoq davom etgan Navbahorning hujumi Ivan Solovyovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi |
| 69' | ![]() |
Nasrullayevning zarbasi yo'liga Navbahor himoyachilari to'g'onoq bo'lishmoqda |
| 65' | ![]() |
Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi. Nasafda Jo'rabek Mannonov Murod Xo'jamberdiyevni, Navbahorda esa Mirzohid G'ofurov Bahrom Abdurahimovni almashtirdi |
| 64' | ![]() |
Navbahor Nasaf darvozasi tomon bosimni kuchaytirmoqda |
| 61' | ![]() |
Nikola Tashich darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib ketishi mumkin edi. Lekin futbolchi zarba berishni ma'qul ko'rdi. Zarba esa noaniq |
| 58' | ![]() |
Navbahorning kombinatsion hujumlari samara bermayotgan bir paytda hujumchilar uzoqdan zarbalar yo'llashga urinishmoqda |
| 55' | ![]() |
Nasaf yana bir burchak zarbasi xavfli tus oldi. Darvozabon O'tkir Yusupov xavfni bartaraf etdi |
| 52' | ![]() |
Mehmonlar to'p nazoratini o'z qo'llariga olishga urinmoqda |
| 47' | ![]() |
Standartdan uzatilgan to'pga Akmal Mozgovoy zarba berdi. Ammo to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Navbahor taymni tarkibdagi o'zgarish bilan boshlamoqda. 19 raqamda harakat qilgan Mirzohid G'ofurov o'rniga 28 raqamda Nikola Tashich maydonga tushurildi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi 45 daqiqalik boshlanish arafasida |
| TS' | ![]() |
Xavfli vaziyat va gollardan holi, ammo haroratli o'tgan birinchi bo'lim 0:0 hisobida tugadi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Birinchi taymga 1 daqiqa vaqt qo'shib berilmoqda |
| 43' | ![]() |
Endi Davron Hoshimovga ham kartochka ko'rsatildi |
| 40' | ![]() |
Jo'rabek Mannonov Quvondiq Ro'ziyevga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi |
| 38' | ![]() |
Nasafning hujumlari Navbahor darvozasigacha yetib bormayapti |
| 34' | ![]() |
Marko Stanoyevich sherigidan kelgan to'pni havodan qabul qilib darvoza tomon zarba berdi. O'tkir Yusupov esa o'z o'rnida |
| 32' | ![]() |
Davron Hoshimov bilan to'qnashuvdan so'ng, Husayin Norchayevga tibbiy yordam ko'rsatildi |
| 27' | ![]() |
Yuzaga kelgan standart vaziyatda Oybek Bozorovning jarima maydoniga uzatmasi samarasiz yakunlandi |
| 26' | ![]() |
To'qnashuvlar nisbatan ko'p kuzatilmoqda. Isoqjonov Nasrulloyevga qo'pollik ishlatdi |
| 24' | ![]() |
Mehmonlar raqib jarima maydoni tomon uyushtirilgan hujumlarda hal qiluvchi uzatmani berishda xatoga yo'l qo'yishmoqda |
| 22' | ![]() |
Ivan Solovyovning uzatmasidan so'ng Akmal Mozgovoyga nisbatan hujumda fol yuzaga keldi |
| 21' | ![]() |
Islom Isoqjonov o'z qanotida yana to'xtatib qolinmoqda. Navbahorda yana bir yaxshi imkoniyat |
| 18' | ![]() |
Nasafning himoyadan chiqib ketishi qiyin bo'lmoqda. Navbahor hujumlarga zo'r bermoqda |
| 17' | ![]() |
Sherzod Nasrulloyev Islom Isoqjonovni o'ng qanotda yiqitdi va jarima zarbasi belgilandi |
| 14' | ![]() |
Navbahor futbolchisi raqib jarima maydonida keskinlik yuzaga keltirdi, biroq hujum zarbagacha yetib bormadi |
| 12' | ![]() |
Nasaf burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Ammo urinish ko'ngildagidek yakunlanmadi |
| 10' | ![]() |
Stadionda ajoyib atmosfera hukm surmoqda. Namanganlik muhlislar o'z suyuklilarini tinimsiz qo'llab-quvvatlashmoqda |
| 05' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda ikkala jamoa ham faollik ko'rsatmoqda. |
| O'B' | ![]() |
Uchrashuvga start berildi! |
| 00' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Uchrashuv boshlanish arafasida! |
| 00' | ![]() |
Assalomu Alaykum qadrli futbolsevar do'stlar hamda Superliga ishqibozlari! Yana bir necha daqiqadan so'ng O'zbekiston chempionati 3-turidan o'rin olgan qizg'in qarama-qarshilik, Navbahor Nasaf o'yini boshlanadi. Ushbu uchrashuvni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi. Bizdan uzoqlashmang! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|