Osiyo chempionlar ligasi, «V» guruhi
| 1-tur, 25 fevral, soat 22:00 | ||
AL-FATH |
0 : 0 |
BUNYODKOR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Ali al-Mazyadiy 4.Badr al-Nakliy 5.Jemel Ammar 7.Hamdan al-Hamdan 8.Hussayn al-Muqahviy 9.Fuakuputu Doris Salomo 14.M.Fehad 17.Al-Abdulloh Abdulloh Ali 21.Muhammad Haydar 32.Bo Shagra 77.Elton Xose |
25.Murodjon Zuhurov 2.Akmal Shorahmedov 4.Xayrulla Karimov 5.Dilshod Jo‘rayev 8.Javlon Ibrohimov 11.Aleksandr Pishur 14.Vohid Shodiyev 16.Karles Koto 21.Sardor Rashidov 23.Sahob Jo‘rayev 40.Sergey Simonenko |
|
| ZAHIRA | ||
|
11.Fahad Essam as-Saud 15.Badir al-Xamiys 22.Abdulloh al-Ovayshir 25.Abdulloh al-Dusariy 50.Shafi al-Dossariy 80.M.Sulton 88.Muborak al-Asmariy |
6.Anvar G‘ofurov 10.Anvar Berdiyev 18.Bobur Akbarov 24.Bahodir Pardayev 27.Sardor Sobirxo‘jayev 33.Oleg Zoteev 45.Akbar To‘rayev |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Yana 1 soatdan keyin boshlanadigan "Olimpiakos" - "Manchester Yunayted" bahsida yana uchrashamiz | |
| ' | "V" guruhida ikkinchi o‘yin ham 0:0 hisobi bilan tugadi. "Al-Jaish" - "Fulad" - 0:0 | |
| ' | Nima ham derdik, o‘yinga mos natija! | |
| ' | Har ikkala jamoa hisobiga bittadan ochko yozildi | |
| ' | ![]() |
"AL-FATH" - "BUNYODKOR" - 0:0 |
| 90+3' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! |
| 90+3' | ![]() |
Mezbonlar maydon markaziga yaqin joyda jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Zuhuroq to‘pni mushtlari bilan urib yubordi |
| 90+2' | ![]() |
Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p Zuhurovga nasib etdi |
| 90+1' | ![]() |
Muhammad Haydar o‘rniga Muborak as-Sulton maydonga tushdi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 89' | ![]() |
Vakillarimizning qarshi hujumi esa burchak to‘pi bilan tugadi. Ammo undan naf chiqara olmadik |
| 88' | ![]() |
Muhammad Haydar yana jarima maydonchamizga kirib bordi. HImoyachilarimiz xushyor o‘ynashdi |
| 87' | ![]() |
Sobirxo‘jayev xavfli o‘ynagani uchun ogohlantirish oldi |
| 87' | O‘yin maydon markazida | |
| 84' | ![]() |
Elton maydonni tark etdi, uning o‘rniga Badir al-Xamis tushdi |
| 83' | ![]() |
"Bunyodkor" o‘yinni raqibga berib qo‘ydi |
| 82' | ![]() |
Doris Salomo jarima maydonchasi ichida ikki nafar himoyachimizdan balandroq sakrab, darvoza tomon bosh bilan zarba berdi. Baxtimizga noaniq |
| 81' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev o‘zi maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to‘pni bosh bilan burchak to‘pi tomonga burib yubordi |
| 81' | ![]() |
Karles Koto o‘rniga Oleg Zoteev tushirildi |
| 80' | ![]() |
Mezbonlar tavakkal qilishmoqchi. Ular katta kuch bilan oldinga o‘tishmoqda. Mana hozir Muhammad Haydar Shorahmedov o‘tib ketib, bemalol jarima maydonchasi kirib bordi va to‘pni sheriklariga yetkazayotganida Bobur Akbarov to‘ni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 78' | ![]() |
Pishur raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda yutib chiqdi va to‘pni Karlesga yetkazdi. Kotoning zarbasi aniq bo‘lmadi |
| 77' | ![]() |
Dori Solomo olis masofadan Zuhurov darvozasini o‘qqa tutdi. Murod to‘pni egallab oldi |
| 75' | ![]() |
Hamdan al-Hamdan maydonni tark etdi. Muborak al-Asmariy o‘yinni davom ettiradi. |
| 75' | ![]() |
Muhammad Haydarning qaychi uslubida bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. Akbarov bosh bilan uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 71' | ![]() |
Muhammad al-Fahad olis masofadan zarba berishga qaror qildi. Kuchli, ammo noaniq |
| 69' | ![]() |
Shorahmedov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bera olmadi |
