Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Final 11.07.2021
ItaliyaBonuchchi 67
|
: |
AngliyaLyuk Shou 2
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Darvozabon: Donnarumma. Himoyachilar: Di Lorenso, Bonuchchi, Kyellini, Emerson. Yarimhimoyachilar: Verratti, Barella, Jorjinyo, Kyeza, Insinye. Hujumchi: Immobile. |
Darvozabon: Pikford Himoyachilar: Trippyer, Uoker, Stounz, Maguayr, Shou Yarimhimoyachilar: Fillips, Rays, Maunt, Sterling Hujumchi: Keyn |
|
Matn
| 120' | ![]() |
Mana uzoq kutgan turnirimiz bir pasda o‘z nihoyasiga yetdi. Biz qo‘ldan kelgancha turnirdan eng qiziq jarayonlarni yoritib bordik. Kelgusi katta turnirlarda va kelgusi katta o‘yinlarda ko‘rishguncha xayr, salomat bo‘ling |
| 120' | ![]() |
Shunday qilib, Italiya terma jamoasi Yevro-2020 g‘olibiga aylanmoqda |
| 120' | ![]() |
Saka Pikfordning qahramonligini yer bilan bitta qildi |
| 120' | ![]() |
JORJINYOOOOOOOOOOOOO |
| 120' | ![]() |
Jorjinyo hammasini hal qilishi mumkin |
| 120' | ![]() |
Sanchoning zarbasini Donnaruma qaytardi va Italiya chempion bo‘lishiga bir qadam qold |
| 120' | ![]() |
Bernardeski darvozabonni aldab, hisobda oldinga chiqib oldi |
| 120' | ![]() |
Reshford noaniq zarba yo‘lladi |
| 120' | ![]() |
Bonuchchi gol urib hisobni tenglashtirdi |
| 120' | ![]() |
Maguayer Angliyani seriyada oldinga olib chiqdi |
| 120' | ![]() |
Belotti Italiyadan 2-zarbani berdi va Pikford to‘pni qaytardi |
| 120' | ![]() |
Angliyadan Xarri Keyn to‘p yoniga keldi va u ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi |
| 120' | ![]() |
Berardi osonlikchi gol urdi |
| 120' | ![]() |
Birinchi bo‘lib Italiya penalti tepadi va to‘p yonida Berardi |
| 120' | ![]() |
Penaltilar seriyasiga start berilmoqda |
| 120+3' | ![]() |
Biz Yevro-2020 finalida penaltilar seriyasi guvohi bo‘lamiz |
| 120+1' | ![]() |
Ekstra taymlarning ikkinchisiga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 119' | ![]() |
119-daqiqada italyanlar burchak zarbasi ishlab oldi |
| 117' | ![]() |
Emerson maydonni tark etmoqda. Uning o‘rnina Florensi maydonga tushdi |
| 112' | ![]() |
Jorjinyo to‘pga tashlanishda yaqqol xatoga yo‘l qo‘ydi va Grilishning sonini bosib oldi |
| 107' | ![]() |
Angliya terma jamosi xavfli hujumlar uyushtirdi va zarbalar ham yo‘lladi, biroq to‘p darvozagacha bormadi |
| 106' | ![]() |
Belottiga nisbatan Maguayr o‘z jarima maydoni yaqinida qoida buzildi va Xarri sariq kartochka bilan ogohlantirildi |
| 105' | ![]() |
Eksta taymlarning birinchisi o‘z yakuniga yetdi |
| 104' | ![]() |
O‘ta xavfli vaziyatda Pikford jamoasini qutqardi. U Belotti zarba yo‘llashiga imkon bermadi |
| 100' | ![]() |
Belotti ofsaydda qolib ketdi |
| 99' | ![]() |
Maydonga Jek Grilish tushdi. U Mauntni almashtirdi |
| 96' | ![]() |
Veratti maydonni tark etdi. Uning o‘rniga yosh Lokatelli maydonga tushdi |
| 95' | ![]() |
Sterling ajoyib imkoniyatga ega bo‘lib, undan foydalana olmadi |
| 90' | ![]() |
Ekstra taymlarning birinchisiga start berilmoqda |
| 90+6' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti o‘z yakuniga yetdi. Endi ekstra taymlar guvohi bo‘lamiz |
| 95' | ![]() |
Qo‘shimcha daqiqalarda Italiya ustunlik qilmoqda va to‘pni nazorat qilmoqda |
| 90+1' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Sterling qanotdan tezlik bilan kirib bordi va to‘p bilan birga maydonni tark etdi |
| 85' | ![]() |
Afsuski, eng yaxshi o‘ynab turgan futbolchilardan biri Kyeza jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Bernardeski tushmoqda |
| 84' | ![]() |
Filippsga nisbatan Insinye o‘ta qo‘pol o‘ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi |
| 80' | ![]() |
Kyeza maydonda yotibdi, shifokorlar unga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda |
| 77' | ![]() |
Maydon markazida Veratti o‘yin qoidasini buzdi |
| 75' | ![]() |
To‘p Sakaning qo‘liga behosdan tegib ketdi |
| 73' | ![]() |
