Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCh 2022 saralash bosqichi
| JCh 2022 va OK 2023 qo‘shma saralash bosqichi | ||
O‘zbekistonJaloliddin Masharipov (6, 35)
Eldor Shomurodov (45+2) Odil Ahmedov (50) Fandi (90+ a.g) |
5 : 0 |
Singapur |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Sanjar Quvvatov, Husniddin Aliqulov, Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Oleg Zoteev, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov | Izvan Mahbud, Mamdxu Moxana, Bayxakki Xayzan, Shakir Xamza, Nazrul Nazari, Shahdan Sulaiman, Zulfaxmi Arifin, Xafiz Sujad, Xazzuvan Xalim, Faris Ramli, Yasir Xanapi | |
| ZAHIRA | ||
| Valijon Rahimov, Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Rustamjon Ashurmatov, Abrorbek Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Hojimat Erkinov, Vagiz Galiulin, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduholiqov, Farruh Ikromov | ful Nizam, Xassan Sanni, Anu, Amirul Adli, Hafiz Nur, Sayfulla Akbar, Xami Shaxin, Irfan Fandi, Ilxan Fandi, Shaval Anuar, Zulqarnayn Suzliman, Gabriel Kvak | |
Matn
| ' | ||
| 90+' | ![]() |
O'yin o'z yakuniga yetdi. O'zbekiston MTJ yirik hisobda g'alab qozondi va ochkolar sonini 12 taga yetkazib olgan holda Saudiyaga yaqinlashdi. E'tiboringiz uchun tashakkur... |
| 90+' | ![]() |
Farruh Ikromov birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol eta olmadi |
| ' | ||
| 90+' | ![]() |
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi |
| ' | ||
| 90+' | ![]() |
Islom Qobilov jarima maydonchasi yaqinida Sayfulla Akbarga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka ishlab oldi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOL! Odil Ahmedovning chap qanotdan uzatgan to'pini 17-raqamdagi Ehson Fandi o'z darvozasiga joylab qo'ydi. U Singapurda o'tgan bahsda darvozamizni ishg'ol etgandi |
| 88' | ![]() |
Eshmurodoooov. Singapur futbolchilarining qanotdan uyushtirgan xavfli hujumini qaytardi, Bravo! |
| 83' | ![]() |
Vakillarimiz tomonidan ajoyib kombinatsiya tashkil etilayotgan edi. Qanot hakami Temurxo'ja Abduxoliqovni ofsaydda tep topdi |
| 81' | ![]() |
Sanjar Quvvatovga to;p uzatildi. Bugungi o'yinda "Paxtakor" darvozaboni deyarli ko'rinmadi |
| 78' | ![]() |
Odil Ahmedovning havolatib uzatgan to'pini qiyin vaziyatda turganiga qaramay Eldor Shomurodov darvozaga zarba bera oldi. To'p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi va Singapur himoyachisi tomonidan uzoqlashtirildi |
| 75' | ![]() |
"Cooling break"... Ikkinchi taymning yarim soati ortda qoldi va bosh hakam futbolchilarga suv ichib olish imkoniyatini taqdim etdi |
| 75' | ![]() |
Mavsum davomida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lga Odil Ahmedov bugun yaxshi o'yin namoyish etyapti. Saudiya bilan o'yingacha sport formasini tiklab oladi deb umid qilamiz |
| 72' | ![]() |
Aliboyevning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasini Izvan Mahmud maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan so'ng Islom Qobilovning bosh bilan bergan zarbasini esa egallab oldi |
| 68' | ![]() |
Abramov 5 ta o'zgarishdan foydalanib bo'ldi. Ikkitasi majburiy. Qolgan 20 daqiqada futbolchilar jarohat olishmaydi deb umid qilamiz |
| ' | ||
| 63' | ![]() |
Singapurlik futbolchilar juda qo'pol o'yin namoyish etishyapti. Aksariyat to'p uchun kurashlarda butsaning tag qismi bilan zarbalar berishyapti |
| 60' | ![]() |
Hojimat Erkinov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov o'yinga qo'shildi. Erkinov ikkinchi taymda maydonga tushgan edi |
| 58' | ![]() |
O'yinga qo'shilgan Odiljon Hamrobekov maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi |
| 58' | ![]() |
