Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston Superligasi-2021

11-tur. 25.06.2021. 20:00

SO‘G‘DIYONA

0 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
27. Milan Mitrovich
2. Sardor Qulmatov
4. Elyor Orifov
5. Ayubxon Nomanov
6. Iskandar Shayqulov
7. Arslanmirat Amanov
8. Jamshid Boltaboyev
10. Shohruz Norxonov
11. Jasur Hasanov (S)
31. Luka Chermel
93. Marko Kolakovich
  1.Abdumavlon Abdujalilov
28.Shuhrat Muhammadiyev
20.Jumaboyev
3.Islom Qobilov
94.Xurshid Muxtorov
5.Kaxi Maxaradze
17.Sanjar Qodirqulov
8.Javohir Siddiqov
77.Diyor Turopov
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
ZAHIRA
1. Shirinboy Abdullayev
37. Alisher Pirmatov
9. Oybek Nurmatov
14. Daniyel Nasriddinov
17. Shahboz Jo‘rabekov
19. Javohir Qahramonov
20. Bahodir Nasimov
28. Ergash Ismoilov
63. Asiljon Begimqulov
  35.Javohir Ilyosov
4.Akrom Komilov
7.Sadriddin Abdullayev
9.Alijonov
10.Bikmayev
14.Amonov
18.G‘anixonov
27.Rashidxonov
45.Toshpo‘latov

Matn

90+'
Bizni kuzatishda davom eting. Sog‘ va salomat bo‘ling!!!
90+'
Uchrashuv yakunlandi. Har ikkala jamoa ham bir ochkodan qo‘lga kiritishdi
90+'
So‘g‘diyonaning so‘nggi daqiqalarda uyushtirayotgan hujumlari noaniq ko‘rinish olyapti
90'
Ikkinchi bo‘limga naq 7 daqiqa vaqt qo‘shib berildi
90'
Bahodir o‘zingni bos!
Bahodir Nasimov ogohlantirildi
No komment
86'
Asaaaaaabiiyyyy!!!!!!
Futbolchilar gol ura olmayotganliklari uyoqda qolib hakamga tashlanishyapti. Saviyayayaya
85'
Xavfliii!!! Kolakovich deyarli birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Amonovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi
82'
Lokoda o‘zgarishlar samarali ish beryapti. Murabbiy imzosi ko‘zga tashlanmoqda. Bikmayev effekti
80'
Zarbaaaa!!!
Bikmayevning xavfli uzatmasini Rashidxonov golga aylantira olmadi. To‘p darvoza ustuniga tegdi
77'
O‘yin juda juda asabiy ruhda o‘tmoqda. Hasanov yon hakam bilan tortishmoqda
73'
Zarbaaa! Shaxboz Jo‘rabekovning bosh bilan bergan zarbasini Abdujalilov arang bartaraf etdi
71'
Mezbonlar ancha ko‘pol harakat qilishmoqda. Bu safar Sardor Qulmatov ogohlantirildi
70'
Mezbonlar tarkibida o‘zgarish

