Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo Chempionlar Ligasi-2021
| 3-tur. 20.04.2021. soat 23:00 | ||
SharjaXolid Bavazir(10)
Salem(25) Kayo(58) Luan Pereyra(62) |
4 : 1 |
PaxtakorCheran(20)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| 40.Odil Al Husani, 4.Shahin Abdalla, 7.Kayo, 8.Muhammad Abdulbasit, 14.Holid Bavazir, 17.Ali Muhammad, 18.Abdalla G‘anim, 19.Holid Ibrohim, 23.Salim Solih, 27.Luan Pereyra, 29.Otabek Shukurov. | 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farruh Sayfiyev, 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimes (S), 6.IbrohimHalil Yo‘ldoshev, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 18.Hojimat Erkinov, 19.Sharof Muhiddinov, 7.Sardor Rashidov, 10.Dragan Cheran. | |
| ZAHIRA | ||
|
12.Humud Muhammad, 3.Alhasan Solih, 5.Hamad Jasim, 11.Saif Rashid, 13.Salim Sulton, 15.Abdulaziz Kaabi, 25.Said Kaabi, 38.Muhammad Xalfan, 79.Abdulrahmon Juma, 88.Ahmad Surur. |
25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 8.Azizbek Turg‘unboyev, 9.Eren Derdiyok, 14.Humoyunmirzo Iminov, 16.Marlen Chobanov, 17.Sherzod Temirov, 23.Sherzod A’zamov, 28.Diyor Xolmatov, 88.Shahzod Azmiddinov. | |
Matn
| O'T' | ![]() |
Sharja Paxtakor uchrashuvi yakunlandi.Vakillarimiz yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. Kelgusi o'yinlarda Paxtakorga oamd tilab qolamiz. Xayr, salomat bo'ling! |
| 90+' | ![]() |
Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi |
| 86' | ![]() |
Paxtakorning bir qancha hujumlari samarasiz yakunlanmoqda |
| 82' | ![]() |
Sharjada ham futbolchi almashmoqda. Uchrashuvdagi 4-gol muallifi Luan Pereyra o'z o'rnini Muhammad Halfanga bo'shatib berdi |
| 80' | ![]() |
Kayo voqealar rivojidan ilgarilab ketdi |
| 73' | ![]() |
Farrux Sayfiyevning chap qanotdan uzatgan xavfli uzatmasiga Hojimat Erkinov javob bera olmadi |
| 70' | ![]() |
Paxtakor yana ikkita o'yinchini almashtirmoqda. Dragan Cheran hamda Anzur Ismoilovlar maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga maydonga Humoyunmirzo imonov va Sherzod A'zamovlar o'yinni davom ettirishadi |
| 66' | ![]() |
Hisob yirik ko'rinishga kelganidan so'ng, Paxtakor o'yinda sustkashlikka yo'l qo'ymoqda |
| 62' | ![]() |
Raqiblar tezkor qarshi hujumga o'tishdi, Luan Pereyraning yo'llagan zarbasi, Abror Ismoilovning oyog'iga tekkan holda, rekashet bilan Paxtakor darvozasidan o'rin olmoqda |
| 62' | ![]() |
GOL! |
| 58' | ![]() |
Vakillarimiz darvozalaridan uchinchi to'pni ham olib chiqishga majbur bo'ldi. Yana o'sha "shovvoz" Kayo vaziyatni hal etmoqda |
| 58' | ![]() |
GOL! |
| 56' | ![]() |
Piter Xyustira bir yo'la ikkita o'zgarishga qo'l urdi. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Hijiakbar Alijonovni, Sardor Sobirxo'jayev esa Diyor Xolmatovni almashtirdi |
| 55' | ![]() |
XAVFLI VAZIYAT! Kayo hamda Luan Pereyralar bir birlari bilan kichik kombinatsiya amalga oshirib xavfli zarba yo'llashdi, yaxshiyamki noaniq yakunlandi |
| 51' | ![]() |
Sharja jarima zarbasidan foydalanib, burchak zarbasi ishlab olgan edi, lekin u ham muvaffaqqiyatsiz yakun topdi |
| 49' | ![]() |
Rashidovning o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi va uning o'rniga Eren Derdiyok maydonga tushirildi |
| 48' | ![]() |
Dragan Cheranning zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi |
| 47' | ![]() |