O'yinga qo'shilgan Odiljon Hamrobekov maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi |
| 57' | ![]() |
Hojimat Erkinov to'p uchun kurashda jarohat oldi va maydonni tark etdi |
| 55' | ![]() |
Vadim Abramov o'zgarishlarga qo'l urdi. Jaloliddin Masharipov hamda Otabek Shukurovlaro'rniga o'yinni Farruh Ikromov va Odilbek Hamrobekov davom ettirishadi |
| ' | ||
| 50' | ![]() |
Hojiakbar Alijonov Odil Ahmedovni to'p bilan ta'minladi. Jamoamiz sardori esa, o'zining kuchli va aniq zarbasi bilan tabloga o'z nomini yozdirib qo'ydi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 47' | ![]() |
Ikrom Aliboyev, Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov uyushtirgan kombinatsion hujum ko'ngildagidek yakunlanmadi |
| 47' | ![]() |
Termamiz ikkinchi 45 daqiqalikni o'zgarish bilan boshladi. Dostonbek Hamdamov o'z o'rnini Hojimat Erkinovga bo'shatib berdi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi! |
| BT' | ![]() |
Birinchi taym 3:0 hisobida o'z nihoyasiga yetdi. Hozircha TANAFFUS! |
| 45+' | ![]() |
Dostonbek Hamdamov o'ng qanotdan yuqorilatib Shomurodov tomon uzatma amalga oshirdi.Himoyachi Eldorga qarshilik ko'rsatishda xatolikka yo'l qo'ydi. Natijada hujumchimiz hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi |
| 45+' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 45+' | ![]() |
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi |
| 45' | ![]() |
Ha, kutganimizdek Aliqulov o'yindan olindi. Uning o'rniga Hojiakbar Alijonov o'yinni davom ettiradi |
| 43' | ![]() |
Xusniddin Aliqulovga nisbatan shifokorlar yordami ko'rsatildi. Katta ehtimol bilan futbolchimiz almashtiriladi |
| 38' | ![]() |
Oleg Zoteyev chap qanotdan Eldor Shomurodovni to'p bilan ta'minladi. Legionerimizning bu safargi urunishi ham samarasiz ketdi |
| 38' | ![]() |
Eldor Shomurodooov! |
| 35' | ![]() |
Eldor Shomurodov raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pga esa Jaloliddin Masharipov darvozaga joylab qo'ydi |
| 35' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 33' | ![]() |
Maydon markazida Zulfaxmi Arifin Ikrom Aliboyevning oyog'iga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan ogohlantirildi |
| 29' | ![]() |
Singapur tarkibida erta o'zgarish yuzaga keldi. Xafiz Sajid o'rniga maydonga Ilfan Fandi tushurildi. |
| 28' | ![]() |
Futbolchilarimiz maydon markazida bir necha bor to'pni raqibga oldirib qo'yishmooqda. Sergak tortish kerak! |
| 24' | ![]() |
Odil Ahmedovning uzatmasidan keyin Eldor Shomurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga Izvan Mahbud seyv amalga oshirib, bartaraf etdi |
| 24' | ![]() |
XAVFLI ZARBAAA! |
| 20' | ![]() |
Ikrom Aliboyev raqib jarima maydonida Eldor Shomurodovni chiroyli tarzda to'p bilan ta'minladi. Biroq Shomurodov offside holatida qolib ketdi |
| 19' | ![]() |
Odil Ahmedov yana oldingi chiziqda keskinlik yuzaga keltirdi. Uning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Izvan Mahbud bartaraf etdi |
| 16' | ![]() |
Odil Ahmedovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi |
| 16' | ![]() |
XAVFLI ZARBAAAA! |
| 09' | ![]() |
Dostonbek Hamdamov maydon markazida raqibiga qarshi qo'pol o'ynadi |
| 08' | ![]() |
Vakillarimiz goldan so'ng, to'p nazoratini o'z qo'llariga olishmoqda |
| 06' | ![]() |
Ikrom Aliboyevning markazdan yuqorilatib uzatgan uzatmasini Jaloliddin Masharipov golga aylantirdi |
| 06' | ![]() |
GOOOOOL! |
| 01' | ![]() |
Uchrashuvga start berildi! Vakillarimizga omad yor bo'lsin deb qolamiz! |
| 00' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbolsevar do'stlar. Xayrli oqshom barchaga. O'zbekiston Singapur uchrashuvi boshlanish arafasida. Ayni paytda ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|