Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 3-tur

AGMK

Ahmad al Hashmiy(27)

1 : 2

SHABAB AL-AHLI

Jokich(87)
Akrom Komilov(90)
JAMOALAR TARKIBI
32.Suhrob Sultonov
77.Dilshod Ahmadaliyev
8.Bobur Yo‘ldoshev
7.Sardor Rahmonov
2.Akrom Komilov
23.Yovan Jokich
17.Sanjar Tursunov
4.Mirjamol Qosimov
94.Elvin Fortes
9.Zafar Polvonov
28.Shohruh Gadoyev.
  55.Majid Nosir
02.Salmin Xamis
03.Karlos Eduardo
04.Muhammad Marzuq
05.Volid Abbos al-Balushiy
07.Jaloliddin Masharipov
09.Abdulaziz Haykal
15.Abdulla al-Naqbiy
34.Harib Abdulla
77.Ahmad al-Hashmiy
88.Majid Hassan
ZAHIRA
1.Botirali Ergashev
5.Dilshod Jo‘rayev
10.Husniddin G‘ofurov
11.Murod Toshmatov
15.Abbos Otaxonov
18.Aleksandr Kasyan
19.Sheroz Jalolov
20.Mirg‘iyos Sulaymonov
21.Sanjar Jumaboyev
22.Sanjar Shoahmedov
 

