Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
APL
| 2-tur | ||
LiverpulJota 18
Mane 69 |
2 : 0 |
Bernli |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Alisson, Aleksander-Arnold, Van Deyk, Matip, Simikas, Xenderson, Keyta, Elliott, Mane, Salax, Jota. | Poup, Louton, Tarkovski, Mi, Teylor, Gudmundsson, Braunxill, Kork, Maknil, Vud, Barns. | |
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin o‘z yakuniga yetdi. "Liverpul" o‘z maydonida kechgan bahsda "Byornli"ni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. |
| 90+4' | ![]() |
O‘yinga qo‘shib berilgan vaqt o‘z yakuniga yetgan payti "Byornli" havfli hujum uyushtirdi. Ammo Alesson o‘z darvozasini muqarrar goldan saqlab qoldi. |
| 90+2' | ![]() |
Simikas maydonni tark etdi. Uning o‘rnini Jo Gomes egalladi. |
| 91' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Tiago maydon markazidan to jarima maydonchasi atrofiga qadar borib, Firminoni to‘p bilan taminladi, biroq Firminoning zarbasiga kuch yetishmadi |
| 89' | ![]() |
O‘yinning so‘nggi daqiqasiga o‘tib bormoqda. Hisob 2-0 |
| 85' | ![]() |
O‘yin yakunlanish arafasida "Byornli" hujumlar uyushtirmoqda, ammo hozircha zarba yo‘llanganicha yo‘q. |
| 80' | ![]() |
Firmino va Tiago maydonga tushdi. Jota va Keita maydonni tark etdi |
| 77' | ![]() |
"Liverpul" o‘yin tempini biroz pasaytirdi. Hozircha ular to‘pni o‘zlarida egallab turishibdi |
| 75' | ![]() |
Simikasning uzatmasidan so‘ng Matip bosh bilan zarba yo‘lladi, ammo to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
Salahning uzatmasidan so‘ng Van Deyk bosh bilan zarba yo‘lladi, ammo himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 72' | ![]() |
"Liverpul" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOL! Mane Arnoldning uzatmasidan so‘ng hisobni 2-0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. |
| 66' | ![]() |
"Qizillar" "Byornli" jarima maydoni atrofida o‘ta xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Shunday bo‘lsada, ish zarba berishgacha bormayapti |
| 64' | ![]() |
Qanotdan oshirilgan uzatmadan so‘ng Sadio Mane darvoza tomon aniq zarba yo‘lladi, ammo darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 62' | ![]() |
Mane yana bir yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi. "Qizillar" Burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda |
| 59' | ![]() |
Elliotning uzatmasidan so‘ng Salah juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Chamasi 7 metr masofadan berilgan zarba yo‘ligi himoyachilar g‘ov bo‘la oldi |
| 57' | ![]() |
Burchak to‘pidan so‘ng Van Deyk zarba yo‘lladi, to‘p darvoza yaqinida turgan Manening yonidan o‘tib ketdi. |
| 56' | ![]() |
Mane burchak to‘pi ishlab oldi. To‘p yonida Arnold |
| 55' | ![]() |
Jota Manini yaxshi vaziyatga chiqarib yubordi, biroq ikki himoyachi qurshovida uning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi |
| 54' | ![]() |
Van Deykning maydonda borligi yaqqol sezilmoqda. U burchak to‘pidan so‘ng to‘pni o‘z darvozasidan uzoqlashtirdi. |
| 51' | ![]() |
"Liverpul" hujum uyushtirib ko‘rdi, biroq zarbagacha ish bormadi |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni mehmonlar anchagina yaxshi tempda boshlashdi va "qizillar" jarima maydonchasi atrofida xavfli hujumlar uyushtirishmoqda |
| 47' | ![]() |
"Byornli" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
"Byornli gol urdi, biroq offsayd tufayli gol inobatga olinmadi |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi taymga start berildi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi taym o‘z yakuniga yetdi. Hozircha Mersisayd klubi 1-0 hisobida oldinda bormoqda |
| 45' | ![]() |
O‘yinning birinchi taymiga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Alissonning qo‘pol xatosidan so‘ng "Byornli" futbolchisi gol ura olmadi. Bosh bilanr yo‘llangan zarba biroz noaniq. |
| 41' | ![]() |
"Liverpul" raqib darvozasi oldida tobora xavfli hujumlar uyushtirmoqda. Salahning aylantirib tepgan zarbasini himoyachilar qaytarib yubordi. |
| 40' | ![]() |
"Byornli" futbolchisi yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan bir paytda Simikas to‘pni olib qo‘ydi |
| 38' | ![]() |
Mezboglar raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirdi va oxiri Keitaning tepgan to‘pi biroz noaniq ketdi |
| 36' | ![]() |
Salahning o‘ziga xos usuldagi pasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 36' | ![]() |
Arnolding qanotdan uzatgan to‘piga Salah ulgura olmadi. |
| 34' | ![]() |
"Byornli" burchak zarbsi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq uzatmani Alisson qaytarib yubordi |
| 33' | ![]() |
Diyego Jota yaxshi vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘la oldi |
| 31' | ![]() |
Arnolddan Mane tomon ajoyib uzatma, ammo afrikalik futbolchining zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 27' | ![]() |
Gol bekor qilindi. Salah ofsayd holatiga tushib qolgan ekan. |
| 26' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Salah hisobni 2-0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Elliotdan zargarona pas. |
| 24' | ![]() |
Manening ajoyib pasidan so‘ng Elliot jarima maydonchasi ichida to‘pni to‘xtata olmadi |
| 22' | ![]() |
Burchak zarbasidan so‘ng Van Deyk ajoyib zarba berdi, ammo biroz noaniq |
| 21' | ![]() |
Salahning yaqin masofadan tepgan to‘pini Poul qaytarib yubordi |
| 20' | ![]() |
"Byornli" futbolchisiga nisbatan Mane o‘yin qoidasini buzdi. |
| 17' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Jota o‘yinda hisobni ochmoqda. Simikasdan ajoyib pas. Jotadan esa ajoyib yakun |
| 16' | ![]() |
"Byornli" futbolochisi darvoza tomon zarba berdi, biroq Allissondan seyv |
| 15' | ![]() |
"Liverpul" raqib jarima maydonchasi atrofida xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Biroq zarbagacha ish bormayapti |
| 12' | ![]() |
Arnold burchak zarbasi tepib bermoqda |
| 9' | ![]() |
Gudmundssonga nisbatan Elliot biroz ko‘pol o‘ynadi. U ayni damda maydonda yotibdi |
| 8' | ![]() |
Salahning jarima maydonchasi ichiga uzatgan uzun pasi biroz noaniq chiqdi. |
| 6' | ![]() |
Arnold qanotdan uzatma amalga oshirdi, biroq hujumchilargacha to‘p yetib bormadi |
| 4' | ![]() |
"Byornli" xavfli hujum uyushtirdi va zarba ham yo‘lladi, biroq offsayd |
| 3' | ![]() |
"Liverpul" jarima to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq vaziyat samarasiz tarzda yakuniga yetdi. |
| 2' | ![]() |
"Byornli" o‘yin boshidayoq havfli hujum uyushtirdi, biroq urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. |
| 0' | ![]() |
Xakam xushtagi chalindi. O‘yinga start berildi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga oz daqiqalar qoldi. Muxlislarga to‘la "Enfild"ni anchadan beri ilk bora ko‘rib turibmiz |
| 0' | ![]() |
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari. APL 2-turidan o‘rin olgan Liverpul - Byornli uchrashivini saytimiz orqali matnli tarzda kuzatib borishingiz mumkin |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|