Xenderson Deklan Rays o‘rniga maydonga tushmoqda |
| 70' | ![]() |
Trippyer o‘rniga Saka maydonga tushdi |
| 69' | To‘pni egallab turish bo‘yicha ko‘rsatkich 71ga 29 Italiya foydasiga | |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOL! Himoyadagi palapartishliklardan so‘ng Angliya o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Gol muallifi Bonuchchi |
| 66' | ![]() |
Kyezaning uzatmasidan so‘ng Maguayr to‘pni maydondan chiqarib yubordi |
| 64' | ![]() |
Burchak to‘pidan so‘ng Stouns yaxshi zarba yo‘lladi va yana bir korner ishlab oldi |
| 62' | ![]() |
Kyeza to‘pni o‘ng oyoqqa to‘g‘rilab olib, olis burchakka yaxshi zarba yo‘lladi, biroq Pikford Angliyani muqarrar goldan qutqardi |
| 61' | Pikford o‘z darvozasini tark etib, to‘pni uzoqlashtirdi | |
| 60' | ![]() |
Italiya futbolchisi hujumda to‘pni qo‘l bilan o‘ynadi |
| 56' | ![]() |
Insinyening o‘tkir burchak ostidan tepgan to‘pini Pikford qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 56' | ![]() |
Ikkinchi qavatda Maguayr ustun keldi va zarba yo‘lladi, lekin biroz noaniq |
| 55' | ![]() |
Bonuchchi Sterlingga nisbatan o‘yin qoidasini qo‘pol tarzda buzdi va sariq kartochka oldi |
| 53' | ![]() |
Insinyening tepgan to‘pi o‘ta noaniq bo‘ldi |
| 50' | ![]() |
Insinyening zarbasi biroz noaniq ketdi |
| 49' | ![]() |
Sterling Insinyeni yiqitdi. Uning o‘zi uchun ajoyib nuqta |
| 47' | ![]() |
Sterlingga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi, ammo hakam penalti bermadi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim o‘z yakuniga yetdi. Shouning 2-daqiqada urgan goli hozircha yagonaligini saqlab turibdi |
| 45+2' | ![]() |
Verattining jarima maydonchasi yaqinidan yo‘llagan zarbasini Pikford egallab oldi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Sterling raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, biroq hech qanday fol yo‘q |
| 41' | ![]() |
Maunt o‘yin qoidasini buzdi. Italiya foydasiga jarima zarbasi |
| 37' | ![]() |
Keynga nisbatan maydon markazida o‘yin qoidasi buzildi, ammo hakam bu holatga e’tibor bermadi |
| 35' | ![]() |
Kyeza Raysni osonlik bilan ortda qoldirib, ajoyib zarba yo‘lladi, ammo biroz noaniq |
| 31' | ![]() |
Insinye qanotdan kirib bordi va noto‘g‘ri pas berdi, ammo to‘p hamon Italiyada |
| 30' | ![]() |
Maydon markazida Deklan Raysga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 28' | ![]() |
Italiya terma jamoasi maydon markazida to‘pni egallab turibdi. |
| 25' | ![]() |
Angliya pozision hujumga shaylanmoqda |
| 23' | ![]() |
Kyezaning qanotdan uzatgan to‘pini angliyaliklar egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Maydon markazida Jorjinyo oyog‘ini ushlab yotibdi |
| 16' | ![]() |
Emersonga to‘p uzatib berilgan edi, ammo u ofsaydda qolib ketdi |
| 14' | ![]() |
Meyson Mauntning uzatmasidan so‘ng Donnaruma to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Meyson Maunt burchak zarbasi ishlab oldi |
| 12' | ![]() |
Angliya term jamoasi qanotlardan xavfli hujumlar uyushtirmoqda |
| 9' | ![]() |
Angliya terma jamoasi maydon markazida to‘pni o‘zlarida egallab turibdi |
| 7' | ![]() |
Insinye yaqin burchakni nishonga oldi, ammo biroz noaniq |
| 7' | ![]() |
Kyezaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xavfli jarima zarbasi |
| 4' | ![]() |
Meyson Mauntga nisbatan maydon markaziga yaqin joyda o‘yin qoidasi buzildi |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOL! Hisob ochildi. Finalda tezkor gol urildi. Lyuk Shou to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi |
| 1' | ![]() |
Italiya terma jamoasi foydasiga burchak zarbasi |
| 0' | ![]() |
Hakam hushtagi chalindi. O‘yinni Italiya terma jamosi boshlab berdi |
| 0' | ![]() |
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari. Uzoq kutilgan Yevro-2020ning final o‘yini arafasida turibmiz. Mazkur uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|