Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2022 saralash bahsi
| Osiyo. «D» guruhi, 9-tur. Bosh hakam: Muhammad Abdulla (BAA) | ||
YAMAN |
0 : 1 |
O‘ZBEKISTONJaloliddin Masharipov (19-penalti)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Muhammad Aman 4.Mudir Abdurobu 5.Alouddin Noman 6.Jehad Muhammad 8.Jalol Hezam 10.Muhsin Muhammad 13.Ahmed Sodiq 16.Nosir Ahmed 17.Mufiyd Jamol 19.Muhammad Ahmed 20.Emad Mansur |
12.Sanjar Quvvatov 2.Islomjon Qobilov 3.Hojiakbar Alijonov 7.Odiljon Hamrobekov 8.Ikrom Aliboyev 9.Odil Ahmedov 10.Jaloliddin Masharipov 14.Eldor Shomurodov 15.Umarbek Eshmurodov 19.Sanjar Qodirqulov 23.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Muhammad Ibrohim 2.Salim Abdulloh 3.Abdulmuayyan Ali 7.Ahmed Abdulhakim 9.Umar Abdulloh 11.Muhammad Abdulloh 12.Ahmed Mohir 14.Manaf Sayid 15.Mazen Hasan 18.Ali Kafiz 21.Ahmed al-Vajih |
1.Abduvohid Ne’matov 16.Valijon Rahimov 4.Farruh Ikromov 5.Rustamjon Ashurmatov 6.Abror Ismoilov 11.Temurxo‘ja Abduholiqov 13.Oleg Zoteev 17.Dostonbek Hamdamov 18.Vagiz Galiulin 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 21.Igor Sergeev 22.Sanjar Shoahmedov. |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ahmed Sodiq (18)
Muhammad Ahmed (64) Muhsin Muhammad (79) |
Ikrom Aliboyev (45+2)
Eldor Shomurodov (77) |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin tugadi. O‘zbekiston milliy jamoasi asabiy kechgan bahsda kichik hisobda g‘alaba qozondi. |
| 90+4' | ![]() |
Yaman jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ofsayd |
| 90+2' | ![]() |
Yamanda ham ikki o‘zgarish bo‘ldi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
O‘zbekistonda ikki o‘zgarish: Ibrohimxalil o‘rniga Oleg Zoteev, Eldor Shomurodov o‘rniga Igor Sergeev tushirildi |
| 88' | ![]() |
Masharipov jarima maydoniga kirib yiqildi. Hakamning hushtagi jim |
| 88' | ![]() |
Yaman burchak zarbasini tepdi. Sanjar Quvvatov to‘pni ilib oldi |
| 84' | ![]() |
Futbolchilarimiz qisqa paslar bilan raqib jarima maydoniga kirib kelishdi. Bor-yo‘g‘i burchak zarbasi |
| 82' | ![]() |
Eh, Odil Ahmedov! Sardorimizning zarbasini darvozabon qaytardi |
| 81' | ![]() |
PENALTI! Yaman darvozasi tomon! Himoyachi jarima maydoniga kirgan Galiulinni chalib yiqitdi |
| 79' | ![]() |
Muhsin Muhammadga sariq kartochka. U Rustam Ashurmatovning yuziga tirsak bilan urdi. Futbolchimizning burni qonadi |
| 77' | ![]() |
Eldor Shomurodovga ogohlantirish berildi. |
| 76' | ![]() |
Terma jamoamiz tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Ammo Ahmedov zarba berishga moslasha olmadi |
| 75' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sanjar Qodirqulov o‘rniga Vagiz Galiulin tushirildi. |
| 74' | ![]() |
Suv ichib olish uchun qisqa tanaffus |
| 73' | ![]() |
O‘zbekiston qisqa paslar bilan yaxshi hujum tashkil qildi. Ammo Ahmedov zarba bera olmay qoldi |
| 72' | ![]() |
Yamanda yana bir o‘zgarish: Mufiyd Jamol o‘rniga Umar Abdulloh tushirildi. |
| 70' | ![]() |
Yamanda o‘zgarish: Mansur Emad o‘rniga Ahmad Mohir tushirildi |
| 64' | ![]() |
Yamanlik futbolchi Muhammad Ahmed sariq kartochka oldi. U Alijonovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 62' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Ikrom Aliboyev o‘rniga Abror Ismoilov tushirildi |
| 60' | ![]() |
Hojiakbar, yaxshi! Bir himoyachini aldab o‘tib, 25 metrlardan zarba berdi. Birozgina noaniq |
| 59' | ![]() |
Endi Quvvatov seyv namoyish etdi. Yaman jarimadan yetkazgan to‘pga futbolchi bosh bilan zarba bergandi |
| 57' | ![]() |
Vuuuh! Burchak to‘pidan keyin Masharipov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi va zarba berdi. Yana darvozabon qutqarmoqda! |
| 57' | ![]() |
Jaloliddin yana bir marta o‘z qanotida yaxshi ishladi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 54' | ![]() |
VUUUUUH! Masharipov chap qanotda himoyachilar chiroyli aldab o‘tib, ajoyib uzatma berdi va ideal uzatma berdi. Ahmedov bosh bilan zarba berdi. Darvozaga kirayotgan to‘pni Muhammad Aman qaytarib qoldi! |
| 52' | ![]() |
Alijonov yaxshi harakat qilib, jarima maydoniga kirib borgan Shomurodovni to‘p bilan ta’minladi. Eldor esa aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 52' | ![]() |
