Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi. 29. 03. 2021
O‘zbekiston |
0 : 1 |
IroqSherko Karim (55)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| 12.Abduvohid Ne’matov, 4.Farruh Sayfeiv, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Azim Ahmedov, 3.IbrohimHalil Yo‘ldoshev, 19.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 6.Oston O‘runov, 7.Sardor Rashidov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov. | Jalol Hassan, Alaa Mhavi, Ahmed Ibrohim, Ali Fayoz, Durgam Ismoil, Humam Tariq, Safaa Xadi, Amjed Atvan, Hussayin Ali, Ibrohim Bayesh, Bashar Resan. | |
| ZAHIRA | ||
| Zaxira: Javohir Ilyosov, Islomjon Qobilov, Iskandar Shaykulov, Dostonbek Hamdamov, Shahzod Ubaydullayev, Oybek Bozorov, Igor Sergeev, Sanjar Qodirqulov, Murod Xolmuhammedov, Javohir Sidiqov, Hojimat Erkinov. | ||
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Amjad Atvan (41)
|
||
Matn
| 90+7' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Iroqqa yutqazdik — 0:1. |
| 90+7' | ![]() |
Vuuuuh! To‘xtaxo‘jayev hujumda. U to‘pni darvoza tomon burdi. Ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 90+5' | ![]() |
Shukurovdan aniq noaniq zarba |
| 90+5' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Durg‘om Ismoil o‘rniga Faysal tushdi |
| 90+4' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayev oldinga o‘tdi, ammo raqib jarima maydoni ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 90+3' | ![]() |
Shukurov olis masofadan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Sherko Karim o‘rniga Mustafo Muhammad tushirildi |
| 86' | ![]() |
Vuuuuuh! SHOMA! Birozgina aniqlik yetishmadi. Eldor jarima maydoni chizig‘i oldida to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
Shomurodov 18 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 85' | ![]() |
Termamizning hujumini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 83' | ![]() |
Vuuuh! Hamdamov burchakdan to‘pni yetkazdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Ahmedov o‘tkir burchak ostida darvoza tomon tepdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Humam Toriq o‘rniga Ahmad Abdulhussayn tushirildi |
| 81' | ![]() |
Humam Toriq sariq oldi. Vaqtni cho‘zgani uchun |
| 79' | ![]() |
Hamdamov olis masofadan yerlatib, kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuh! Yaxshi vaziyat! Jaloliddin chap qanotda o‘z sherigi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. To‘pni Shukurov egalladi va olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 76' | ![]() |
Ehhhh, Masharipov! Jaloliddinga hech kim xalal bermagandi. Bosh bilan yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi |
| 75' | ![]() |
Sherko Karim ogohlantirildi. U Bozorovning oyog‘iga xavfli tashlandi |
| 72' | ![]() |
Iroqda o‘zgarish: Bashar Resan o‘rniga A’lo Abdulzahro tushirildi |
| 71' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Farrux Sayfiyev o‘rniga Sanjar Qodirqulov tushirildi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuh! Ne’matovdan ajoyib seyv! Iroqlik futbolchi 15 metrdan xavfli zarba yo‘llagandi |
| 70' | ![]() |
O‘zbekistonliklar Shukurov yordamida hujum tashkil qilishdi. Shomurodovning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi. |
| 67' | ![]() |
Sayfiyevning qo‘pol xatosidan keyin iroqlik hujumchi darvoabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ne’matov qutqardi. Barakalla |
| 65' | ![]() |
O‘zbekistonlik ishqibozlarning olqishlari ostida futbolchilarimiz ishtiyoq bilan oldinga tashlanishmoqda. Iroq himoyalanishda davom etmoqda |
| 62' | ![]() |
Masharipov bir necha raqibni aldab o‘tib, jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 61' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Oston O‘runov o‘rniga Oybek Bozorov tushirildi |
| 57' | ![]() |
Terma jamoamiz qarshi hujumga o‘tayotganida hakam hushtak chalib, hujumimizni uzib qo‘ydi. Sabab — iroqlik futbolchi jarohat olib yerda yotgandi |
| 55' | ![]() |
GOL! Iroq terma jamoasi hisobni ochdi. Futbolchilarimiz to‘pni egallab hujumga o‘tayotganida Hamdamovning noaniq uzatmasi evaziga to‘pni yo‘qotdik. Iroqlik futbolchi olis masofadan zarba yo‘lladi. Yerga urilib sakrab borgan to‘pni Ne’matov qaytardi, ammo ushlab qola olmadi. Sherko Karim esa 10 metrlardan kuchli zarba berib, hisob ochdi |
| 54' | ![]() |
Iroqda ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Amjad Atvan maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Muhummad Qosim tushirildi. Hussayn Ali o‘rniga esa Sherko Karim o‘yinni davom ettiradi |
| 47' | ![]() |
Vakillarimiz to'p nazoratini o'z qo'llariga olishgan |
| 46' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘zgarish ro‘y berdi: Sardor Rashidoyev o‘rniga Doston Hamdamov tushirildi |
| 46' | ![]() |
IKkinchi bo‘lim start oldi |
| 45' | ![]() |
Hamyurtlarimiz tarkibida o'zgarish amalga oshirilmoqda. sardor Rashidov o'rniga Dostonbek Hamdamov maydonga tushurildi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlanish arafasida. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi |
| 45+2' | ![]() |
Iroqda yana bir yaxshi vaziyat! To‘xtaxo‘jayev o‘z jarima maydoni ichida hujumchining zarba berishiga qarshilik qila olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Baxtimizga |
| 43' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Terma jamoamiz jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo to‘pni egallagan iroqliklar o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Iroqning 13-raqamli futbolchisi Ne’matov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirdi. To‘p esa darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 41' | ![]() |
Masharipov o‘z qanotidan reyd uyushtirib, raqib jarima maydoniga borayotganida Amjad Atvan fol ishlatdi. Hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi |
| 38' | ![]() |
Ibrohimxalil chap qanotdan Iroq jarima maydoni ichiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi |
| 36' | ![]() |
Hududiy ustunlik O‘zbekiston terma jamoasi tomonida. Iroqliklar yaxshi himoyalanishmoqda. |
| 30' | ![]() |
O‘zbekiston va Iroq milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 30-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hozircha hisob — 0:0. "Bunyodkor" stadionida internet bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani uchun matnli translyasiyani uyushtirishda muammolarga duch keldik. Buning uchun uzr so‘raymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|