Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi. 26. 03. 2021
| Milliy terma jamoa yig‘ini | ||
O‘zbekistonOtabek Shukurov (5)
Jaloliddin Masharipov (75) |
2 : 1 |
GanaIssahaku Abdul Fatavu (72)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Javohir Ilyosov 3.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 4.Farruh Sayfiyev 5.Anzur Ismoilov 21.Azim Ahmedov 9.Odiljon Hamrobekov 19.Otabek Shukurov 16.Oston O‘runov 10.Jaloliddin Masharipov 7.Sardor Rashidov 14.Eldor Shomurodov |
16.Jozef Addo 2.Yiadom Konadou 3.Kristofer Nette 6.Muhammad Al Hassan 10.Diavusiye Teylor 11.Moro Salifu 12.Michel Otou 13.Rashid Nortey 14.Samuel Abbey Kuaye 17.Kvame Peprah 18.Issaku Abdul Fatavu |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Abduvohid Ne’matov 8.Oybek Bozorov 11.Igor Sergeev 13.Sanjar Qodirqulov 15.Murod Xolmuhammedov 18.Sanjar Shoahmedov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 22.Javohir Sidiqov 23.Hojimat Erkinov |
1.Uilyam Emmanuel Essu 20.Richard Attah 4.Dennis Nkrumah Korsah 5.Daniel Afriye Kuaye 8.Agyenim Boateng 19.Persius Boa |
|
Matn
| 00' | ![]() |
Barcha futbol ishqibozlarini ushbu yorqin g'alaba bilan qutlaymiz. Bardavom bo'lishini tilab qolamiz. Xayr salomat bo'ling! |
| 90' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston Gana ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi! |
| 90+' | ![]() |
Gana futbolchilari hosil qilgan xavfli hujum o'yindan tashqari holat sifatida qayd etildi |
| 90+' | ![]() |
Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash maqsadida asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi |
| 89' | ![]() |
Hamyurtlarimiz amalga oshirgan burchak to'pi samarasiz yakun topdi |
| 88' | ![]() |
Murod Holmuhammedov xavfli zarba berdi. Darvozabon esa uni arang bartaraf etdi |
| 86' | ![]() |
Yana o'zgarishlar yuzaga kelmoqda. 10 raqandagi Jaloliddin Masharipov 23 raqamdagi Hojimat Erkinovni, 9 raqamdagi Odil Hamrobekov esa 20 raqamdagi Islom To'xtaxo'jayevni almashtirdi |
| 85' | ![]() |
Vakillarimizga nisbatan maydon markazida qo'pollik ishlatildi |
| 82' | ![]() |
Gana safida Michel Otou o'rniga Persuis Boya, O'zbekiston tarkibida esa Farruh Sayfiyev va Eldor Shomurodovlar o'rniga Murod Holmuhammedov va Igor Sergeyevlar o'yinni davom ettiradilar |
| 81' | ![]() |
Fatavu jarima maydonimiz tomon yorib kirib to'pni Ageneyim Boatengga uzatdi. Uning zarbasi esa xavfsiz chiqdi |
| 76' | ![]() |
Javohir Sidiqov va Ibrohimhalil Yo'ldoshevlar ajoyib kombinatsiya tashkil etishdi, lekin oxiriga yetmay qoldi |
| 75' | ![]() |
Jaloliddin Masharipov raqibdan to'pni olib qo'yib, darvozabon ustidan oshirib qo'ygan holda chiroyli gol urib hisobni bittaga oshirib qo'ymoqda |
| 75' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 73' | ![]() |
Goldan ruhlangan Gana hujumlarga zo'r bermoqda. Ehtiyotkorlikni oshirish kerak! |
| 70' | ![]() |
GOL! 18 raqamdagi Issak Abdul Fatavu jarima zarbasidan darvozamizni ishg'ol etdi |
| 69' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAAT! Masharipovning qulay uzatmasidan so'ng Eldor bergan zarba darvozabon Jozef Addoning qo'liga borib tushdi |
| 68' | ![]() |
Vadim Abramov yana bir o'zgarishga qo'l urmoqda. 16 raqamda harakat qilgan Oston Urunov o'z o'rnini 22 raqamdagi Javohir Sidiqovga bo'shatib berdi |
| 65' | ![]() |
Azim Ahmedov ajoyib harakat qilmoqda. Futbolchimiz bir emas ikkimarta raqib futbolchisini zararsizlantirdi |
| 63' | ![]() |
Gana terma jamoasida o'zgarish yuzaga kelmoqda. 10 raqamdagi Diavuse Teylor va Rashid Norteylar maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Daniel Afriye va Ageyenim Boatenglar o'yinga qo'shilishdi |
| 62' | ![]() |
Farruh Sayfiyevning ham uzoqdan yo'llagan zarbasi raqib darvozaboniga qiyinchilik tug'dirmadi |
| 61' | ![]() |
Ketma-ket hujumlar ketma-ket zarbalar. Vakillarimiz raqibga yuqori bosim taqdim etishmoqda. Bu safar Yo'ldoshevning xavfli uzatmasi besamar ketdi |
| 60' | ![]() |
XAVFLI ZARBAA! Otabek Shukurov aniq va kuchli zarba yo'lladi. Bu zarbani esa darvozabon bartaraf etdi |
| 59' | ![]() |
Tarkibizda o'zgarish yuzaga kelmoqda. Birinchi taymda ancha faol harakat qilgan 7 raqamdagi Sardor Rashidov o'rniga 8 raqamda Oybek Bozorov maydonga tushdi |
| 57' | ![]() |
Rashid Nurtey darvozamiz tomon xavfli zarba yo'llamoqda. Yaxshiyamki noaniq |
| 56' | ![]() |
