Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2022 saralash bahsi

Osiyo. «D» guruhi, 10-tur. Bosh hakam: Ko Xyuing Jin (J.Koreya)

S.ARABISTONI

Salmon al-Faraj (25, 33)
Ali al-Hassan (53)

3 : 0

O‘ZBEKISTON

JAMOALAR TARKIBI
21.Muhammad al-Ovays (D)
02.Salton al-G‘anam
03.Abdulloh Madu
13. Yossir ash-Shahroniy
23.Hassan at-Tambaktiy
07.Salmon al-Faraj
08.Ali al-Hassan
14.Abdulloh Otayf
11.Solih ash-Shehriy
18.Abdulrahmon G‘ariyb
19.Fahad al-Muvallad
  12.Sanjar Quvvatov (D)
03.Hojiakbar Alijonov
05.Rustamjon Ashurmatov
09.Odil Ahmedov
23.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev
06.Odil Hamrobekov
07.Otabek Shukurov
13.Oleg Zoteev
18.Vagiz Galiulin
10.Jaloliddin Masharipov
14.Eldor Shomurodov
ZAHIRA
01.Muhammad al-Yamiy (D)
22.Zayd al-Bavardiy (D)
04.Muhammad Xubroniy
05.Abdulaloh al-Amriy
12.Saud Abdulhamid
10.Ali al-Asmariy
15.Nossir ad-Dovsariy
09.Abdulloh Al-Hamdan
17.Muhammad Marzuq
20.Firas al-Birakan
  01.Abduvohid Ne’matov (D)
16.Valijon Rahimov (D)
02.Islom Qobilov
15.Husniddin Aliqulov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
08.Ikrom Aliboyev
17.Dostonbek Hamdamov
19.Abrorbek Ismoilov
22.Oybek Bozorov
04.Farrux Ikromov
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
21.Igor Sergeev
SARIQ KARTOCHKA
Salmon al-Faraj (67)
 
Otabek Shukurov (90+1)

