Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo kubogi saralash U-23

O‘zbekiston

Hoshimov (12,16)
Begimov (15)
Toshtemirov (26)
Fayzullayev (64)
Odilov (88)

6 : 0

Bangladesh

JAMOALAR TARKIBI
Yuldashev
Toshtemirov
Mamasidiqov
Anvarov
Hoshimov
Begimov
Abdumannonov
Abdumajidov
Fayzullayev
Hamidjonov
Bo‘riyev
  Pappu Hussayn
Mia
Badsha
Arafat
Hasan
Molla
Fahim
Maraz Hussayn
Rahmon
XoquYE
Ridoy
SARIQ KARTOCHKA
Begimov
 
Xoquye

Matn

90+3'
Uchrashuv yakunlandi. G‘alaba muborak!
90'
O‘yinga 3 daqiqa vaqt qo‘shildi.
89'
Singh va Uddin, Xusayn va Faximning o‘rniga maydonga tushirildi.
88'
GOOOOOL! Alisher Odilov darvoza ustunidan qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
87'
Shaid va Yenamul maydonga tushdi. Ular Ridoy va Rahmonni almashtirdi.
86'
Termamiz to‘pni bir-birlariga uzatib ancha vaqt o‘tkazdi.
83'
Diyor Xolmatov o‘yinga qo‘shildi. U o‘yin qaxramoni Ulug‘bek Hoshimovni almashtirdi.
78'
O‘yin tempi ancha pastladi.
72'
Davron Anvarov o‘rniga Diyor Raximqulov o‘yinga qo‘shildi.
69'
Termamiz maydonda to‘pni nazorat qilmoqda.
64'
GOOOOOL! Fayzullayevning jarimadan yo‘llagan to‘pi jonli devorga tegib darvozadan o‘rin oldi.
64'
Jamoamizda yaxshi imkoniyat. Standarddan to‘p kirita olamizmikin
62'
Odilov, Yerkinov va Jaloliddinov maydonga tushirildi. Ular Bo‘riyev, Mamasiddiqov va Abdumannonovning o‘rnini egalladi.
59'
Mamasiddiqov birma-bir vaziyatdan foydalana olmadi.
58'
Davron Anvarov yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Ammo uning zarbalari noaniq bo‘lmoqda.
57'
Futbolimizdagi ko‘plab nomdor shaxslar o‘yinni stadiondan kuzatib borishmoqda.
55'
Futbolchilarimiz ketma-ket xujumlar uyishtirmoqda. Ammo zarbaga kelganda bizning futbolchilar sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda.
52'
Abdumannonov boshi bilan zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi.
50'
Raqiblarimiz futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.
47'
Davron Anvarov jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sinining yuqorisidan o‘tib ketdi.
46'
Bangladeshda futbolchi almashtirildi, Xoquye orniga Buddi maydonga tushdi
46'
Ikkinchi taym boshlandi.
45+2'
Xakam hushtagi chalindi va birinchi taym o‘z nihoyasiga yetdi.
45'
Stadionga yig‘ilgan muxlislar jamoamizni qo‘llab-kuvvatlamoqda.
45'
birinchi taymga 2 daqiqa vaqt qo‘shildi.
44'
Abdumannonov yaxshi yurishni amalga oshirdi, ammo xujum yakunlanmay qoldi.
41'
Abbos Fayzullayevdan yaxshi zarba bo‘ldi, ammo zarbaga birozgina kuch yetishmadi.
37'
Begimov qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.
36'
O‘yin tempi ancha pasaydi. Bangladesh futbolchilari shunchaki faqat himoyalanmoqda.
32'
Temur Kapadze jamoamizni jiddiyroq bosim uyishtirishga chorlamoqda.
30'
Jamoamiz to‘xtab qolmayapti, davomiy hujumlar bilan yanada hisobni yiriklashtirishmoqchi.
26'
GOOOOOL! Yana bir burchak to‘pidan unumli foydalandik. Gol muallifi
Asliddin Toshtemirov bo‘ldi. Uning boshda yo‘llagan zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi.
25'
Yurtdoshlarimiz burchak to‘pi ishlab oldi.
23'
Jamoamiz raqibdan bir bosh ustunligini ko‘rsatmoqda va hujum uyishtirishdan to‘xtamayapti.
20'
Xoquye qo‘pol o‘ynagani uchun sariq kartochka ishlab oldi.
16'
GOOOOOL! Ulug‘bek Hoshimov ajoyib gol kiritib o‘z dublini rasmiylashtirdi.
15'
GOOOOOL! Burchak to‘pidan uzatilgan to‘pni Eldorbek Begimov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
12'
GOOOOOL! Ulug‘bek Hoshimov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Uning kuchli zarbasini darvozabon qaytara olmadi.
11'
Hamyurtlarimiz birin-ketin xavfli hujumlar uyishtirdi, ammo xa deganda zarba yo‘llaydigan futbolchi topilmadi.
9'
Jamoamiz sardori Ulug‘bek Hoshimovning zarbasiga birozgina aniqlik yetishmadi.
7'
Jamoamiz hujum yaratdi. Davron Anvarovning zarbasi kuchsiz bo‘ldi.
4'
Burchak to‘pidan yaxshi vaziyat yaratdik, ammo zarba noaniq bo‘ldi.
3'
Futbolchilarimiz pozision hujum uyushtirdi, ammo zarba yo‘llaydigan futbolchi topilmadi.
1'
Bangladeshliklar hisobni ochishi mumkin edi. Yahshiyamki Ridoyning zarbasi noaniq.
1'
O‘yinga start berildi. To‘pni hamyurtlarimiz o‘yinga kiritib beradi.
0'
Jamoalar maydonga tushib kelishdi va ikki davlat madxiyalari yangramoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.