Muhsin Muhammad olis masofadan yerlatib zarba berdi. Quvvatov to‘pni egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Vuuuh! Masharipov bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga yaqinlashdi va chap oyoqda aniq zarba berdi. Muhammad Aman to‘pni qaytardi |
| 47' | ![]() |
Vuuuh! Yamanlik futbolchi Ahmed Sodiq olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Quvvatov to‘pni qaytardi. Burchak zarbasi |
| 46' | ![]() |
Yana penalti ishlashimiz mumkin edi. Shomurodovning uzatmasidan keyin Qodirqulov jarima maydoniga kirish chog‘ida himoyachiga urilib yiqildi. Hakam bu safar fol qayd etmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Umarbek Eshmurodov o‘rniga Rustam Ashurmatov tushirildi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari ikkinchi taym uchun maydonga chiqib bo‘lishdi. Yamanni kutyapmiz |
| ' | ![]() |
Parallel ravishda kechayotgan Saudiya Arabistoni - Singapur uchrashuvining birinchi bo‘limidan so‘ng hisob ochilmagan. |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Yaman - O‘zbekiston - 0:1. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Ikrom Aliboyev sariq kartochka oldi. U raqib oyog‘ini bosib oldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Ahmedov yuqoridan uzatma berdi. Qobilov bosh bilan raqib himoyachisi yuziga zarba berib yubordi. Fol qayd etildi |
| 44' | ![]() |
Shomurodovga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 28 metrlar... |
| 42' | ![]() |
Ahmedov jarima maydoniga kirish pallasida himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 40' | ![]() |
Bizda yaxshi imkoniyat! Alijonov o‘z qanotidan raqib jarima maydoniga kirdi va bir himoyachini aldadi hamda chap oyoqda zarba berdi. Muhammad Aman yaxshi seyv bilan zarbani qaytardi |
| 39' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘p nazoratida ustun harakat qila boshladi. |
| 35' | ![]() |
Vuuuuh! Terma jamoamizda yaxshi imkoniyat! Shomurodov - Aliboyev - Alijonov - Shomurodov kombinasiyasidan keyin Eldor 10 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Hakam o‘yinda tanaffus e’lon qildi va futbolchilarga tomoq ho‘llab olish uchun imkoniyat berdi. Havo issiq |
| 28' | ![]() |
Yamanliklar o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 27' | ![]() |
Hakamlar ofsayd qayd etishda shoshib qolishdi va xato qilishdi |
| 26' | ![]() |
Yaman burchak zarbasini tepdi. Quvvatov to‘pni egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Qobilov bosh bilan zarba berdi. Ancha noaniq |
| 24' | ![]() |
Alijonov yaxshi o‘ynadi va burchak zarbasi ishladi |
| 23' | ![]() |
Jaloliddin chap qanotdan yaxshi uzatma bergandi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 23' | ![]() |
Yaman gol o‘tkazgach hujumga o‘ta boshladi |
| 19' | ![]() |
GOOOOL! Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi. Darvozabonni chiroyli aldadi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 17' | ![]() |
PENALTI ishladik! Ibrohimxalilni yiqitishdi |
| 14' | ![]() |
VUUUUH! Quvvatovdan ajoyib seyv! Aks holda Yaman hisobni ochish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Qanotdan uzatma berilgan paytda ikki markaziy himoyachimizning o‘zaro tushunmovchiligi evaziga hujumchi darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi va zarba berdi. To‘p Sanjarga tegib qaytdi! |
| 11' | ![]() |
To‘p Yaman posbonga yetkazilganida Shomurodov unga nisbatan bosim uyushtirdi. Darvozabon to‘pni tepib yuborganidan so‘ng uning oyog‘i Eldorning oyog‘iga tegib ketdi. Jarohat jiddiy emas, xayriyat |
| 9' | ![]() |
Qodirqulovga nisbatan o‘ng qanotda fol ishlatildi |
| 8' | ![]() |
O‘zbekiston ilk daqiqalarda uzun paslar ko‘p foydalanmoqda. |
| 8' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan uzatmani Quvvatov egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Yaman kurashmoqda. Maydon markazini berib qo‘ymoqchi emas |
| 2' | ![]() |
Masharipovga nisbatan fol ishlatildi. Ahmedov to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi. Shomurodovning bosh bilan bergan zarbasini Yaman posboni egallab oldi. Dastlabki aniq zarba bor bizda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga Eldor Shomurodov kiritib berdi |
| ' | O‘yin boshlanish arafasida. Ammo bir daqiqalik sukunat e’lon qilindi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida bugun navbatdagi bahsni o‘tkazmoqda. Bugungi raqibimiz Yaman terma jamoasi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|