Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evro-2020 Angliya - Daniya

Yarim final

Angliya

Kyer 39 AG
Keyn 104

2 : 1

Daniya

Damsgor 30
JAMOALAR TARKIBI
Pikford, Uolker, Shou, Rays, Stounz, Maguayr, Saka, Sterling, Fillips, Maunt, Keyn   Shmeyxel, Vestergor, Kyer, Mexle, Kristensen, Dileyni, Breytueyt, Damsgor, Stryuger Larsen, Xyoybyerg, Dolberg

Matn

120'
Bizni kuzatishda davom eting. Ko‘rishguncha, salomat bo‘ling
120'
O‘yin o‘z yakuniga yetdi. Angliya qiyinchilik bilan bo‘lsada final yo‘lllanmasini qo‘lga kiritdi
118'
Angliyada bo‘sh xududlar ko‘paydi, biroq ular oldinga o‘tib ketishni xohlamayapti
114'
Breytveytning zarbasidan so‘ng Pikford to‘pni qaytarmoqda
112'
Xenderson jarima maydonchasi ichida yiqitildi, ammo penalti berilmadi
111'
Daniyaliklarning barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda
109'
Daniya oldinga o‘tigsha urinmoqda, biroq jamoa biroz charchab qolgani bilinmoqda
105'
Ikkinchi ekstra taymga start berildi
104'
Xarri Keyn qaytgan to‘pdan so‘ng baribir gol urib ketmoqda
103'
Penalti. Raxim Sterling yiqitildiva penalti belgilanmoqda
99'
Angliya hujumlar yomg‘irini yog‘dirmoqda. Hozircha Daniya yaxshi himoyalanmoqda
97'
Grilishning ajoyib zarbasini yana Shmeyxel qaytarmoqda
96'
Angliya foydasiga burchak zarbasi
95'
Fil Foden Meyson Maunt o‘rniga maydonga tushdi. Shuningdek, Xenderson Raysn almashtirdi
95'
Fil Foden Meyson Maunt o‘rniga maydonga tushdi. Shuningdek, Xenderson Raysn almashtirdi
93'
Keynning jarima maydoni ichida yo‘llagan ajoyib zarbasidan so‘ng Shmeyxel yana bir seyv qayd etdi
90'
Ekstra taymlarning birinchisiga start berildi
90+6'
O‘yinning asosiy vaqti o‘z yakuniga yetdi. Endi ekstra taymlar guvohi bo‘lamiz
90+6'
O‘yin yakunida Keyna va yana bir qaton futbolchilarda yaxshi imkoniyat bo‘ldi, biroq ular vaziyatlardan foydalana olmadi
90+5'
Maguayr bosh bilan darvozaga aniq zarba yo‘lladi, biroq Shmeyxel to‘pni egallab oldi
90+4'
Filipps yaxshi nuqtada yomon zarba yo‘lladi
90+1'
Keynda yaxshi vaziyat vujudga keldi, biroq u to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi
90'
Asosiy vaqt o‘z yakuniga yetdi. O‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasi o‘tib bormoqda
87'
Uchrashuvning 86-daqiqasi o‘tib bormoqda. Jamoalar biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda
82'
Shouning uzatmasidan so‘ng Stounz zarba yo‘lladi. Ushbu zarbaga biroz aniqlik yetishmadi
80'
Filipps uzoq masofadan zarba yo‘lladi, biroz noaniq
79'
Uning o‘rniga maydonga Anderson tushmoqda
78'
Kristensen maydonda yotibdi. U o‘yinni davom ettira olmaydi
75'
Keynga nisbatan jarima maydoni ichida o‘yin qoidasi buzildi va VAR buni tekshirdi. Penalti yo‘q
73'
Mauntning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Shmeyxel bir amallab to‘pni qaytardi
73'
Mauntning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Shmeyxel bir amallab to‘pni qaytardi
71'
Vass Grilishga nisbatan o‘yin qoidasi buzdi va sariq kartochka oldi
69'
Daniya jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi
65'
Daniya terma jamosida bir yo‘la uchta o‘zgarish. Larsen, Damsgor va Dolberg maydonni tark etdi. Nyorgor, Poulsen hamda Vass maydonga tushdi
63'
Angliya raqib darvozasi yonida havfli vaziyatlar yaratdi. Maunt zarba yo‘lladi va Shmeyxel to‘pni egallab oldi
61'