| 67' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev to‘pni Rashidovga uzatdi. Sardor bir himoyachini aldab o‘tib, to‘pni sherigiga uzatgandi. Ammo himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 66' | ![]() |
Xayrulla Karimov o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Bobur Akbarov tushirildi |
| 64' | ![]() |
Ibrohimov hujumni o‘ng qanot bo‘ylab boshladi. Shorahmedov to‘pni chiroyli tarza jarima maydonchasi kirib borayotgan Shodiyevga yetkazdi. Vohidning 3-4 metrdan bosh bilan bergan zarbasi darvozabonning oyoqlariga tegib qaytdi va yana Shodiyevga tegib darvozaga kirib ketayotganidi himoyachi to‘pni chiziq ustida qaytarib yubordi! |
| 64' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!! Shodiyeeeeevvv!! Omad "Al-Fath" darvozaboni tomonida bo‘ldi |
| 63' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev o‘rniga 20 yoshli Sardor Sobirxo‘jayev maydonga tushdi |
| 60' | ![]() |
Vakillarimiz maydon markazida ketma-ket ikkita fol ishlatishdi |
| 58' | Xayrulla Karimov maydonga qaytdi | |
| 58' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Vohid Shodiyev darvozagacha 2-3 metr masofadan bosh bilan darvoza ustidan o‘tkazib yubordi |
| 57' | ![]() |
Rashidov chap qanotdan ochildi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. HImoyachi uni maydon tashqarisiiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 56' | ![]() |
Xayrulla Karimov jarima maydonchasi ichida yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun futbolchini futbol tezyordam mashinasida tashqarisiga olib chiqib ketishdi. Bobur Akbarov tayyorgarlik ko‘rmoqda |
| 54' | ![]() |
Muhammad Haydar chap qanotda Shorahmedovni aldab o‘tib, jarima maydonchasining narigi qanotida ochiq turgan al-Hamdanga to‘pni yetkazdi. Hamdan bosh bilan bergan zarbasi ancha noaniq chiqdi |
| 53' | ![]() |
Elton "devor" o‘ynab, 22 metrlardan kuchli zarba berdi. Noaniq |
| 52' | Ikkinchi bo‘lim ancha qiziqarli boshlandi | |
| 51' | ![]() |
Al-hasaliklar hujumchisining zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 49' | ![]() |
"Al-Fath"ning hujumi paytida Shorahmedov xatoga yo‘l qo‘ydi va mezbonlar qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 48' | ![]() |
!!! Eh, "Bunyodkor" hisobni ochishiga ooozgina qoldi! Yarim himoyachilarimiz o‘ng qanotda to‘pni bir-birlariga tez-tez oshirishi oqibatida Karles jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va to‘pni balandlatib olis ustunga tomonga yetkazdi. Adashmasak, u yerda Rashidov juda yaqin masofadan bosh iblan zarba berdi. Ammo to‘p darvozaga emas, qarama-qarshi ustun tomonga ketib qoldi. Kotoning takroriy uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Toshkentliklar hujum tashkil qilishgandi. Ammo jarima maydonchasi tashqarisidan uzatilgan pas noaniq bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| ' | Nazarimizda, hozircha o‘zgarishlar yo‘q | |
| ' | Jamoalar maydonda. hakamlar ham | |
| ' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida |
| ' | "Bunyodkor" o‘yinni tashkil etishda muammolar bor. Jamoa qandaydir tarqoq o‘ynamoqda. Ibrohimov, Jo‘rayev, Karles va Rashidov o‘z vazifalarini yaxshi bajara olishmayapti | |
| ' | Birinchi bo‘limda har ikkala jamoaning o‘yini qovushmadi. Balki bunga vakillarimiz uchun mavsumning endi boshlanayotgani sababdir, yoki maydon holati yomonligi yaxshi o‘yin ko‘rsatishga xalal bergandir... | |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI |
| 45+1' | ![]() |
