Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston kubogi

Chorak final

Sho‘rtan

Ma’ruf Jumayev

1 : 2

Qizilqum

Islom Kenjaboyev
Islom Kenjaboyev
JAMOALAR TARKIBI
1.Amirbek Lutfullayev,
5.Ozodbek Rajabov,
14.Farzin Muxtorov,
19.Bobur Mamadaminov, 20.Islombek Baratov, 23.Muhriddin Botirov,
34.Shahboz Jo‘rayev,
66.Ahmed Qobiljonov,
70.Ma’ruf Jumayev,
76.Muhriddin Zoirov,
85.Sarvar Bo‘ronov.
  22.Artyom Makosin,
6.Erkin Baydullayev,
7.Islom Kenjaboyev,
8.Giorgi Kuxianidze,
10.Mate Vatsadze,
17.Salim Mustafoyev,
18.Jasur Azimov,
20.Islom To‘xtaxo‘jev,
25.Azizbek Usmonov,
30.Elguja Grigalashvili, 71.Timur Nabiyev.
ZAHIRA
13.Jahongir Jamolov,
7.Bekzod Suvonov,
11.Asadbek Samariddinov, 17.Javohir Hasanov,
22.Javohir Shokirov,
24.Shohruh Abduraimov,
99.Alpomish Mirov.
  1.Ignatiy Nesterov,
9.Behruz Sadilloyev,
11.Shamsiddin Sagdullayev, 14.Fayzullo Qambarov,
19.Jamshid Hasanov,
32.Ilhomjon Kenjayev,
44.Humoyun Abdualimov,
88.Ahror Umarjonov, 92.Vladislav Aleksin.
SARIQ KARTOCHKA
Bobur Mamadaminov
 

Matn

90+'
Shu tempda bugungi translyasiyamizga yakun yasaymiz. Kelgusi bahslargacha uchrashguncha xayr, salomat bo‘ling
90+'
Qadrli do‘stlar! uchrashuv yakunlandi. Qizilqum Aktamov boshchiligida chorak finalga yo‘l oldi
90+'
Bosh hakam ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa vaqt qo‘shib berdi
90'
Xavfliii! So‘nggi daqiqalarni mehmonlar ancha faol o‘tkazishmoqda. Vladislav Aleksin deyarli birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi
85'
Sho‘rtan o‘yinda nazoratni qo‘lga oldi. Biroq raqib himoyasi ancha mustahkam ushlab bermoqda
80'
Makosinga maydonning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. U jiddiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin
79'
Mehmonlar posboni Artyom Makosinga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun Javohir Hasanovga sariq kartochka ko‘rsatildi
75'
Qizilqum o‘yinni to‘laligicha nazorat qilmoqda. Raqib maydonning ikkinchi qismiga o‘tishga qiynalmoqda
70'
Zarbaaa! Vatsadze yana bir vaziyatni ko‘kka sovurdi. To‘p darvoza to‘sinini silab o‘tib ketdi
65'
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv g‘olibi AGMK hamda Neftchi juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi
63'
O‘yindagi ustunlik to‘liq Qizilqum tomoniga o‘tib ketdi
61'
Gooooool! Islom Kenjaboyevdan dubl. U penaltini aniq amalga oshirdi
60'
Penaltiii! Qizilqum foydasiga 11 metrlik nuqta belgilandi
56'
Gooooool! Islom Kenjaboyev jarima maydoni ichidagi pala partishlikdan unumli foydalandi. U Baydullayevning uzutmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi
50'
Uxxxx! Erkin Baydullayevning amalga oshirgan standart vaziyatida hujumchilar zarba yo‘llashdi. Biroq g‘uzorlik himoyachilar bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to‘pni so‘nggi lahzalarda qaytarib qolishga erishdi
46'
Taymni Sho‘rtan hujumkor ruhda boshlamoqda. Dastlabki vaziyatlar xavfli ko‘rinish olyapti
45'
Qadrli do‘stlar, ikkinchi bo‘limga start berildi. Qiziqarli bahsning davomi ham shiddatli temp taqdim etishi tabiiy
45'
Bosh hakam uchrashuv birinchi bo‘limiga hech qancha vaqt qo‘shib bermadi. Tanaffus
43'
G‘uzorliklar maydon markazini qo‘lga olishga asosiy urg‘uni bermoqda. Bu esa jamoaga bahsda katta ustunlik bermoqda.
41'
Sho‘rtan o‘yinni juda aqlli tempda o‘tkazmoqda. Mezbonlarning himoyasi deyarli bexato o‘ynayapti. Raqib to‘plariga o‘z vaqtida blok qo‘yishga ulguryapti
40'
Zarbaaa! Vatsadze standart vaziyatdan uzatilgan to‘pga kuchli zarba yo‘lladi, biroq mezbonlar posboni Amirbek Lutfullayev jamoasini muhim goldan qutqarib qoldi
33'
Bahsda Qizilqum Superliga vakili sifatida birinchi jamoa bo‘lib harakat qilmoqda. Mehmonlar o‘yinni nazorat qilishyapti, biroq zarbalar aniqligi juda past foizga ega
30'
Zarbaaa! Erkin Baydullayevning jarima zarbasi aaancha noaniq ko‘rinish oldi
29'
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmasa, jamoalar bevosita ekstra taymlar va penaltilar seriyasiga murojaat qilishadi
24'
Zarbaaa! Sho‘rtan jarima zarbasini xavfli ijro etdi. Muhriddin Zoirovning zarbasi noaniq ketdi
22'
Bizda ilk sariq kartochka. Bobur Mamadaminov raqibiga nisbatan taktik fol ishlatdi
19'
Mehmonlar navbatdagi hujumni besamar yakunlamoqda. Bu safar ham yana Vatsadzening urinishi o‘xshamadi
12'
Goooooool!!! Uchrashuvda hisobni kutilmaganda Sho‘rtan ochmoqda. Ma’ruf Jumayev chap qanotdan uzatilgan to‘pni ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay to‘xtatmay turib darvozaga yo‘lladi. Chiroyli gol!
10'
Zarbaaa! Bahsda ilk aniq zarba. Vatsadzening yo‘llagan to‘pini darvozabon ushlab oldi
07'
Qiziqarli ma’lumot: Ushbu jamoalar 2010 yilda ham ushbu musobaqaning nimchorak finalida qatnashishgandi. Unda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Sho‘rtan keyingi bosqichga yo‘l olgan edi
04'
Uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyat!!! Qizilqumning ilk burchak zarbasi noaniq ketmoqda
01'
Demak do‘stlar, uchrashuvga start berildi
00'
O‘zbekiston kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Qizilqum" uchrashuvi boshlanmoqda. Ushbu uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyasiya ko‘rinishida kuzatib borishingiz mumkin.
00'
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!!!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.