Maunt jarima maydonchasi ichida aniq zarba yo‘lladi, lekin himoyachidar to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi
59'
Burchak zarbasidan so‘ng Keynda yaxshi vaziyat vujudga keldi, biroq zarba berishning iloji bo‘lmadi
57'
Dolbergning zarbasi aniq ammo biroz kuchsiz
54'
Shmeyxeldan ajoyib seyv!Bosh bilan uzoq pastgi burchakka yo‘llangan zarbani Kasper qaytarib yubordi
54'
Angliya jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi
52'
Daniya terma jamoasi Angliya jarima maydoni atrofida xavfli hujumlar uyushtirmoqda
51'
Daniya terma jamoasida ajoyib imkoniyat. Dolbergning zarbasini Pikford qaytardi
48'
Hujumda fol va Maguayrga sariq kartochka ko‘rsatildi
47'
Sakaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Standart vaziyat
45'
Ikkinchi bo‘limga start berilmoqda
45'
Ilk taym o‘z yakuniga yetdi. Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib bermadi
43'
Angliya raqib jarima maydoni atrofida hujumlar uyushtirmoqda, biroq Daniya yaxshi himoyalanmoqda
37'
GOOOOOOOOOOOOOOOOL! O‘yinda hisob tenglashmoqdv. Kyer o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi
38'
Sterlingning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini Shmeyxel qaytarmoqda. Super seyv!
37'
Daniya ajoyib tarzda qarshi hujumga qochib ketdi, ammo so‘nggi nuqtani qo‘yadigan futbolchi topilmadi
36'
Sterlingning zarbasi jonli devordan o‘tmadi
35'
Keyn jarima zarbasi ishlab oldi. Hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyat
34'
Angliya terma jamoasi oldinga o‘tdi, biroq samarasiz
30'
Angliya mazkur turnirda birinchi marta o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi
30'
GOOOOOOOOOOOOO! O‘yinda hisob ochilmoqda. Damsgor gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi
29'
To‘p yonida Damsgor va Stryuger
28'
Daniya jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi
26'
Angliya jarima zarbasi ishlab oldi, biroq undan foydalana olmadi
23'
Daniya terma jamoasi futbolchis Damsgor ajoyib zarba yo‘lladi, ammo biroz aniqlik yetishmadi
21'
O‘yin tempi biroz past Jamoalar oldinga o‘tishga shoshilmayapti
18'
Angliya uzoq vaqtdan buyon to‘pni o‘zida egalab turibdi
15'
Pikfordning xatosidan so‘ng Daniya ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi
14'
Keynning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
12'
Sterling qanotdan kirib borib, zarba yo‘lladi, ammo to‘pni darvozabon egallab oldi
11'
Jarima maydonchasi ichida Maunt yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo u to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi
9'
Daniya futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan bir paytda Uolker hujumni to‘xtatdi
8'
Daniya futbolchisi Mexle hujumga o‘tayotgan bir paytda Uolker to‘pni olib qo‘ydi
6'
Hozircha inglizlar maydonda kichik ustunlikka ega
5'
Keyndan Sterlingga yaxshi uzatma, ammo Raxim to‘pga yetib bora olmadi
5'
Hozircha kurash maydon markazida kechmoqda
3'
Angliya hujum uyushtirib qo‘rdi, ammo ish zarbagacha bormadi
2'
Daniya futbolchisi Stryuger maydon tashqarisida oyog‘ini ushlab yotibdi
1'
Fillips Xyoybyergga nisbstan maydon markazida o‘yin qoidasini buzdi
0'
Hakam o‘yinga start bermoqda
0'
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari. Yevro-2020 yarim finalidan o‘rin olgan Angliya - Daniya uchrashuvidan onlayn matnli translyasiyani saytimiz orqali kuzatib borshingiz mumkin
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.