Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 27-tur.

23 fevral, 17:30

LIVERPUL

Starrij (3, 36)
Hendersen (21, 74)

4 : 3

SUONSI SITI

Shelvey (23)
Boni (27, 46-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
Minyole
Jonson
Flanagan
Shkrtel
Agger
Jerrard
Henderson
Sterling
Koutinyo
Suares
Starrij
  Vorm
Ranxel
Chiko
Uilliams
Teylor
Britton
de Guzman
Sheli
Dayer
Routlej
Boni.

Matn

90'
O‘yin tugadi
85'
«Liverpul» to‘pni nazorat qilmoqda va shu yo‘l bilan tempni o‘ldirmoqchi.
82'
Shkrtel o‘z darvozasiga yana bir gol urishiga sal qoldi. Jarima maydoni ichida to‘pni qaytarishga uringan jamoadoshi tepgan to‘p Shkrtelga tegdi va darvozabon uni ushlab oldi.
80'
Deniyel Starridj o‘rniga Devid Mozes tushdi.
78'
Du Guzman o‘rniga David Ngog tushmoqda.
76'
Luis Suares jarima maydoniga kirmay juda kuchli zarba yo‘lladi. Uilliams birinchi zarbani qaytardi, Hendo zarba berdi, darvozabon qaytardi ikkinchi urinishda Hendrson hisobni 4:3ga yetkazdi.
74'
Hendooooooo Hendooooooooooo Gooooooooooooooooooooooooooool
72'
Dayer o‘rniga Pablo Ernandes tushmoqda.
70'
Suares katta tezlikda oldinga bordi va jarima maydoniga yorib kirmoqchi edi, lekin Uilliams bunga yo‘l qo‘ymadi.
68'
Chiko jarohat olib maydonda aaaancha yotib qoldi va muxlislar uni «shirin» so‘zlar bilan siylashdi.
66'
Maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ygan Suares Starridjga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Denining zarbasini esa Uilliams to‘sib qoldi.
64'
Agger o‘rniga Ture tushdi.
62'
Maydon markazida Agger Boniga nisbatan juda qo‘pol harakat qildi. Hakam unga sariq berishi ham mumkin edi, lekin ayadi.
60'
Uxxxxxxx Boni ajoyib harakat qildi. U qaramay turib to‘pni Dayerga uzatdi. Notanning zarbasini esa darvozabon qaytardi.
57'
!!!!!!!!!!! De Guzmanning zarbasi juda kuchli chiqdi, lekin oooozgina noaniq.
55'
Jarima maydonoga yaqin joyda Jonson qoida buzdi va jarima zarba belgilandi.
53'
Kutilmagan gol «Liverpul»ning rejalarini o‘zgartirib yuborgan ko‘rinadi. Jamoa to‘pni nazorat qilib reja o‘ylamoqda.
51'
Starridj qanotda to‘pni qabul qilib oldi va himoyachilarni chalg‘itgan holda uni Suaresga uzatdi. Luisning zarbasi esa noaniq bo‘ldi.
49'
Jarima maydoni ichida Shkrtel boniga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va hakam penalti ishlatdi. Zarbani Bonining o‘zi aniq amlaga oshirdi.
48'
Goooooooooooooooooooooooool Boni.
47'
Penalti. «Liverpul» darvozasiga.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Ajoyib birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha 3:2.
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
43'
Mezbonlar uzoq vaqt to‘pni jarima maydoni atrofida ushlab turishdi va Starridj Hendersonga to‘pni uzatdi. Hendo esa xatoga yo‘l qo‘ydi.
41'
O‘yin sokin kechmoqda, shuning uchun qisqa chekinish qilamiz. «Liverpul» darvozaboni Simon Minyole o‘zini Belgiya terma jamoasining asosiy darvozaboni deb atadi. Bu esa uning mamlakatdagi obro‘yini tushirib yubordi.
39'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! UX Suares. Maydoon markazidan darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko‘rdi va zarba berdi. Oooozgina noaniq.
37'