Yoqimsiz holat. Sardor Rashidov kutilmaganda jarohat oldi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi 45 daqiqalik start oldi. "sherlar"ga omad yor bo'lsin! |
| 45' | ![]() |
Biz qaytamiz do'stlar. Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda! |
| BT' | ![]() |
Birinchi taym 2:1 hisobida o'z nihoyasiga yetdi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Taym so'nggida Sharjada xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kayo jarima maydonimizdagi himoyachilarimizga ancha bosh og'rig'i bo'lmoqda |
| 45+' | ![]() |
Birinchi taymga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi |
| 44' | ![]() |
Bosh hakam Cheran hamda Kayoni bosiqlikka chorlamoqda |
| 42' | ![]() |
Yana Sardoooor. Rashidovning navbatdagi xavfli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 40' | ![]() |
Kayo bilan to'qnashuvdan so'ng Krimets biroz o'ziga kelib oldi |
| 33' | ![]() |
Rashidov ancha faol o'yin namoyish etnmoqda. Bu safar uning o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasi ancha yuqoridan ketdi |
| 31' | ![]() |
Sardor Rashidov standartdan to'g'ridan-to'g'ri darvozaga zarba yo'lladi. Lekin darvozabon o'z o'rnida |
| 31' | ![]() |
XAVFLIIII ZARBAAA! |
| 29' | ![]() |
Dragan Cheran raqib jariama maydoniga yorib kirayotgan pallada to'xtatib qolindi. Paxtakorda qulay vaziyat yuzaga kelmoqda |
| 25' | ![]() |
Kayo jamoamiz himoyachilaridan olg'irlik bilan o'tib ketib, jamoadoshi Salemga juda ham qulay imkoniyat yaratib berdi. Salem esa deyarli bo'sh qolgan darvozani nishonga olishda adashmadi |
| 25' | ![]() |
GOL! |
| 20' | ![]() |
Sardor Rashidovning kuchli va aniq zarbasini Odil al Xusayni bartaraf etgan bo'lsada, qaytgan to'pni Dragan Cheran darvozaga joylab qo'ydi! |
| 20' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 19' | ![]() |
Dragan Cheranning uzatmasidan so'ng, Sardor Rashidov raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. ammo xavfsiz |
| 17' | ![]() |
Salim Solih o'yindan tashqari holatda qolib ketdi |
| 16' | ![]() |
Ibrohimhalil Yo'ldoshev to'p uchun kurashda raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi |
| 14' | ![]() |
Vakillarimiz goldan so'ng hujumlarga zo'r berishmoqda. Ammo, vaziyat yakuniy zarbagacha yetib bormayapti |
| 09' | ![]() |
Afsuski Paxtakor tezkor gol o'tkazib yubordi. Sanjar Quvvatov Kayoning uzoqdan yo'llagan zarbasini ushlab qola olmadi. Natijada, qaytgan to'pga Holid Bavazir zarba berib, hisobni ochdi. |
| 09' | ![]() |
GOL! |
| 07' | ![]() |
Egor Krimets Kayoni to'xtatib qoldi. Raqiblar standart vaziyatga ega bo'lishmoqda |
| 05' | ![]() |
Abror Ismoilovning jariamadan uzatgan to'pini raqib himoyachilari bartaraf etishdi |
| 04' | ![]() |
Maydon markazida Luan Pereyra Sardor Rashidovning yuziga zarba berib yuborgan holda qo'pollik ishlatdi |
| 01' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda maydon egalari tashabbusni o'z qo'llariga olishga intilishmoqda. Otabek Shukurov kayoga uzatma amalga oshirgan edi. Uning zarbasi xavfli chiqdiyu, biroq aniqlik yetishmadi |
| O'B' | ![]() |
Uchrashuvga starat berildi. Vakillarimizga omad yor bo'lsin! |
| 00' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda |
| 00' | ![]() |
Assalomu qadrli futbolsevar do'stlar! Barchaga xayrli oqshom deb qolamiz. Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Sharja hamda Paxtakor jamolari o'rtasidagi uchrashuv boshlanish arafasida. Ushbu bahsni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|