Matn

O'T'
Mana shunday yuqori haroratda uchrashuv yakunlandi. AGMK esa ajoyib kombek amalga oshirgan holda OChLdagi dastlabki g'alabasini qayd etdi. Jamoalarimizga qolgan uchrashuvlarda ham omad tilaymiz! Xayr, salomat bo'ling!
90+'
Sardor Rahmonov Abdulaziz Haykal bilan to'qnashib ketdi
90+'
So'nggi daqiqalarda Shabab Al Ahli burchak zarbasi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda
90'
AKROMJOOOON KOMILOVV!
Kombinatsion boshlangan hujumni Xusniddin G'ofurov davom ettirgan holda Akromjon Komilovga uzatma amalga oshirdi. Komilov esa to'g'ridan-to'g'ri darvozaga zarba yo'llab, gol urdi
90'
GOOOOOL!
87'
Dastlab Xusniddin G'ofurovning zarbasi yana darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi, keyinchalik esa Aleksandr Kasyan boshi bilan to'pni Jokichga uzatdi va Jokich kuchli va aniq zarba bilan Majid Nosir darvozasini ishg'ol etdi
87'
GOOOOOOL!
83'
Vakillarimkzda hisobni tenglashtirish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgan edi. Sanjar Shoahmedovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi
83'
XAVFLI ZARBAAA!
80'
Habib Abdulla katta tezlikda jarima maydonimiz tomon kirib borayotgan edi, ammo Bobur Yo'ldoshev uni to'xtatib qolishga muvaffaq bo'ldi
78'
Vakillarimiz tarkibida yana bir o'zgarish. Shohruh Gadoyev o'rniga o'yini Murod Toshmatov davom ettiradi
74'
AGMK da o'zgarishlar yuzaga kelmoqda Sanjar Tursunov hamda Mirjamol qosimovlar o'rnigaDilshod Jo'rayev va Sanjar Shoahmedov Maydonga tushirildi
73'
Akromjon Komilov uzoq masofadan zarba yo'lladi, lekin ancha noaniq ko'rinish oldi
70'
Burchakdan AGMK uzatma amalga oshirdi. Ammo bu safargi urunish ham sanarasiz yakun topdi
67'
Shohruh Gadoyevning zarbasi ancha noaniq ketdi
65'
Vakillarimiz darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Ehtiyotkorlikni oshirish kerak!
64'
XAVFLI VAZIYAAAT!
Xusniddin G'ofurovning uzatmasdan so'ng Kasyanning zarbasi uzatma aralash maydonni tark etdi
63'
AGMKda qulay imkoniyat yuzaga kelmoqda
62'
Mezbonla ruyushtirayotgan hujumlar samarasiz yakunlanmoqda
57'
Akromjon Komilov Habib Abdullaga qarshi qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi
55'
XAVFLI ZARBAAA!
Jaloliddin MAsharipovning jarimadan yo'llagan xavfli zarbasini Suxrob Sultonov qaytardi
55'
Himoyachilarimiz segak tortishlari kerak
50'
Jamoalar ikkinchi bo'limni ancha harakatchanlik bilan boshlashdi. To'p uchun har bir qarichida kurash kechmoqda
46'
XAVFLI ZARBAAA!
Sanjar Tursunov jarima maydoni chizig'i tashqarisidan bergan zarbasi ancha kushli biroq, biroz noaniq ketdi
45'
Vakillarimiz ikkinchi tyamni o'zgarish bilan boshlashdi. Elvin Fortes o'z o'rnini Xusniddin G'ofurovga bo'shatib berdi
45'
Ikkinchi bo'lim boshlandi! AGMKdan yorqin o'yin va gollar kutib qolamiz!
BT'
Shu pallada dastlabki 45 daqiqalik 1:0 hisobida o'z nihoyasiga yetdi. Hozircha TANAFFUS!
45+'
Elvin Fortes qulay uzatmadan so'ng, birga-bir vaziyatga chiqib ketgan ediyu, ammo yon hakam offiside holatini qayd etdi
45+'
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi
43'
Vakillarimizning hujumlari zarbagacha yetib bormayapti
40'
Sanjar Tursunov qarama-qarshi qanotga to'pni Fortesga uzatdi. Elvin esa jarima maydoni tomon yorib kirib bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi
39'
XAVFLI VAZIYAAAT!
38'
Yana qo'pollik. Bu safar Mirjamol Qosimov maydon markazida raqibini to'xtatib qoldi
36'
Jaloliddin Masharipov hujumda qoidani buzdi
33'
Goldan so'ng Shababliklar to'pga egalik qilishmoqda
28'
AGMK tarkibida majburiy o'zgarish yuzaga kelmoqda. Zafar Polvonov biroz avvalgi to'qnashuvdan so'ng jarohat olgan. Shu saba uning o'rniga Aleksandr Kasyan maydonga tushurildi
27'
Habib Abdullaning yuqorilatib uzatgan to'pini Ahmad al Hashmiy boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi
27'
GOL!
25'
Shababliklar hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda. Masharipovning kesib uzatgan uzatmasini himoyachilarimiz qaytarishdi
24'
Mezbonlarning hujumini Akromjon Komilov bartaraf etdi. Shundan so'ng, amalga oshirilgan burchak zarbasi esa samarasiz
21'
Jaloliddin Masharipov burchakdan uzatgan to'pni darvozabon Suxrob Sultonov qiyinchiliksiz egallab oldi
20'
O'yin tempi biroz tushgandek taassurot uyg'otmoqda
18'
AGMK uyushtirayotgan hujumlar so'nggi zarbagacha yetib bormayapti
16'
RAqiblarimiz burchak zarbasini amalga oshirdilar. Suxrob Sultonov esa mushtlari bilan to'pni uzoqlashtirdi. Hujumning oxiri esa offside bilan yakun topdi
14'
Elvin Fortes maydon markazida raqibning qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi
10'
AGMK tashkil etayotgan hujumlar sekin-asta keskin tus olmoqda. Mirjamol Qosimovning yuqoridan uzatmasidn keyin Zafar Polvonov darvozabon bilan to'qnashib ketdi
08'
XAVFLI ZARBAAA!
Zafar Polvonov Jokichning uzatmasidan so'ng darvozaga zarba berdi. Majid Nosir esa o'z o'rnida
06'
Uchrashuv boshida bir qancha mayda follar yuzaga kelmoqda. Chap qanotda Akromjon Komilov yiqitildi
05'
Mezbonlar o'ng qanotdan hujum tashkil etishmoqchi edi, biroq himoyachilarimiz pozitsiyalarni tezda yopishdi
03'
Dastlabki daqiqalarda Shabab Al Ahli to'p nazorati va hujumlarda faollik ko'rsatmoqda
01'
Uchrashuv start oldi. Vakillarimizga omad yor bo'lsin!
00'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
00'
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar! Bugun xalqaro maydonda ishtirok etayotgan ikkinchi jamoamiz AGMK 3-tur doirasida Shabab Al Ahliga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvni siz bilan birga kamina Dadajon Foziljonov kuzatib boradi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.