Luis Suares qanotdan to‘pni qabul qilib oldi va Starridjga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Deni esa bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
36'
Gooooooooooooooooooooooooool
35'
«Suonsi»ning hujumi vaqtida De Guzman qoida buzdi. Fol.
33'
Jamoalar birinchi davrada ham 2:2 hisobida durang o‘ynashgandi, lekin bugun allaqachon 2:2. Hali gol bo‘lsa kerak.
31'
Rahim Sterling o‘z qanotidan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqiniga yetkazib berdi. Bu yerda darvozabondan boshqa hech kim yo‘q.
29'
«Suonsi» goldan keyin o‘ziga xos tarzda to‘pni nazorat qilmoqda.
27'
Jarima zarbasidan keyin Boni bosh bilan zarba berdi va to‘p Shkrtelning yelkasiga tegib, darvozadan o‘rin oldi. Buni kambek deyishadi 2:2.
26'
Goooooooooooooooooooool 2:2
26'
Maydon markazida Shkrtel Shelviga qarshi qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka oldi.
24'
FANTASTIKAAAAAAAAAA. Shelvi Bonidan to‘pni qabul qilib oldi va 30 metrlardan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. Bunaqasi bo‘lmagan. Butun stadion raqibning golini nishonlamoqda. Shelvi sobiq jamoasiga urgan golini nishonlamadi va uni olqishlashdi.
23'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
23'
Chap qanotda Jonson va Sterling juda yaxshi taktikani amalga oshirishgandi, lekin Rahimgacha to‘pni Vorm yetib keldi va uni ushlab oldi.
21'
Fantastik gol. Starridj chap qanotdan himoyachilarni aldab o‘tvi to‘pni jarima maydoni ichidagi Hendersonga uzatdi. Hendo esa yuqori to‘qqizlikni aniq nishonga oldi.
20'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool Gooooooool
17'
Shelvi bugun juda yaxshi o‘ynamoqda. U qanotdan markazga o‘tdi va jarima maydoniga kirmay, zarba yo‘lladi, lekin himoyachi to‘pni qaytardi.
15'
«Liverpul»ning navbatdagi hujumi vaqtida Henderson qoida buzdi. Hakam Hendoni ayadi.
13'
«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jojrio Shelvi qanotdan juda yaxshi to‘p uzatishini amalga oshirgan edi, lekin Boni to‘pga yeta olmadi.
11'
Goldan keyin o‘yin maydon markaziga kechdi. «Liverpul» to‘pni nazorat qilmoqda.
9'
«Sunonsi» qarshi hujumda yashi o‘ynadi. Shelvi markazdan jarima maydonigacha yaqinlashdi va to‘pni Boniga uzatdi. Boni esa chap qanotdan ochilib borayotgan Routledjni ko‘rmay, zarba berdi. Noaniq.
7'
Burchak to‘pi esa samarasiz bo‘ldi.
6'
Rahim Sterling endi chap qanotda faollik ko‘rsatdi. U bitta himoyachini aldab o‘tib, ajoyib zarba berdi, lekin darvozabon to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi.
4'
Rahim Sterlning maydon markazidan turib ofsayd chizig‘idagi Deni Starridjga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi. Hujumchi esa himoyachidan o‘tib ketdi, darvozabonni ham aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi.
3'
Gooooooooooooooooooooooooooooooool
3'
Bugun Brendan Rodjersning sobiq hamda hozirgi jamoalari maydonga tushishgan. Xabaringiz bor, «Suonsi»ni aynan Rodjers premyer ligaga olib chiqqan edi.
3'
«Liverpul» o‘z odatiga ko‘ra ilk daqiqalardanoq hujumga zo‘r berdi. Koutinyo jarima maydoniga kirmay zarba berdi, lekin uning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Liverpul» hamda «Suonsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.