Samuel Abbey Odil Hamrobekovga qarshi juda qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi |
| 54' | ![]() |
Jaloliddin Masharipovning jarimadan amalga oshirgan uzatmasi to'g'ri Jozef Addoning qo'liga borib tushdi |
| 51' | ![]() |
Issak Abdul Fatavuning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Ehtiyot bo'lish kerak! |
| 50' | ![]() |
Anzur Ismoilov Issak Abdul Fatavuni to'xtatib qoldi va ogohlantirildi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo'lim boshlandi! |
| 45' | ![]() |
Uhhh! Ancha shiddatli, murosasiz va ko'plab vaziyatlarga boy, haroratli o'tgan dastlabki 45 daqiqalik yakunlandi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Ancha shiddatli o'tgan birinchi taymga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 42' | ![]() |
Qanday xavfli vaziyat?! Sardor Rashidovdan super uzatma, Eldor Shomurodovdan ham super zarba ammo super gol bo'lmadi. Tempni tushiurmasdan davom etamiz |
| 41' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAAT! Sardor Rashidov o'ng qanotdan pastlatib uzatma amalaga oshirdi. Ammo bu pasga hech kim jabvob bermadi |
| 37' | ![]() |
Ibrohimhalil Yo'ldoshevning chap qanot yuqoridan uzatgan to'pini Farruh Sayfiyev darvozaga aniq yo'llab qo'ya olmadi |
| 35' | ![]() |
Eldooor! Masharipovning uzatmasidan so'ng Shomurodov deyarli birga-bir vaziyatdan gol ura olmayaptyi |
| 34' | ![]() |
Gana terma jamoasi sekin-astalik bilan darvozamizga yaqin kelmoqda. Yigitlardan sergaklikni yo'qotmasliklarini so'ragan bo'lar edik |
| 33' | ![]() |
Otabek Shukurov raqib futbolchisiga qarshi o'yin qoidasini buzdi |
| 29' | ![]() |
Raqib darvozaboni o'z joyini tark etib xatolikka yo'l qo'ydi. To'pni egallab olgan Farruh Sayfiyev esa imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 28' | ![]() |
Eldor Shomurodov raqib jarima maydonida yiqitildi, biroq hakam bu holatni qoida buzulishi deb topmadi |
| 27' | ![]() |
Issak Abdul yana uzoq masofadan Javohir Ilyasov darvozasi tomon zarba yo'lladi. Posbonimiz esa o'z o'rnida |
| 25' | ![]() |
Samuel Abbey maydon markazida Sardor Rashidovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi |
| 22' | ![]() |
Raqiblar uzoq tanaffusdan so'ng darvozamiz tomonga jarimadan kuchli zarba yo'llashdi. Ammo noaniq |
| 20' | ![]() |
Sayfiyev raqibga nisbatan maydon markazida kichik fol ishlatdi |
| 19' | ![]() |
Vakillarimiz to'p nazoratini butkul o'z qo'llariga olishgan |
| 16' | ![]() |
Ibrohimhalil Yo'ldoshevning uzatmasi hammadan o'tib Sayfiyevga yetib keldi. Farruh Sayfiyev esa darvozani aniq nishonga ololmadi |
| 16' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAAAT! |
| 12' | ![]() |
Ehhhh Ostooon. O'runov raqib darvozaboni maydonchasidan gol ura olmayapti. To'p tepaga qarab ketdi. Hechqisi yo'q, bo'shashmaymiz yigitlar! |
| 11' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAAT! Sardor Rashidov jarima zarbasini to'g'ridan to'g'ri darvozaga yo'lladi. Qaytgan to'pga Sayfiyev tomonidan berilgan zarba yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi |
| 10' | ![]() |
Jaloliddin Masharipov amalga oshirgan burchak to'pini raqib himoyachilari bartaraf etishdi |
| 08' | ![]() |
Hamyurtlarimiz hujumlardan bir zum tin olishmayapti. Sardor Rashidov Eldor Shomurodov bilan ajoyib kombinatsiya amalga oshirdi, ammo yakuniy zarbaga osgina kuch yetishmadi |
| 07' | ![]() |
Otabek Shukurov Shomurodovga to'pni uzatdi. Eldorning yana bir zarbasi esa noaniq |
| 05' | ![]() |
Goldan ruhlangan vakillarimiz hujumlarga zo'r berishmoqda |
| 03' | ![]() |
Osoton Urunovning qulay tarzda yetkazib bergan uzatmasini Otabek Shukurov golga aylantirdi |
| 03' | ![]() |
TEZKOR GOOOOOL! |
| 01' | ![]() |
Sardor Rashidov o'ng qanotdan yorib kirib Eldor Shomurodovga to'pni uzatdi biroq Eldorning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. Ustiga-ustak offiside |
| 01' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAAT! |
| 01' | ![]() |
Uchrashuvga start berildi. Yigitlarimizga omad yor bo'lsin deb qolamiz! |
| 00' | ![]() |
Namangandagi "Markaziy" o'yingoh muxlislar bilan to'lgan va ular terma jamoamizni tinimsiz qo'llab-quvvatlashmoqda |
| 00' | ![]() |
Bugungi o'yinni siz bilan birga Dadajon Foziljonov kuzatib boradi. |
| 00' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar! O'zbekiston hamda Gana terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi boshlanish arafasida |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|