Matn

90+8'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi o‘z yurishini to‘xtatdi. Saudiya o‘z yo‘lidagi asosiy raqiblardan birini olib tashladi
90+8'
Masharipov tomonidan 16 metrlardan yo‘llangan zarba natijasida to‘p darvozabonga kelib tushdi
90+5'
Sulton al-G‘annam ogohlantirish oldi
90+5'
Eldor o‘tkir burchak ostida ancha noaniq zarba yo‘lladi
90+4'
Saud Abdulhamid ogohlantirish oldi. U Ashurmatovga jarohat yetkazdi
90+3'
Odil 16 metrlardan aniq zarba bera olmadi
90+2'
Vuuuh! Aliboyev jarima maydoniga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Darvozabondan seyv
90'
Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Otabek Shukurov sariq kartochka oldi
89'
Jaloliddin burchakdan yetkazgan uzatmaga Ikromov bosh bilan zarba berdi. Noaniq
88'
Masharipov jarimadan uzatmani amalga oshirdi. To‘p yana o‘sha Muhammadda
87'
Saudiya jon-jahdi bilan himoyalanmoqda. Bitta ham gol o‘tkazib yubormoqchi emas
84'
Zoteev chap qanotdan bergan uzatmasi Shomagacha yetib kelmadi
83'
Ehh, Oybek va Farrux yaxshi kombinasiya tashkil qilishgandi. Ikromov so‘nggi zarbani bera olmadi
82'
Alijonovdan uzatma, to‘p esa Muhammadda
81'
Abramovdan original uslub: yaqindagina maydonga tushgan Doston Hamdamov o‘rniga Farrux Ikromov tushirildi
80'
Yaxshi kombinasiya tashkil qildik. Ammo Shomurodovning uzatmasini darvozabon egallab oldi
78'
Saudiyada ikki o‘zgarish bo‘ldi. Jarohat, cooling break, almashuvlar bahonasida o‘yin 6 daqiqa to‘xtab qoldi
75'
Jarohatlangan futbolchi maydondan tashqariga olib chiqib ketildi. Hakam suv ichish uchun tanaffus e’lon qildi
72'
Saudiya Arabistoni darvozaboni va himoyachisi o‘zaro to‘qnashib ketishdi. Mudofaa vakilining ahvoli yaxshi emasga o‘xshaydi
70'
Masharipov burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Aliboyev zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo noaniq
69'
Shukurov jarimadan aniq zarba berdi. Al-Ovays to‘pni osonlik bilan egallab oldi
67'
Faraj al-Salmon ochiqchasiga Aliboyevni tepdi va sariq kartochka oldi. Asabiy holat yuzaga keldi
63'
Saudiyada 2ta o‘zgarish bo‘lmoqda
63'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Eldor bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
62'
Alijonov burchak zarbasi ishladi
60'
Vuuuh! Oybek Bozorov olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Darvozabondan seyv
59'
Quvvatovdan seyv! Zoteevdan qo‘pol xato!
59'
Alijonov chap qanotdan yaxshi pas berdiyu, yana o‘sha Muhammad to‘pga ega chiqdi
58'
Jaloliddin faollikni oshirmoqda. Uning uzatmasidan keyin to‘pni al-Ovays egallab oldi
57'
Masharipovning uzatmasidan keyin Shomurodov jarima maydoniga kirdi, ammo posbon to‘pni egallab oldi
54'
Saudiyada ham 2ta o‘zgarish bo‘ldi
53'
O‘zbekistonda birdaniga 3ta o‘zgarish: Yo‘ldoshev o‘rniga Ikrom Aliboyev, Galiulin o‘rniga Oybek Bozorov, Hamrobekov o‘rniga Doston Hamdamov tushirildi.
53'
GOL! Ali al-Hassan osongina uchinchi goni urib ketdi. Nima bo‘lgan o‘zbekistonlik yigitlarga?
49'
Masharipov chap qanotdan yaxshi uzatma berdi. Ammo to‘pni qabul qilib oladigan hech kim yo‘q
47'
Ibrohimxalil olis masofadan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Ammo hozircha tarkibimizda o‘zgarish bo‘lmaydi. Davom o‘tamiz. Bizga kamida durang kerak
46'
Ikkinchi taym boshlanish arafasida. Tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘lishi kerak
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston - 2:0.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Terma jamoamiz ketma-ket ikki marta burchak zarbasini tepdi, ammo ulardan foydalana olmadik
42'
Vuuuh! Shomurodov jarima maydoniga kirdi, ammo darvozabon qutqardi!
41'
Ehhh, Shukurov! Otabek raqib jarima maydoni ichida himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, posbon bilan yakkama-yakka vaziyatda noaniq zarba berdi. Afsus...
39'
Vuuuh! Saudiyalik futbolchining 18 metrlardan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tegib qaytdi
37'
Hujumlarimiz va olis masofadan berayotgan uzatmalarimiz o‘xshamayapti
35'
Markazdan yetkazilgan uzatmaga Shomurodov yetib bora olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi
'
33'
GOL! Saudiya Arabistoni chiroyli kombinasiya tashkil qildi va hisobdagi farqni oshirdi. Yana o‘sha Salmon al-Faraj!
30'
Tomoq ho‘llab olish uchun tanaffus
30'
Shukurov olis masofadan zarba yo‘llashga urindi. Noaniq
29'
Terma jamoamiz hujum tashkil qilmasa bo‘lmaydi endi
25'
GOL! Saudiya Arabistoni hisobni ochdi. Salmon al-Faraj yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni ochdi
24'
Shomurodov jarima maydoniga kirib bordiyu, ammo futbolchilarimiz bir-birlarini tushunmay qolishi oqibatida to‘p yo‘qotildi
22'
Tomonlar to‘pni asrab-avaylashga harakat qilishmoqda. Har ikki jamoa himoyada mustahkam o‘ynashga intilmoqda
20'
Fahad al-Muvallad o‘ng qanotda Yo‘ldoshevni aldab o‘tib ketdi va jarima maydoniga uzatma berdi. To‘pni Ashurmatov bosh bilan maydondan tashqariga chiqarib yubordi
14'
Bugun bizni durang qanoatlantirgani uchun bo‘lsa kerak, milliy jamoamiz bugun ehtiyotkor o‘yin namoyish etmoqda. E’tibor markaz uchun kurashga qaratilgan.
12'
Yaxshi hujum tashkil qilgandik. Ammo so‘nggi pallada Alijonov jarima maydoniga kirish arafasida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
11'
Galiulin o‘ng qanotda yaxshi harakat qilib, burchak zarbasi ishladi. Masharipov tomonidan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
10'
Quvvatov bu safar ishonchli harakat qilishdi
9'
Boshqa guruhlarda yakunlangan ba’zi o‘yinlar natijasidan kelib chiqib hozircha xulosa: O‘zbekiston terma jamoasi keyingi bosqichga chiqish uchun bugun kamida durang qayd etishi kerak.
3'
Saudiya hisobni ochishga juda yaqin keldi. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga chiqishda Quvvatov xatoga yo‘l qo‘ydi. Salmon al-Faraj to‘pni darvozaga burib yubora olmadi. Zarba noaniq chiqdi
2'
Saudiyalik futbolchi ofsaydga tushib qoldi
1'
Diqqat, o‘yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston terma jamoasi uchun bugun o‘ta muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi. Hayot-mamot masalasi desa ham bo‘ladi. Raqib — Saudiya Arabistoni
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.