Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

Manchester Siti

Tim Krul (avtogol) (7)
Grilish (22)
Lyaport (65)
Sterling (71)
Mahrez (84)

5 : 0

Norvich

JAMOALAR TARKIBI
Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash, Uoker, Gyundogan, Grilish, Rodri, Bernardu Silva, Gabriel Jezus, Ferran Torres   Krul, Aarons, Xenli, Gibson, Yannulis, Rupp, Le-Melu, Gilmor, Rashisa, Kentuell, Pukki.

Matn

90+'
Kelasi bahslarga qadar uchrashguncha xayr, salomat bo‘ling
90+'
Uchrashuv yakunlandi. Siti o‘z hisobiga navbatdagi 3 ochkoni qo‘shib qo‘ydi
90+'
Norvich uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida hujumga chiqishga urinib ko‘ryapti, biroq imkonsiz
90'
Bosh hakam ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berdi
87'
Norvich bahsni shunchaki tugatib qo‘yadi shekilli. Futbolchilar nima qilishlarini yoddan chiqarib qo‘yishdi
84'
Gooooool! Mahrez hisobni 5 tagacha oshirib qo‘ydi
71'
Gooooool! Sterling hisobni 4:0 ga yetkazmoqda. Bu safar ham Jezus assist muallifiga aylandi
65'
Gooooool! Ketma ket hujumlar nihoyat golga aylanmoqda. Himoyachilarning pala partish harakatlaridan so‘ng Lyaport hisobni yiriklashtirmoqda
60'
To‘pga nazorat foizi yaqqol mezbonlar tarafida. 71 ga 29 ko‘rstkichi ham buni isbotlab turibdi. Faqatgina bu sonlarni golga aylantirish qolgan xolos. Zarbalar borasida 9:0. Ammo samaradorlik darajasi juda past. Gvardiolaga yagona to‘qqizlik hujumchi yetishmayotgandek
58'
Grilish va Jezus qanotlar orqali raqibga bir soniya bo‘lsada tinchlik bermayapti. Biroq hujumlar yakuni borasida mezbonlarga ozroq aniqlik yetishmayapti
56'
Siti taymning boshidagi faol tempini tushirmoqchi emas. Norvich maydon yarmidan uyoqqa o‘ta olmayapti
51'
Zarbaaa! Rodrining uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq yo‘nalish oldi
47'
Ilk xavfli vaziyattt! Gilmorning ikkinchi qavatdan jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pi egasiga yetib bormadi
45'
Qadrli do‘stlar! ikkinchi bo‘limga start berildi. Qiziqarli bahsning qolgan qismini ham birgalikda kuzatib boramiz
45+'
Bosh hakam birinchi bo‘limni yakunladi. Futbolchilar tanaffusga chiqib ketishdi
45'
Birinchi bo‘limga bosh hakam bir daqiqa vaqt qo‘shib berdi
44'
Burchak zarbasi Sitida muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Krul o‘z o‘rnida
38'
Xavflii uzatmaaa! Grilishning yengil passini Krul egallab oldi. Hujumchilar ulgurishmadi
35'
O‘yinda jiddiy xavfli vaziyatlar kuzatilmayapti. Siti o‘z uslubida maydon markazida to‘pni ushlab turibdi
22'
Gooooool! Siti baribir ikkinchi golni urmoqda. Jezus chap qanotdan to‘pni jarima maydoni ichiga tashladi, to‘p barchadan o‘tib ketib, Grilishga kelib tushdi. Jek esa juda yaqin masofadan gol uryapti
19'
Xavfliii! Grilishga nisbatan jarima maydoni yonginasida qoida buzildi
16'
Yo‘q do‘stlar!!! bu vaziyatga VAR aralashdi va golni inobatga olmadi. Undan oldinroq mezbonlar qoidani buzgan bo‘lib chiqdi
16'
Gooooool! Siti hisobni oshirib qo‘ydi. Himoyachilarning qo‘pol xatosidan so‘ng Ferran Torres hisobni 2:0 ga yetkazdi
14'
Norvichning birinchi hujumi samarasiz yakunlandi. To‘p zarbaga aylanmay qoldi. Ederson o‘z o‘rnida!
09'
Mezbonlarga o‘z muxlislari har tomonlama dalda bo‘lmoqda. Ularning tinmay qo‘llab quvvatlashlari golga katta ta’sir ko‘rsatdi
07'
Gooooool! Siti hisobni ochdi. Jezusning jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pini darvozabon Tim Krul o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
02'
O‘yinning dastlabki daqiqalaridan Siti ustunlikni o‘z qo‘liga olishga harakat qilyapti
01'
Uchrashuvga start berildi
00'
Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari. APL 2-turidan o‘rin olgan Manchester Siti - Norvich uchrashivini saytimiz orqali matnli tarzda kuzatib borishingiz mumkin
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.