Doris Solomo jarima maydonchasining o‘ng burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Mezbonlar olois masofadan jarima zarabbasini amalga oshirishdi. Eltonning uzatmasini himoyachilarizm qaytarishdi |
| 42' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Pishur bosh bilan darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldimi yoki sheriklariga uzatmoqchi bo‘ldimi, xullas, to‘p darvozabonga nasib etdi |
| 41' | ![]() |
Vakillarimiz darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Karlesning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 41' | ![]() |
"Al-Fath" darvozaboni Ali al-Mazyadiy ancha qaltis harakat qildi. U o‘ziga yetkazilgan to‘pni tepib yuborish o‘rniga Pishurni aldab o‘tishga qaror qildi! Pishur sal xushyor bo‘lganida darvozani ishg‘ol qilsa bo‘lardi |
| 40' | ![]() |
Rashidov yon chiziqdan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundira olmadi. |
| 38' | O‘yin tempi past va uchrashuvda xatolalr juda ko‘p bo‘lmoqda | |
| 36' | ![]() |
Qosimov shogirdlarining hujumlari ham qovushmayapti. Sahob hozir to‘pni to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazdi. Bu raqib darvozaboniga sovg‘a bo‘ldi |
| 35' | Sahob oddiy vaziyatda to‘pni to‘xtata olmadi va hujum himoyadayoq barbod bo‘ldi | |
| 33' | ![]() |
Vakillarimiz hujum tashkil qilayotganida Karles to‘pni yo‘qotdi va keyinchalik o‘zi futbolchini yiqitib, fol ishlatishga majbur bo‘ldi |
| 31' | ![]() |
Al-Maqahviy o‘ng qanotda ikki nafar himoyachimizni chalg‘itib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Simonenko bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan so‘ng esa mezbonlar qoida buzishdi |
| 30' | ![]() |
Eltonning jarima zarbasidan yo‘llagan zarbasini Vohid Shodiyev bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Raqibning burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi biz uchun |
| 30' | ![]() |
Karles Koto al-Muqahviyga nisbatan qoida buzdi |
| 27' | O‘yinning yarim soati ortda qolmoqda. Mehmonlar tezkor gol urish rejasini amalga oshira olishmadi. O‘yin sur’ati teng. Hozir Vohid Shodiyevning zarbasi noaniq chiqdi | |
| 25' | ![]() |
Muhammad Haydar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Al-Hamdan bosh bilan zarba berishiga hech kim xalal bermadi. Zuhurov to‘ni egallab oldi |
| 25' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev yon chiziqdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga otib berdi. Ammo uni Shodiyev ham, Pishur ham to‘xtatib qola olishmadi |
| 23' | ![]() |
Endi Muhammad al-Fehad ogohlantirildi. Tik oyoq bilan futbolchimizga nisbatan o‘ynagani uchun |
| 23' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev sariq kartochka. To‘pni sherigiga uzatib, o‘zi ochilayotgan futbolchini qo‘li bilan yiqitgani uchun |
| 22' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar" ko‘pchilik bo‘lib himoyalananishayotganda "Al-Fath" hujumga o‘tishga qiynalmoqda. |
| 20' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni egallab olib, tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishgandi. Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni yerlatib Pishurga yetkazmoqchi bo‘lganida himoyachilar to‘pni egallab olishdi. Sardor sal boshqacharoq qarorga kelsa bo‘lardi |
| 18' | "Bunyodkor" hujumchilaridan biri Vohid Shodiyev ko‘proq ortga qaytib o‘ynamoqda. Mezbonlar hujum tashkil qilayotganida oldinda faqat Pishur qolmoqda | |
| 17' | ![]() |
Saudiyaliklar o‘ng qanotdan hujum tashkil etishdi. Elton tomonidan yetkazilgan to‘pni Karimov bosh bilan qaytardi |
| 16' | ![]() |
