Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
A Seriya
| 1-tur | ||
"Roma"Genrix Mxitaryan (28)
|
1 : 0 |
"Fiorentina" |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| "Roma": Ruy Patrisiu, Rik Karsdorp, Janluka Manchini, Matias Vinya, Rojer Ibanyes, Brayan Kristante, Jordan Veretu, Nikolo Zanyolo, Lorenso Pellegrini, Genrix Mxitaryan, Temmi Abraxam | "Fiorentina": Bartlomey Drongovskiy, Lorenso Venuti, Nikola Milenkovich, Igor Julio, Kristiano Biragi, Jakomo Bonaventura, Erik Pulgar, Yussef Malex, Nikolas Gonsales, Dushan Vlaxovich, Xose Kalyexon | |
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Pellegrini (12)
Zanyolo (44) |
Bonaventura (45+3)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Drongovskiy (17)
|
||
Matn
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Abraxam birinchi taymda darvozabon chetlatilishiga asosiy sababchi bo‘ldi va Mxitaryanning goliga assistentlik qildi. |
| 45+3' | ![]() |
Bonaventura ham ogohlantirildi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. |
| 44' | ![]() |
Zanyolo juda qo‘pol o‘ynadi va ogohlantirildi. |
| 44' | ![]() |
Xayrulla Hamidov Romaning goliga shunday fikr bildirdi: Maur uchun A seriyada ilk golni Mxitaryan uryapti. Bu, yomonlikka yaxshilik bilan javob berish, deyiladi. |
| 42' | ![]() |
Gonsales yana yiqitildi. O‘yin qoidasi buzildi. |
| 39' | ![]() |
Fiorentina futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘yin namoyish etildi. |
| 36' | ![]() |
Fiorentina burchak zarbasidan keyin Patrisiu darvozasini nishonga oldi. Portugaliyalik posbon to‘pni egallab oldi. |
| 34' | ![]() |
Bonaventura reydidan keyin Ruy Patrisiu jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. |
| 31' | ![]() |
Zanyoloning kuchli zarbasini Terrchachiano bartaraf etib ajoyib seyvni amalga oshirdi. |
| 28' | ![]() |
Temmi Abraxamning uzatmasidan keyin Genrix Mxitaryan darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va vaziyatdan unumli foydalandi. GOL! |
| 24' | ![]() |
Pellegrini to‘xtatmasdan turib qanotdan uzatilgan to‘pga zarba berdi. Biroz noaniq. |
| 22' | ![]() |
Roma jarima zarbasilan keyin hech qanday foydali hujum tashkil eta olmadi. Ammo, rimliklar bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynashmoqda. 40 mln yevroga olib kelingan Abraxam o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishni boshladi. |
| 20' | ![]() |
Terrachiano Xose Kalyexon o‘rniga tushdi. Hujumchi o‘rniga darvozabon. Hammasi tushunarli. |
| 17' | ![]() |
Darvozabon Bartlomey Drongovskiy Abraxamni yiqitdi va maydondan chetlatildi. |
| 15' | ![]() |
Bonaventura o‘zi bilmagan holda qo‘li bilan Ibanesning yuziga tarsaki tushirib yubordi. |
| 14' | ![]() |
Fiorentina jarima zarbasidan keyin Roma darvozasi tomon juda ham kuchsiz zarba berdi. Patrisiu o‘z o‘rnida. |
| 12' | ![]() |
Lorenso Pellegrini raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ogohlantirildi. |
| 10' | ![]() |
Roma burchak zarbasini amalga oshirdi. Muvaffaqiyatsiz urinish. |
| 9' | ![]() |
Xose Kalyexonga uzatilgan to‘pga futbolchi yetib bora olmadi. Juda ham qulay imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi. |
| 7' | ![]() |
Fiorentina ham hujumga o‘ta boshladi. Hozircha biror xavfli vaziyatning guvohiga aylanganimizcha yo‘q. |
| 4' | ![]() |
Mxitaryan bir necha raqib futbolchilarini aldab jarima maydonchasi tomon yurdi va uzatmani amalga oshirdi. Noaniq. |
| 2' | ![]() |
Fiorentina darvozaboni vaqtida o‘z joyini tark etdi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatning oldini oldi. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi. Kettik! |
| 0' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. A Seriya madhiyasi yangradi. Shomurodov zaxirada. Birgalikda kuzatib boramiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|