Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

APL 2-tur

"Arsenal"

0 : 2

"Chelsi"

Lukaku (15)
Jeyms (34)
JAMOALAR TARKIBI
Arsenal – Leno, Soaresh, Mari, Xolding, Tirni, Djaka, Lokonga, Smit-Rou, Saka, Pepe, Martinelli.   Chelsi – Mendi, Djeyms, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjinyo, Maunt, Xaverts, Lukaku.

Matn

90+3'
O‘yin o‘z yakuniga yetdi. "Chelsi" safarda o‘z hamshaharlariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. hisob 0-2.
90'
Yana bir o‘zgarish.Verner maydonda Xaversni almashtirdi.
88'
Ziyesh ajoyib reyd amalga oshirib darvoza tomon zarba berdi. To‘p esa himoyachilarga tegib qoldi
86'
Xavers Lukakuning ajoyib uzatmasidan so‘ng yaxshi vaziyatni ko‘kka sovurdi.
82'
O‘yinda o‘zgarish. Maunt o‘rniga maydonga Ziyesh tushdi.
79'
"Arsenal" taslim bo‘lgisi kelmayapti va qanotlardan hujum qilmoqda, ammo "ko‘klar" juda yaxshi himoyalanmoqda.
77'
Lukakuning bosh bilan yo‘llagan ajoyib zarbasi darvoza ustuniga tegib qoldi.
72'
Jeyms jarohat olib maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
70'
Kovachichning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi noaniq.
67'
"Chelsi" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, Alonsoning uzatmasidan so‘ng Lukaku jarima maydoni ichida zarba yo‘llay olmadi.
62'
Lukaku jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib oldi. Himoyachilar esa uning zarba yo‘llashiga imkon bermadi.
59'
Rok Xoldingging bosh bilan yo‘llagan zarbasi, anchagina xavfli chiqdi, ammo noaniq.
56'
Mauntning jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to‘pi biroz noaniq ketdi
50'
"Arsenal" futbolchisi Smit-Rou birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan edi, ammo offsayd holati qayd etildi.
47'
Lukaku jarima maydonchisi ichida to‘pni o‘zida biroz vaqt ushlab turdi va 3 "kanonirlar" 3 kishi bo‘lib undan to‘pni olib qo‘ydi.
45'
O‘yinning ikkinchi bo‘limiga start berildi.
45'
Birinchi bo‘lim o‘z yakuniga yetdi. Hozircha "aristokratlar" "Arsenal" maydonida 0-2 hisobida g‘alaba qozonmoqda.
44'
Markos Alonsoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xoldingga sariq kartochka ko‘rsatildi.
40'
Jeyms jarima maydonchasi isida Sakani yiqitdi, biroq penalti belgilanmadi.
34'
GOOOOOOOOOOL! Mauntning uzatmasidan so‘ng Jeyms hisobni 0-2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
33'
Mari Lukakuga qarshi o‘yin qoidasini buzdi va sariq kartochka oldi.
31'
Mauntning o‘tkir burchak zarbasidan tepgan to‘pi aniq, ammo kuchsiz chiqdi.
27'
Lukaku maydonda ajoyib harakat qilmoqda. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to‘pi himoyachilarga tegib qoldi.
23'
Jeyms Mauntga yaxshi pas berdi. Mauntning zarbasini esa himoyachilar qaytarib yubordi.
21'
Lukaku ikkinchi qavatda "Arsenal" himoyachilaridan ustun kelib, zarba yo‘lladi, ammo biroz noaniq.
20'
"Chelsi" havfli hujumlar uyushtirmoqda va hujumda o‘ta faol harakat qilmoqda.
15'
GOOOOOOOOOOL! APLga qaytgan Lukaku hisobni ochmoqda.
12'
Pepe maydon markazida ikki raqibini ko‘rdim demay o‘tib ketdi. Shunday bo‘lsada, hujum zarba bilan yakunlanmadi
10'
"Arsenal" qanotlardan faol hujumga o‘tmoqda. Uzatmalar ham amalga oshirildi, ammo zarba bera oladigan o‘yinchi hozircha yo‘q.
5'
Xavers jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, biroq himoyachilar zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi.
2'
Smit-Rouning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Mendi egallab oldi
0'
Demak, biz davom etamiz. APL 2-turidan o‘rin olgan markazyi o‘yin "Arsenal" - "Chelsi" bahsiga start berildi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.