Shoxruz Norxonov o‘rniga
Oybek Nurmatov tushirildi
70'
Xavfli o‘yin! Shaxboz Jo‘rabekov raqibini ayab o‘tirmadi. Sariq kartochka
67'
Biroq jamoalarning so‘nggi 3 bahsida faqat So‘g‘diyona g‘alaba qozongan. So‘nggi 5 o‘yindan atigi bir martasida Lokoning qo‘li baland kelgan
65'
Har ikkala jamoa turli musobaqalar doirasida jami 26 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Bu yerda ustunlik yaqqol mehmonlar tomonida. Temiryo‘lchilar 17 bahsda g‘alaba qozonishgan. Jizzaxliklarda esa 5 ta muvaffaqiyat. 4 o‘yin durang bilan o‘z yakuniga yetgan
61'
Supeeer! Abdumavlon Abdujalilov Noyerni yoqib oldi. U so‘nggi himoyachi rolida
59'
Jamoalar ikkinchi bo‘limda formalarini almashtirib chiqishgan ko‘rinadi. Mezbonlarning markazdagi bog‘lamlarini Maxaradzening o‘zi yeb tashlayapti
57'
Mezbonlar tarkibida o‘zgarish!
Arslanmurad Amanov o‘rniga
Javohir Qahramonov tushirildi
56'
Zarbaaaaa! Muxtorovning zarbasiga Mitrovich super seyv ko‘rsatdi
53'
Sekeyra tanaffusda shogirdlariga yaxshigina ko‘rsatma bergan ko‘rinadi. Lokomotiv raqibini ikkinchi bo‘limda jarima maydoniga qamab qo‘yayapti. Turopovdan xavfli zarbaaa!!!
51'
Mehmonlardan xavfli hujummm!!! Turopovning o‘ngdan oshirgan reydini Chermel shunchaki tomosha qildi
49'
To‘plar nisbati 53 ga 47 foiz. Lokomotiv foydasiga.
zarbalar bo‘yicha 9 ga 3. Biroq aniqlik borasida mehmonlar ustun
47'
Zarbaaaaa!!! Hasanovning jarimadan uzatgan to‘pini sheriklari ko‘kka sovurdi
45'
Demak do‘stlar! Ikkinchi bo‘limga start berildi
45'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda
45+2'
Birinchi bo‘limga yakun yasaldi. Futbolchilardan ikkinchi taymda biroz dadillik va sovuqqonlik kutib qolamiz
45+2'
Zarbaaaa! Norxonovning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
45'
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa vaqt qo‘shib berildi
43 '
Zarbaaaaa!!! Lokomotiv nihoyat taym so‘nggida eng xavfli va birinchi aniq zarbasini yo‘lladi. Turopovning bosh bilan yo‘llagan zarbasini Mitrovich arang qaytardi
41'
Taym so‘nggida mehmonlar to‘pga nazoratni o‘z qo‘llariga ola boshladilar. Qanotlpr xpvfli ishlayapti
36'
Standart vaziyat! Hasanovning jarimadan uzatgan to‘pi o‘z egasiga yetib bormadi
30'
Temurxo‘ja Abdixoliqovga hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka ko‘rsatildi
28'
Zarbaaaaa!
Iskandar Shayqulov uzoq davom etgan hujumni muvaffaqiyatli tugata olmadi. U 11 metrlik nuqtadan kaptar poyladi
23'
Mehmonlar sekin asta uchrashuvdagi nazoratni o‘z qo‘llariga ola boshladilar. Birin ketin Mitrovich darvozasi oldida xavfli hujumlar boshlanmoqda
16'
Hujumda fol. Mezbonlar darvozabonga nisbatan ancha qo‘pol o‘ynashdi
14'
Lokomotiv to‘pni nazorat qilishga harakat qilyapti ammo mehmonlardan aytarli xavfli hujum ko‘rmadik
11'
Ammo Burchakdan boshlangan hujum pozision ko‘rinish oldi va tezda yakunlandi
11'
Diqqat!!! Mezbonlarda burchak zarbasi
07'
Hozircha ustunlik yaqqol mezbonlar tarafida
06'
Xavfliii!!!
Hasanovning zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz bartaraf etdi
05'
Jarima zarbasi!!!
Mezbonlarda jarima maydoni oldida qulay imkoniyat. To‘p yonida Hasanov
03'
Jasur Hasanovning chap qanotdan oshirib bergan to‘pini raqib darvozaboni ushlab oldi
01'
Xavfli vaziyattt!!!
Mezbonlarning ilk hujumi xavfli tus oldi
01'
Diqqat!!!!
Hakam hushtagini chaldi, ushrashuvga start berildi.
00'
Jamoalar maydonga PFL madhiyasi sadolari ostida kirib kelmoqda
00'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislar!
Bir necha daqiqalardan keyin Superliga 11-turi doirasidagi So‘gdiyona hamda Lokomotiv jamoalari o‘rtasidagi bahsga start beriladi. Uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyasiya holida kuzatib borishingiz mumkin
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.