Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

OFK Kubogi

"Al-Muharraq"

Almardi 2'
Husayn Sabba 74'
Flavio Cheveresan 80'

3 : 0

"Nasaf"

JAMOALAR TARKIBI
Al Hayyom
Bennadi
Almardi
Al Ravabdeh
Almalud
Sanad
Cheverasen
Abbos
Ali Albanna
Jona
Alhuti
  Umid Ergashev
G‘olib G‘aybullayev
Dilshod Saitov
Bahrom Abdurahimov
Husayn Norchayev
Suhrob Nurulloyev
Akmal Mozgovoy
Sherzod Nasrullayev
Oybek Bozorov
Marko Stanoyevich
Umarbek Eshmurodov
SARIQ KARTOCHKA
Volid Al Hayam 77'
 
G‘olib G‘aybullayev 33'

Matn

90+3'
Final o‘z nihoyasiga yetdi. "Nasaf" Bahraynda mag‘lubiyatga uchradi. Raqiblarimizni chempionlik bilan qutlaymiz. Jamoamiz yaxshi o‘yin o‘tkazdi, ammo tan olish kerakki raqiblarimiz sifatli o‘yin ko‘rsatishdi.
90'
Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
88'
Abdulvahob Al Safi va Abdulla Al Xayki maydonga tushdi ular Mozes Jona va Mahmud Al Mardini almashtirdi.
86'
Doniyor Narzullayev, Alibek Davronov va Jo‘rabek Mannonov maydonga tushdi ular Husayn Norchayev, G‘olib G‘aybullayev va Bahrom Abdurahimovni almashtirdi.
82'
Ablulvahob Al Malud o‘rniga Abdulrahmon Ahmedi maydonga tushdi.
80'
GOOOOOOL! Raqiblarimiz qarshi hujumdan unumli foydalanib ketdi. Flavio Cheveresan birma-bir vaziyatdan ajoyib foydalanib ketdi.
80'
Komilov Mazgovoyning o‘rniga o‘yinga qo‘shildi.
79'
Stanoyevich jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. Uning zarbasiga aniqlik yetishmadi
77'
Volid Al Hayam sariq kartochka oldi. U futbolchilarimizga nisbatan qo‘pollik ishlatdi.
74'
GOOOOOL! Husayn Sabba hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Sabba himoyachilarimizdan qochib ketti va birma-bir vaziyatdan darvozamizni ishg‘ol qildi.
74'
Andriya Kaluderovich Suxrob Nurilloyevni almashtirdi
72'
Husayn Sabba maydonga tushdi u Ahmad Solihni almashtirdi.
70'
"Nasaf" hujumlar uyishtirmoqda, ammo vaziyatlar zarbagacha yetib bopmayapti.
61'
Dilshod Saitovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
57'
Zarbaaaaaaaaaa! Suxrob Nurilloyevning zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Qaytgan to‘p xam darvozaga kirishni istamadi.
55'
"Nasaf" yana ustinlikni qaytarib oldi. Afsuski jamoamizning kombinasiyalari yakunlanmayapti.
49'
Bozorovdan xavfli zarba ammo zarbaga kuch yetishmadi.
48'
Raqiblarimiz ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi.
46'
Ikkinchi taymga start berildi. Umid qilamizki "Nasaf" kambek qila oladi.
45+1'
1 taym o‘z nihoyasiga yetdi. 1-0 raqiblarimiz g‘alaba qozonishmoqda.
45'
1 taymga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
44'
"Nasaf" futbolchisi G‘aybullayevdan xavfli zarba, ammo himoyachilar vaziyatni bartaraf etishdi.
40'
Mezbonlar faollashib qolishdi. So‘ngi 5 daqiqada raqiblarimiz xujumlar uyishtirmoqda.
33'
G‘aybullayev qo‘polligi uchun sariq kartochka ishlab oldi.
32'
"Nasaf" ketma-ket hujum yaratmoqda. Bu safar Abduraximovning uzatmasi manzilga yetib bormadi.
29'
Stanoyevichning 20 metrlardan yo‘llagan zarbasiga kuch yetishmadi.
27'
Jamoamiz ajoyib hujum yaratdi. Oybek Bozorovning faolligi tufayli vaziyat xavfli tus oldi. "Nasaf" futbolchilarining ketma-ket yo‘llagan zarbalarini raqib bartaraf etdi.
22'
O‘yin tempi biroz pasaydi. Raqiblariimiz pozisiyalarni yaxshi qo‘riqlamoqda. Biznikilar esa hujum yaratishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
17'
"Nasaf" mayda paslarda yaxshi o‘ynamoqda. Ammo raqib himoyada juda ishonchli harakatlanyapti. Nasrullayevning faolligi tufayli jamoamiz yaxshi vaziyat yaratgan edi, lekin zarba yo‘llay olmadi futbolchilarimiz.
11'
Maydon markazida to‘p uchun jiddiy kurash kechmoqda. Aksariyat vaziyatda "Nasaf" kurashlarda yutib chiqmoqda.
8'
Oybek Bozorov chap qanotda juda ham faol harakatlanmoqda. Uning yaratgan hujumlarini yakunlaydigan futbolchi topilmayapti.
6'
"Nasaf" hisobni tenglashtirish uchun hujum uyishtirmoqda.
2'
GOOOOOL! Mahmud Almardidan ajoyib zarba va to‘p darvozamiz to‘ridan joy oldi. Almardining chamasi 22 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvozaning to‘qqizligidan joy oldi.
1'
Uchrashuvga start berildi. To‘pni mezbonlar o‘yinga kiritib beradi. "Nasaf"ga omad tilaymiz.
0'
Bahrayndagi o‘yingoh shay holatda. Bizning jamoamiz ko‘k rangli libosda maydonga tushishadi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.