"Bunyodkor"ning ilk xavfli hujumi!!!! Shodiyev jarima maydonchasi ichida bir hujumchi aldab to‘pni Karlesga uzatdi. Kotoning kuchli zarbasi esa to‘ppa-to‘g‘ri darvozabonning o‘ziga bordi |
| 13' | ![]() |
Vohid Shodiyev ogohlantirildi. Maydon markazida xavfli harakat qilgani uchun |
| 12' | ![]() |
Himoyachilar o‘ng qanotdan Shorahmedovga to‘pni jarima maydonchasi yetkazish imkonini berishmadi |
| 12' | ![]() |
Ammar Jamol Pishurga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi. Markaziy aylana yonida |
| 11' | ![]() |
Shodiyev tomon uzatilgan to‘pga Vohid yetib bora olmadi. |
| 9' | ![]() |
Endi vakillarimizda yaxshi imkoniyat hosil bo‘ldi. Sardor Rashidov raqib jarima maydonchasi ichida zarba berishiga mezbonlar himoyachilari yo‘l qo‘yishmadi |
| 8' | ![]() |
Mezbonlar hamon hujumda shiddat bilan oldinga intilishayotganda, Sahob Jo‘rayev to‘pni olib qoldi |
| 6' | ![]() |
Yaxshiyamki "standart" u qadar xavfli bo‘lmadi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Zuhurov egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev maydon markaziga yaqin joyda keskin o‘ynab, fol ishladi |
| 4' | "Bunyodkor" ham hujumni o‘ylamoqda, ammo ehtiyotkorlik hozircha birinchi planda | |
| 3' | ![]() |
Livanlik Muhammad Haydar chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatgandi. To‘p Zuhurov ustidan o‘tib... darvoza to‘sini ustidan ham o‘tib ketdi. Biroz taxlikali |
| 2' | ![]() |
Saudiyaliklar to‘pni qo‘lga kiritishgan hamono tezlik bilan hujumga o‘tishga intilishmoqda. Ha, ular tezkor gol urish niyatini amalga oshirishmoqchi. Hozircha himoyachilarimiz yaxshi o‘ynashmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Jamoalar maydonning ikki tomonida aylana hosil qilib, o‘yin so‘nggi tayyorgarlik olib borishmoqda | |
| ' | Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishgan | |
| ' | Safar o‘yini bo‘lishiga qaramay, Mirjalol Qosimov asosiy tarkibda ikki nafar hujumchini maydonga tushirdi. Bo‘ydor hujumchilar Vohid Shodiyev va Aleksandr Pishur "Al-Fath" darvozasini ishg‘ol qilish payida bo‘lishadi | |
| ' | "Bunyodkor" tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lganidan xabaringiz bor. Bu jamoaning tayyorgarligi va hozirgi holati haqida hali tasavvurga ega emasmiz. Bugungi o‘yin "Bunyodkor-2014" prezentasiyasi bo‘ladi barchamiz uchun | |
| ' | Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tkazib, kiyinish xonasiga yo‘l olishgan | |
| ' | Saudiyaning nomdor jamoasi - "Al-Ittihod" esa 29 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda | |
| ' | Chempionat tugashiga 3 tur qoldi va "An-Nasr" chempionlikni qo‘lga kiritishi uchun 4 ochko yetarli | |
| ' | Jadvalning 1 va 2-pog‘onasida borayotgan jamoalar esa qolganlardan ancha ilgarilab ketishgan. "An-Nasr" - 60, "Al-Hilol" esa 54 ochkoga ega | |
| ' | Saudiya chempionati jadvalida birdaniga 5ta jamoa hisobida 25 ochko bor. Ularning eng yuqorisida "Al-Fath" turibdi. Demak, bu jamoa istalgan paytda 11-o‘ringa tushib ketishi ham mumkin (chempionatdagi jamoalar saoni 14ta) | |
| ' | Ushbu masumda "Al-Fath" ancha muvaffaqiyatsiz qatnashmoqda. Ular 23ta turdan keyin 25 ochko bilan 7-o‘rinda borishmoqda. | |
| ' | Al-Hasa shahri jamoasi Saudiya Arabistoni milliy chempionatida o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritib, OCHLda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan | |
| ' | Bugun o‘yinda "Bunyodkor" jamoasiga omad tilagan holda, "qaldirg‘ochlar"ning "Al-Fath" jamoasiga qarshi uchrashuvidan uyushtiradigan onlayn translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, futbol ishqibozlari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|