Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi.
| Chorak final. 14.04.2021. soat 23:59 | ||
LIVERPUL |
0 : 0 |
REAL MADRID |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Alison Bekker (D) 47.Nataniel Fillips 66.Trent Aleksandr-Arnold 03.Fabinyo 19.O‘zan Kabak 26.Endryu Robertson 05.Jorjinyo Veynaldum 07.Jeyms Milner 10.Sadio Mane 11.Muhammad Saloh 09.Roberto Firmino |
01.Tibo Kurtua (D) 20.Vinisius Junior 23.Ferlan Mendi 03.Eder Militao 06.Nacho 10.Luka Modrich 11.Marko Asensio 14.Kazemiro 08.Toni Kroos 15.Federiko Valverde 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Adrian (D) 53.Xarvi Deyvis (D) 28.Ben Devis 46.Ris Uillyams 21.Konstantinos Simikas 08.Nabi Keyta 15.Aleks 20.Diogu Jota 64.Jek Keyn 65.Leyton Klarkson 06.Tyago Alkantara 23.Jerdan Shakiri |
13.Andrey Lunin (D) 19.Alvaro Odriosola 32.Viktor Chust 12.Marselo 26.Diyego Altube 28.Marvin 30.Serxio Arribas 22.Isko 24.Mariano Dias 25.Rodrigo |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Robertson
Nataniel Fillips |
Kazemiro
|
|
Matn
| 90+' | ![]() |
Qadrli muxlislar, kelgusi bahslarda uchrashguncha xayr! Sog‘ va salomat bo‘ling |
| 90+' | ![]() |
Shu bilan uchrashuvga yakun yasaldi. Liverpul o‘z maydonida Realni mag‘lub eta olmadi. Birinchi o‘yin natijasiga ko‘ra «qirollik klubi» yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi |
| 90+' | ![]() |
Kurtuadan taym so‘nggida yana ajoyib seyv. Liverpulga yana omad kelmayapti |
| 90' | ![]() |
Bosh hakam uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Bizni yana shuncha vaqt davomida ajoyib to‘qnashuv kutmoqda |
| 87' | ![]() |
Hayajonli lahzalar! Liverpulga 2 ta gol kerak. Mezbonlar so‘nggi daqiqalarda Enfildni yondirishga tayyor |
| 84' | ![]() |
Mehmonlar himoyada ancha tartibli o‘ynashmoqda. Liverpulning ketma ket uyushtirayotgan hujumlari hozircha besamar ketmoqda |
| 80' | ![]() |
Zarbaaa! Asensio va Rodrigo raqib jarima maydoni ichida bemalol kombinasiya amalga oshirib yuribdi. So‘nggi zarbada Rodrigo adashdi |
| 76' | ![]() |
Modrichning jarima maydoni ichiga amalga oshirgan harakati himoyachilar tomonidan bartaraf etildi |
| 73' | ![]() |
Real tarkibida o‘zgarish. Rodrigo va Odriosola Vinisius hamda Kroos o‘rniga maydonga tushdi |
| 69' | ![]() |
Uxxx! Real himoyada ancha tig‘iz o‘ynamoqda. Bu safar Firminoning zarbasi bloklardan o‘tmadi |
| 66' | ![]() |
Zarbaaa! Vinisiusga ajoyib kross uzatib berildi. Biroq u birga bir imkoniyatni yo‘qqa chiqardi. Takroriy zarbani esa Benzema ham golga aylantira olmadi |
| 65' | ![]() |
Mezbonlar nazoratni o‘z qo‘llariga olishdi. Real jarima maydoni ichiga qamalgan |
| 60' | ![]() |
Mezbonlar tarkibida o‘zgarish! Milner va Kabak o‘rniga Tyago va Diogu Jota maydonga tushdi |
| 58' | ![]() |
Nataniel Fillips ogohlantirildi |
| 57' | ![]() |
Zarbaaa! Firminoning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq. Ammo hujum chiroyli chiqqandi |
| 54' | ![]() |
Xavfliii! Mendi tezkorlik bilan jarima maydoni ichiga kirib bordi. Uning Benzemaga uzatgan to‘pi manzilga aniq yetib bormadi |
| 52' | ![]() |
Jamoalar ancha ehtiyotkorlikka urg‘u berishmoqda. To‘p asosan maydon markazida |
| 48' | ![]() |
Zarbaaa! Firmino Trentdan to‘pni qabul qilib oldi. Darvoza tomon zarba yo‘lladi. Biroq Kurtua o‘z o‘rnida |
| 45' | ![]() |
Bosh hakam ikkinchi bo‘limga start berdi. Biz super taymning davomini yana kuzatamiz |
| 45' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| 45+' | ![]() |
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 2 daqiqa juda tez o‘tib ketdi va birinchi bo‘limga yakun yasaldi |
| 45' | ![]() |
Mane raqib jarima maydoni ichida yiqilib yotibdi. Biroq hakam jim. Penalti yo‘q |
| 45' | ![]() |
Taym oxirlarida Liverpulning o‘ng qanoti juda yaxshi ishlayapti. Real himoyachilari xushyorlikni oshirishlari kerak |
| 42' | ![]() |
Yana Liverpuldan xavfli hujum! Bu safar Veynaldum ajoyib vaziyatni ko‘kka sovurdi |
| 41' | ![]() |
Zarbaaaa! Mane tezkorlik bilan Salohga to‘pni yetkazib berdi. Biroq misrlik futbolchi yakuniy nuqtada adashdi |
| 35' | ![]() |
Vinisiusdan ajoyib harakatlar! U jarima maydoni ichiga yorib kirdi biroq to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi |
| 30' | ![]() |
Jamoalar almashgan holda ketma ket hujumlar tashkil etmoqda. Barchasi xavfli. Muxlislar hujumkor futboldan zavqlanishayotgani aniq |
| 24' | ![]() |
Kazemiro ogohlantirildi. U Milnerni "uchirib" yubordi |
| 19' | ![]() |
Zarbaaa! Benzema maydon markazidan ajoyib reyd uyushtirib keldi. So‘nggi zarba esa darvoza ustuniga tegib qaytdi |
| 15' | ![]() |
Real maydon markazida qisqa uzatmalarni amalga oshirib nazoratni o‘z qo‘liga olishga harakat qilmoqda |
| 12' | ![]() |
Trentning aqlli uzatmasi Manega yetib bordi. Senegallik futbolchining zarbasi sekin yo‘nalish oldi. Biroq ofsayd! |
| 10' | ![]() |
Uxxxx! Kurtuadan ajoyib seyv. Milner boshini changallab qolmoqda |
| 08' | ![]() |
Zarbaaa! mehmonlarning ilk hujumini raqib himoyachilari qaytarishdi. Modrichning zarbasi darvozaga yetib bormadi |
| 06' | ![]() |
Qoyil! Liverpul dastlabki daqiqalardanoq Realni himoyaga qamab qo‘ymoqda |
| 04' | ![]() |
Mezbonlardan yana bir xavfli hujum! Trnentning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pi Salohga biroz yetib kelmadi |
| 02' | ![]() |
Zarbaaa! Salohning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasini Kurtua bir amallab qaytardi |
| 01' | ![]() |
Diqqat! bosh hakam o‘yinga start berdi |
| 00' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Bugun Chempionlar ligasidagi qiziqarli bellashuvlar davom etadi. Bu safar yana bir markaziy uchrashuv! Ayni dam Real Madrid Liverpul mehmoni bo‘lmoqda. O‘yinni saytimizdagi matnli translyasiya orqali kuzatib borishingiz mumkin |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|